DOS ning tashqi buyruqlari (yoki, aniqrogi, makrobuyruqlar) DOS ning ichki buyruqlaridan farqli ularoq rezident еmas (ya’ni DOS yuklangandan keyin ular tezkor xotirada doimiy joylashmaydi, balki ular u erga bajarilishi kerak
bo’lgandagina chiqariladi) va bevosita buyruqli fayllarda ishlatila olmaydi. Ular buyruqli processor tarkibiga kirmasdan, balki alohida dasturlar bilan amalga oshiriladi.
Tashqi buyruqlarga misollar: vaskur, undelete, format, exe2bin, sort, diskcomp, find va boshqa ko’p narsalar.
DOS utilitalari ko’p jihatdan tashqi buyruqlarga o’xshashdir, lekin, odatda, murakkabroq dasturlar bilan amalga oshiriladi va DOS ning servisli vazifalarining bajarilishini ta’minlaydi (tizimli resurslar bilan ishlashni engillashtiradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |