3-Modul. Animatsiya tipologiyasi Rekreatsion animatsiya. Turistik animatsiya



Download 94,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana19.04.2022
Hajmi94,64 Kb.
#562247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu-4

animatsion servisni
yangi
yo‘nalish sifatida qarab chiqishga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash lozimki, animatsion-
madaniy faoliyat ko‘proq G‘arbda to‘liqroq namoyon bo‘lmoqda. Xorijda asta-
sekin aholining bo‘sh vaqti hajmi ko‘paymoqda, shunga muvofiq bo‘sh vaqt
dasturlari va xizmatlari sifatiy ko‘payish jarayonlari kechmoqda. 
U yerda ko‘ngil ochish industriyasi yarim asrdan avvalroq rivojlana
boshlagandi, bo‘sh vaqtni tashkil etish tizimining rivojlanishi shuning natijasidir.
Bu borada AQSH, Kanada, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Daniya,
Belgiya, Niderlandiya, Finlyandiya) ko‘p ishlarni bajarishga ulgurdilar.
Turistik animatsion servis nisbatan kurort zonalarida ancha taraqqiy etgan
bo‘lib, bu yerda u turistik sayohatlar va dam olish sifatini faol oshirishga imkon
beradi. Jahondagi barcha kurort zonalarida dam oluvchilarning bo‘sh vaqtini
tashkil etishda alohida o‘rin (rol) aynan animatsion servisga daxldor ekanligi
chuqur anglab yetilmoqda: faol musobaqalar, o‘yin tadbirlari, turli shoular va
bayramlar va h.k. G‘arbda animatsion sektorning asosiy faoliyati – kattalar va
bolalar uchun bepul xizmatlarni o‘z ichiga olgan kundalik ko‘ngil ochish dasturlari
hisoblanadi. 
Shunga qaramay har bir mehmonxonaning animatsion bazasi o‘z
xususiyatlariga ega bo‘lib, animatsion tipdagi barcha xizmatlarni quyidagi tarzda
strukturalash mumkin (4.2-jadval).
4.2-jadval
Xorijiy kurortlarda animatsion tipdagi xizmatlar
Standartli
Qo‘shimcha
Eksklyuzivli
Bolalar shaharchasi, o‘yin
avtomatlari
Velosipedlar, roliklar, 
skuterlar prokati
Skaladrom
Bolalar xonasi
Tennis kortlar
Peyntbol-klub
Basseyn, suvli shou va 
o‘yinlar
Komondon va 
arboletdan o‘q otish
Rollerdrom
Voleybol maydonchasi
Basketbol 
maydonchasi
Batut
Plyaj
Park
Kompyuter klubi
Diskozon/tansa maydoni
Dayv-markaz 
(snorkling)
Avtodrom
Grimxona va di-jey joyi
Pnevmatik tir
Armrestling klubi
Sportkompleks
Qo‘shiq-grin klubi
Mini akvapark


Har bir turistik joylashtirish ob’ekti (mehmonxonalar, turistik komplekslar,
turbazalar va boshq) o‘zining kundalik ko‘ngilochar dasturiga ega, qaysikim u dam
oluvchilar kontingenti va soni, ob’ekt joylashgan o‘rni, xodimlar, ovqatlanish
grafigi, ekskursiyalar va boshqalarga bog‘liqdir. Turistik sohada muvaffaqiyatli
rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, ko‘ngil ochish
industriyasi sifatli dasturlar, qimmat turadigan va yuqori sifatli uskunalar,
boshqaruvda yangicha yondoshuv, yuqori malakali xodimlarni talab qiladi. 
Turistlar uchun maroqli dam olishning asosiy (bosh) xususiyati dam olish
davomida ularning ruhiy holati, kayfiyati hisoblanadi. Dam oluvchilarga xizmat
ko‘rsatishni tashkil qilishda shuni yodda tutish muhimki, turistik joylashtirish
ob’ektining yuqori sifatli holati o‘z-o‘zidan turist uchun to‘la qonli qulaylikni
ta’minlab qolmaydi. Mehmonxona, turistik komplekslar devorlarini jonlantirish
kerak, dam oluvchilarni ularni joylashtirganlarni g‘oyalariga singib ketish
imkonini berish lozim – mana qabul qiluvchi tomonning bosh vazifasi. Turistik
joylashtirish ob’ekti shtat tarkibini ishlab chiqishda va xodimlarni dam oluvchilar
ruhiy holatiga ta’sirini tahlil etishda shuni e’tiborga olish kerakki, mehmonxonada
xo‘jaligida u yoki bu ruhiy muhitni yaratishda animatsion servis xodimlari –
animatorlar asosiy rol o‘ynaydilar. 
Pirovard natijada aynan ularning shaxsiy sifatlari va turistlarda shinamlik,
qulaylikni his etish to‘yg‘usini uyg‘otish mahorati mehmonxona va turistik
komplekslar mehmonlari to‘la qonli dam olishini ta’minlaydi. 
Animator – turistik bozorda turist – sport mahsulotlarini shakllantirish va
ilgari surish bo‘yicha mutaxassis va turistlarni sport-sog‘lomlashtirish faoliyatini
tashkil etuvchidir. Animatsion sektor professional komandasi o‘yinlar, konkurslar
va sport musobaqalari tashkil etadi va o‘tkazadi. Tomoshaga teatrli va raqs shou,
myuziklar, komediyalar, klassik musiqa ishtirokchilarini taklif qiladi, kinofilmlar
namoyish qiladi, plyajda kechalar o‘tkazadi va h.k. Mehmonxonalar animatsion
sektorlari faoliyati servisdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etib, mehmonxonani
daromad olishini ko‘paytiradi. 
Bo‘sh vaqtni o‘tkazishning har qanday usuli u psixologik jihatdan o‘zini
oqlagandagina yaxshi. Ishi doimiy zo‘riqishni talab qiladigan odamlar uchun dam
olish – xordiq chiqarish, charchoq va zo‘riqishni bartaraf etish foydalidir. Ayrim
odamlar esa aksincha o‘z kuchini faollashtirshiga zarurat sezadi. Bundan tashqari,
animatsion faoliyatni majburiy tarzda dam oluvchilar kontingenti jins, yosh
xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish talab qilinadi. Shu nuqati
nazardan ushbu joyda joylashgan madaniy-bo‘sh vaqt muassasalarini birgalikda
amalga oshiriladigan maqsadli dasturlarini ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi. 
Dam olish dasturi qancha xilma-xil bo‘lsa, u shunchalik qiziqarli bo‘ladi. Bu
ayniqsa bolalar uchun animatsion dasturlar ishlab chiqishda g‘oyat dolzarbdir. 
Animatsion servis bir necha asosiy konponentlardan mujassamlashadi.
Qulay, tashqi sharoit hisobga olingan holda animatsion loyihani amalga oshirish
shakli quyidagi ko‘rinishni hosil qiladi (4.3-rasm). 
Kadrlar
(xodimlar)

Download 94,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish