6.2.Kassadagi pul mablag‘larining hisobi
Kassadagi pul mablag‘larining hisobi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1998
yil 17 dekabrda 565-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan «Yuridik shaxslar tomonidan
kassa operatsiyalarini oshirish Qoidalari»ga va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va
qo‘shimchalarga muvofiq olib boriladi. Ushbu me’yoriy hujjatga asosan xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar kassa xo‘jaligini tashkil etishlari lozim. Kassa xo‘jaligi o‘z ichiga
quyidagi elementlarni oladi:
•
Kassa bo‘yicha moddiy javobgar shaxs, ya’ni kassir, u bilan moddiy javobgarlik
to‘g‘risida tuzilgan shartnoma;
•
Tegishli xavfsizlik vositalari bilan ta’minlangan va jihozlangan kassa xonasi.
Ushbu xonaning eshik va derezalariga temir panjaralar o‘rnatilgan bo‘lishi, ichida temir
seyflar, signalizatsiya va o‘t o‘chirish anjomlari bo‘lishi zarur;
•
Kassa bo‘yicha hujjatlar tizimi, ya’ni kassa kitobi, kirim va chiqim kassa orderlari,
ularni qayd etish jurnali va boshqalar.
Kassaga pul mablag‘lari turli manbalardan kelib tushadi, masalan bankdan, savdo
shahobchalaridan, korxona xodimlaridan va boshqa manbalardan. Barcha hollarda pul
mablag‘lari kassaga «Kirim kassa orderi» hujjati asosida qabul qilinadi. Ushbu barcha
korxonalar uchun yagona shakl va mazmunga ega bo‘lgan hujjat buxgalteriyada tuziladi,
unga kirim va chiqim kassa orderlarini qayd etish jurnali bo‘yicha tartib raqami
beriladi. Kirim kassa orderi chap va o‘ng tomonlarga bo‘linadi. Uning chap tomoni kirim
kassa orderi deb atalib, unda pul mablag‘larining kimdan, qachon, nima maqsadda va
qancha miqdorda olinganligi ko‘rsatiladi. Hujjatning o‘ng tomoni kirim kassa orderiga
kvitansiya deb ataladi va unda ham chap tomondagi yozuvlar bir xil mazmunda aks
ettiriladi. Kirim kassa orderi bosh hisobchi va pulni qabul qilib olgan kassir tomonidan
imzolanadi. Hujjatning chap tomoni kassirda qoladi, o‘ng tomoni esa pulni topshirgan
shaxsga beriladi.
Kassadan pul mablag‘lari turli maqsadlarda chiqim qilinadi, masalan ish haqi,
nafaqa, safar harajatlari va boshqa maqsadlarda, shuningdek kelib tushgan savdo tushumi
va boshqa maqsadlarda olingan pullar bankdagi korxonaning hisob-kitob schyotiga
topshiriladi. Barcha hollarda pul mablag‘larining kassir bo‘ynidan soqit etilishi «Chiqim
kassa orderi» hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat ham hamma korxonalar uchun
yagona shakl va mazmunga ega. Unda qachon, kimga, nima uchun , qancha miqdorda pul
berilganligi, olgan shaxsning haqiqatda pulni qanday hujjat asosida olganligi to‘g‘risida
ma’lumotlar yoziladi. Chiqim kassa orderi korxona rahbari, bosh hisobchi, kassir va pulni
olgan shaxs tomonidan imzolanadi. Hujjatlar sonini ko‘paytirib yubormaslik uchun
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
131
kassadan ish haqi, mukofat pullari, nafaqalar, safar harajatlari va boshqalar oldin
kassadan qaydnomalar asosida berilishi, shundan so‘ng ularning umumiy summasiga
bitta chiqim kassa orderi tuzilishi mumkin. Bunday hollarda chiqim kassa orderlarida
ushbu qaydnomalarning tartib raqamlari, qaydnomalarda esa – chiqim kassa orderining
tartib raqami ko‘rsatiladi. Barcha chiqim kassa orderlariga kirim va chiqim kassa
orderlarini qayd etish jurnali bo‘yicha tartib raqamlari beriladi.
Kirim va chiqim kassa orderlarida tuzatishlar, bo‘yab yozishlar, bitta tartib raqamini
takrorlanishi mumkin emas.
Kirim va chiqim kassa orderlari asosida kassir «Kassa kitobi»ni yuritadi. Ushbu
kitob tikilgan, nomerlangan, korxona rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolangan va
korxona muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Kitobning har bir varag‘i ikki qismdan
iborat bo‘lib, o‘ng qismi chap qismining tagiga bukiladi, ular o‘rtasiga nusxa o‘tqazuvchi
qog‘oz qo‘yiladi. Kassir kitobning chap qismiga davr boshiga kassadagi pul
mablag‘larining qoldig‘ini, keyingi qatordan boshlab oldin kirim kassa orderlari bo‘yicha
qabul qilingan pul mablag‘larini, keyin esa chiqim kassa orderlari bo‘yicha pul
mablag‘larini chiqimini alohida ustunchalarda ko‘rsatadi. Barcha kirim va chiqim kassa
orderlari yozilgach, kirim va chiqim summalari jamlanadi. Kitobning so‘ngida kassir
davr oxiriga kassada qolgan pul mablag‘larining qoldig‘ini, shu jumladan tarqatilmay
qolingan ish haqi summasini, yozadi. Kassa kitobining o‘ng tomoni yirtib olinadi va
hisobot sifatida barcha kirim va chiqim hujjatlari bilan birga imzolanib buxgalteriyaga
topshiriladi. Kassirning hisoboti buxgalter tomonidan tekshirib qabul qilinadi,
hisobotning oxirgi qismida unga nechta kirim va chiqim hujjatlari kiritilganligi yoziladi
va imzolanadi. Kassa kitobida ham boshqa kassa hujjatlari kabi bo‘yab yozishlar,
tuzatishlar mumkin emas. Buzilgan kassa kitobining varaqlari qayta yoziladi, buzilgan
varaqlar kitobda saqlanishi kerak.
Buxgalteriyaga topshirilgan kassa hisoboti va unga ilova qilingan boshlang‘ich
hujjatlar kassadagi pul mablag‘larining sintetik va analitik hisobi registrlarini ( 1-son
jurnal-order va 1-son qaydnomani) yuritishga asos bo‘ladi.
Chet el valyutasi bo‘yicha kassa operatsiyalari yuz bergan hollarda, ularga doir
muomalalar alohida kassa kitobida qayd etiladi.
Kassadagi pul mablag‘larining sintetik hisobini yuritish uchun 21- son BHMS da
5010 «Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» va 5020 «Chet el valyutasidagi pul
mablag‘lari» schyotlar ko‘zda tutilgan. Ushbu aktiv schyotlarning debet tarafida pul
mablag‘larining qoldiqlari va davr maboynidagi kirimlari, kredit tarafida esa ularning
chiqimlari aks ettiriladi. Ushbu schyotlar bo‘yicha asosiy buxgalteriya yozuvlari
quyidagilardan iborat bo‘ladi.
Tar-tib
raqami
Operatsiyaning mazmuni
Debet
schet
Kredit
schet
Yozuvga asos
bo‘luvchi hujjat
1.
Pul mablag‘larining tushumi:
-bankdagi hisob-kitob schyotidan
-valyuta schetidan
-ta’sischilardan olinganda
-hisobdor shaxslardan olinganda
-kredit olinganda
-qarz olinganda
- qaytarilmaydigan moliyaviy yordam
5010-
5020
5110
5210
4610
4220-
4230
6810
6820
9380
Kirim
Kassa
Orderi
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
132
-sotishdan olinganda
-xodimlardan qarzni qoplanishi
-ortiqchalar evaziga
-maqsadli mablag‘lar
9010-
9030
4730
9390
8810-
8890
2.
Pul mablag‘larini chiqimi:
-hisob-kitob schyotiga topshirilsa
-valyuta schetiga topshirilsa
-kredit qaytarilsa
-qarz qaytarilsa
-ish haqi berilsa
-safar harajatlari bo‘yicha qarz berilsa
-xo‘jalik zaruriyatlariga berilsa
-ish haqi hisobidan avans berilsa
-safar harajatlari uchun avans
-nafaqa berilsa
-kelgusi davr uchun sarflansa
-inkassatorlarga topshirilsa
-kamomad chiqsa
5110
5210
6810
6820
6710-
6720
6970
9420
4210
4220
6520
3110-
3190
5710
4730
5010-
5020
Chiqim kassa
orderi
Kassada turli pulli ekvivalentlar ( markalar, biletlar, yo‘llanmalar va boshqalar )
saqlanishi mumkin. Bunday pulli ekvivalentlarning hisobi mahsus 5610 « Pulli
ekvivalentlar» schyotida hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |