Buyruqli processor
Buyruqli processor (BP) foydalanuvchining SHK bilan o’zaro ishini amalga oshiradi. U DOS fayli hisoblanadi va Command.COM nomiga еga.
O’zaro ishlash buyruqlar yordami bilan amalga oshiriladi. Buyruqlar ikki tipda bo’ladi: ichki va tashqi. Ichki buyruqlar BP ning o’zining tarkibiga kiradi va DOS yuklangandan keyin tezkor xotirada joylashadi (rezidentli buyruqlar). Tashqi buyruqlar MS DOS tarkibiga kiruvchi .EXE va .SOM tipidagi fayllardir.
BP ning asosiy vazifalarilari quyidagilardir:
Klaviaturadan yoki buyruqli fayldan kiritilgan buyruqlarni qabul qilish va tahlil qilish.
COMMAND.COM faylida mavjud bo’lgan DOS ichki buyruqlarini bajarish.
MS DOS ning tashqi buyruqlarini yuklash va bajarish; DOS imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturlar (utilita) va .SOM va .EXE tipidagi amaliy dasturlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |