Mehmonxona animatsiyasi
– mehmonxona kompleks rekreatsion xizmati,
turanimatorni turist bilan shaxsiy insoniy aloqalarida, insoniy yaqinligiga, animator
va turistni turkompleks animatsion dasturlari taklif etgan ko‘ngil ochar tadbirlarda
birgalikdagi ishtirokiga asoslanadi. Ko‘zlangan maqsad mehmonxona xizmat
ko‘rsatishining yangi falsafasini amalga oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini
oshirish, turistning dam olishidan qoniqish hosil qilishiga erishish, mehmonxona
marketing strategiyasidan jalb qiluvchi xizmatlardan biri sifatida foydalanishdir.
Mehmonxona animatsiyasi tushunchasi yuqorida uchta qarab
chiqilganlardan nisbatan torroqdir. Chunki u faqat turistik korxonalarda bo‘sh
vaqtni tashkil etishni ko‘zda tutadi: turistik komplekslar, mehmonxonalar,
turbazalar va boshqalarda. Boshqacha aytganda, mehmonxona animatsiyasi – bu
turistik komplekslar, mehmonxonalar, mehmonxonalarning taklif qiladigan bo‘sh
vaqtni o‘tkazish faoliyatidir. Turistik animatsiyaning ushbu qismi biroq ko‘proq
ahamiyatli bo‘lib, keng tarqalgandir. Animatsion dasturlar dam olishning klubli
tashkil qilish, mehmonxona zanjirlari, turli maqsadli va turli xil kattalikdagi
mehmonxonalarda bir-biridan farq qiladi.
3.1-jadval
Animatsion faoliyat tipologiyasi
Turistik animatsiya turlari
Animatsion mashg‘ulotlar shakllari
Turistik sog‘lomlashtirish
Poxod, slyot, turistik musobaqalar
Sport-sog‘lomlashtirish
Sport musobaqalari, fitnes, estafetalar,
sportakiadalar
Tomosha-sog‘lomlashtirish
Bayram, konkurs, festival, karnaval, yarmarka,
diskoteka
Bilish-sog‘lomlashtirish
Ekskursiya, leksiya, suhbatlar, viktorinalar,
bilimdonlar musobaqasi va boshqa sport, o‘yin
(tansa), hunar turlariga o‘qitish va h.k.
Kompleks
Aralash ekskursiya, dam olish kuni poxod,
shou-dasturda ishtirok etish va boshq.
L.M.Kurilo o‘zining «Animatsiya nazariyasi va amaliyoti turistik
animatsiyaning nazariy asoslari»kitobida turistik animatsiyaning 1-jadvalda
ko‘rsatilgan bir necha boshqa tipologiyalarini keltiradi. Unda animatsiya barcha
turlariga «sog‘lomlashtirish» qo‘shimchasi tirkalgan, bu bilan animatsiyaning
sog‘lomlashtirish va rekreatsion funksiyani bajarishi ta’kidlanadi. Har bir turiga
belgilangan maqsadlarga muvofiq, animatsiya turizm va turistik musobaqa, sport
bahsi va sport bilan shug‘ulalnish, tomosha tadbiri, bilish va ekskursion faoliyat
hisoblanadi.
Har bir mehmonxonaning animatsion bazasi o‘zigagiga xos xususiyatlariga
ega bo‘lishiga qaramasdan animatsion turdagi barcha xizmatlarni quyidagicha
tuzish mumkin. (3.2-jadval).
3.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: