133
bo‘lgan shaxsiy schyot ochiladi, ushbu schyot korxonaning bankdagi hisob-kitob
schyotining raqamini bildiradi. Barcha bank operatsiyalariga doir hujjatlarda korxona
o‘zining ushbu hisob-kitob schyoti raqamini, bankning nomi va kodini ko‘rsatishi shart
bo‘ladi.
Korxonaning hisob-kitob schyotiga pul mablag‘lari naqd va naqdsiz yo‘llar bilan
kelib tushadi. Naqd pullar hisob-kitob schyotiga korxonaning o‘zi tomonidan topshiriladi.
Buning uchun kassir yoki pul topshirish vakolati berilgan boshqa shaxs bankda maxsus
“Naqd pul topshirishga e’lon” hujjatini to‘ldiradi. Ushbu hujjat uch qismdan iborat:
birinchi qismi naqd pul topshirishga e’lon deb ataladi, ikkinchi qismi kvitansiya va
uchinchi qismi order deb ataladi. Hujjatning barcha qismlari bir xil mazmundagi
yozuvlarga ega bo‘ladi, ya’ni ularda hisob-kitob schyotining raqami, nima uchun va
qancha pul topshirilayotganligi, shuningdek pulni topshirgan shaxsning familiyasi, ismi-
sharifi va imzosi aks ettiriladi. Pul bank kassasiga topshirilgach, topshiruvchi shaxsning
qo‘liga imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kvitansiya beriladi, e’lon va order bankda
qoladi. Oxirgi hujjat ham bank ko‘chirmasi bilan ilova sifatida korxonaga qaytib keladi.
Naqdsiz yo‘l bilan pul mablag‘lari korxonaning hisob-kitob schyotiga boshqa
korxonalardan, davlat organlaridan, bankning o‘zidan kelib tushushi mumkin. Bunday pul
mablag‘lari bankda korxonaning hisob-kitob schyotiga to‘lov topshiriqnomalari, elektron
avizo, memorial-orderlar asosida kiritiladi.
Korxona hisob-kitob schyotidan pul mablag‘lari naqd va naqdsiz yo‘llar bilan
chiqim qilinadi. Pul mablag‘larini naqd olish uchun korxona bank tomonidan shartnomaga
muvofiq chek daftarchasi bilan ta’minlanadi. Ushbu daftarchaning har bir varag‘i ikki
qismdan iborat bo‘lib, chap qismi koreshok, o‘ng qismi esa chek deb ataladi. Daftarchaga
kiritilgan cheklarning tartib raqamlari bosmaxona usulida oldindan yozilgan bo‘ladi. Naqd
pullar korxonaga chek asosida beriladi. Chekning yuza qismida pul olish vakolati berilgan
shaxsning familiyasi, ismi-sharifi, olinishi kerak bo‘lgan summaning miqdori ko‘rsatiladi,
chek rahbar va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Chekning orqa tarafida olinayotgan pul mablag‘larining miqdori maqsadlari bo‘yicha aks
ettiriladi, shuningdek pul oluvchi shaxsning imzosi va pasport bo‘yicha ma’lumotlari ,
uning imzosini tasdiqlovchi rahbar va bosh hisobchining imzolari ko‘rsatiladi. Chek
bankda, uning koreshogi chek daftarchasida qoladi. Chek daftarchasida bo‘yab va tuzatib
yozishlar mumkin emas, ularga qo‘yiladigan imzolar ham bankga berilgan imzo
namunalaridan farq qilmasligi kerak. Bu talablarga javob bermaydigan cheklar bank
tomonidan qabul qilinmaydi va buzilgan hisoblanadi, ularni qaytadan rasmiylashtirish,
buzilgan cheklarni daftarchaga qaytadan elimlab qo‘yish lozim. To‘liq foydalanilgan chek
daftarchalari bankga topshiriladi va uning o‘rniga yangi chek daftarchasi sotib olinadi.
Korxona hisob-kitob schyotidan pul mablag‘lari naqdsiz yo‘l bilan boshqa
korxonalarga, davlat organlariga o‘tqazib beriladi, shuningdek bankning o‘zi orqali
shartnoma shartlariga ko‘ra ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ushlab qolinadi. Pul mablag‘larini
naqdsiz chiqim qilishga asos bo‘lib to‘lov topshiriqnomalari, inkasso topshiriqnomalari,
bankning memorial orderlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: