3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/252
Sana06.05.2023
Hajmi1,37 Mb.
#935754
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   252
 
div
е
rsifikatsiya jarayoni 
tovar ishlab chiqrishni k
е
ngaytirishning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
1-jadval 
O’zb
е
kistonda 2007-2008 yillarda ishlab chiqarilgan ba’zi tovar turlari
Tovar mahsulotlari nomlari 
2007 yil 
2008 yil 
Е
ngil avtomobillar, dona
 
171809
 
195038
 
Avtobuslar, dona
 
1116
 
1556
 
Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, mln. so’m
 
103959,4
 
141522,4
 
Traktorlar, dona
 
2411
 
2437
 
Traktor kultivatorlari, dona
 
1562
 
1773
 
Akkumulyatorlar, ming dona
 
443
 
447
 
T
е
l
е
vizorlar, dona
 
93527
 
47621
 
Muzlatgichlar va sovutgichlar, dona
 
10774
 
6218
 
Paxta tolasi, ming tonna
 
1125,4
 
1174,2
 
Gazlamalar, mln. kv.m
 
160,5
 
114,1
 
Trikotaj buyumlar, ming dona
 
30883
 
29163
 
Sut va sut mahsulotlari, ming tonna
 
16,4
 
19,4
 
M
е
va-sabzavot kons
е
rvalari, mln. Shartli banka
 
112,9
 
157,9
 
Shakar, ming tonna
 
170,9
 
254,3
 
O’simlik yog’i, ming tonna
 
277,5
 
284,6
 
Un, ming tonna
 
1440,7
 
1425,6
 
Manba: O’zb
е
kiston R
е
spublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. 
 
Tovar ikki xususiyatga ega: 
birinchidan,
u kishilarning qandaydir ehtiyojini 
qondiradi; 
ikkinchidan,
u boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyumdir. 
Boshqacha aytganda, tovar iste’mol va almashuv qiymatlariga ega.
Buyumning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. 
U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-
bir ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm 
maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini 
aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondashuv bilan, ya’ni 
hech kim bilan aloqasi bo‘lmagan o‘rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o‘zi 
qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo‘llaydilar. Xolbuki, tovar 
ayirboshlash jamiyat a’zolari o‘rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o‘rtasida sodir 
bo‘ladi. Ular naflilikning negizida obyektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat 
ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to‘g‘rirog‘i naflilik aniq mehnat 
bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o‘zgartirilishi natijasida vujudga kelishini 
o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo‘lgan yoki inson mehnati bilan 
yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo‘lavermaydi. 
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha 
ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi. 
Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi 
naflilikka aytiladi. 
Ne’matlar tovar bo‘lishi uchun, ular ayirboshlashga mo‘ljallangan, ma’lum 
mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo‘lishi zarur. Shunga ko‘ra, tovar 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


41 
mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o‘z iste’moli uchun emas, balki 
boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan 
mahsulotdir. Tovarning natural-buyum va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari 
ana shundan kelib chiqadi.
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi 
naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga 
ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning 
almashuv qiymati ifodalanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari
15
fikriga ko‘ra, tovarlar qiymatining 
umumiy asosi bo‘lib mehnat hisoblanadi, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-
biriga tenglashtiriladi. Tovarlarning og‘irligi, hajmi, shakli va shu kabi tabiiy 
xususiyatlaridan 
birortasi 
qiymatning 
umumiy 
asosi 
bo‘la 
olmaydi. 
Ayirboshlashning zarur sharti bo‘lib tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi. Biroq, 
turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy o‘lchamga 
ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud bo‘lgan umumiy 
narsa – ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Tovarlar o‘lchovdosh bo‘lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman 
inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va hokazolari 
sarfning mahsulidir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini 
tashkil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko‘rinadi, shuning uchun almashuv 
qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo‘lib, uning 
ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv 
qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib ko‘rsatilishida 
namoyon bo‘ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko‘pincha 
qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi 
ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), 
tabiiyki, o‘z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib 
topishi mumkin. Endi ularni boshqa ko‘rsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu 
bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».
16
Tovarning o‘zi esa ikki 
tomon – naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan 
yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan yanglish 
fikrlardan ham holi emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan 
ayniylashtirilishini u tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik deb hisoblaymiz (ishlab 
chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo‘lib, miqdor jihatidan undan kamdir). 
Tovar qiymatining miqdori 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish