85
Tashqi xarajatlar – tashqaridan jalb qilingan resurslarga to‘lovlarni amalga
oshirishga ketgan xarajatlar.
Doimiy xarajat – ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydigan, u o‘zgarganda
ham miqdorini o‘zgartirmaydigan xarajatlar.
O‘zgaruvchi xarajat – ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir
etadigan xarajatlar.
O‘rtacha xarajatlar – mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar.
Qo‘shimcha xarajatlar – mahsulotning navbatdagi qo‘shimcha birligini
ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar.
To‘g‘ri xarajatlar – mahsulot tannarxiga bevosita qo‘shilib, uning tarkibiga
kiradigan xarajatlar.
Egri xarajat – mahsulot tannarxiga ustama bo‘lib,
narxda aks etadigan
xarajatlar.
Iqtisodiy yoki sof foyda – yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib
tashlangandan keyin qolgan qismi.
Foyda normasi – foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo‘lgan
nisbatining foizdagi ifodasi.
Ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori,
sifati va
unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasi.
Vaqtbay ish haqi – ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga
olinib, to‘lanadigan ish haqidir.
Ishbay ish haqi – ishlab chiqargan mahsuloti miqdoriga yoki bajargan ishi
hajmiga qarab to‘lanadigan ish haqidir.
Nominal ish haqi – pul shaklida olingan ish haqi summasi.
Real ish haqi – nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin bo‘lgan
tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqati.
Ishbay-mukofot tizimi – bajarilgan ish uchun haq to‘lashni erishilgan
turli
natija ko‘rsatkichlariga qarab mukofot berish bilan qo‘shib
olib borilishini
nazarda tutuvchi tizim.
Ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi - ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor
doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif
bo‘yicha, me’yordan yuqori qismiga esa oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha ish haqi
to‘lanishini ko‘zda tutvchi tizim.
Tarif tizimi - ishchi va xizmatchilarning ish haqi
darajasini tarmoqlar va
mamlakat mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli
toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab tartibga solib
turuvchi me’yorlar tizimi.
Tarif-malaka ma’lumotnomalari - ayrim kasblar
va mehnat turlarining
batafsil ta’rifi, ishchi va mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan
talablar, turli tavsifdagi ishlarni tariflash uchun qo‘yiladigan razryadlar majmui.
Tarif setkasi – turli razryadlar va tarif koeffitsiyentlari majmui bo‘lib, ular
birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
86
haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi (birinchi razryadning tarif
koeffitsiyenti hamma vaqt birga teng bo‘ladi).
Tarif stavkalari - tegishli ravishda belgilab berilgan
turli razryadga ega
bo‘lgan ishchilarning mehnatiga to‘lanadigan haq miqdori majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: