ishlab chiqarish vositalar
qiymatining mahsulotga o‘tgan qismi
(s);
2) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni, ishchilarga tegishli
qismi -
zaruriy mahsulot qiymati
(v);
3) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va
jamiyat uchun ishlab chiqarilgan
qo‘shimcha mahsulot qiymati
(m)dan iboratdir.
Boshqacha qilib aytganda, oldingi ishlab chiqarish jarayonlarida yaratilgan va ushbu
jarayonda iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining qiymatidan hamda shu
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan yangi qiymatdan iboratdir. Chunki yaratilgan
mahsulotning bir qismidan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab
chiqarish vositalarining o‘rnini qoplash uchun foydalaniladi. Ishlab chiqarishning
uzluksiz davom etishi va rivojlanishi uchun iste’mol qilingan ishlab chiqarish
vositalari har qanday asbob-uskunalar, xom ashyo, yoqilg‘i va boshqa yordamchi
materiallar o‘rnini to‘ldirib turishi talab qilinadi. Buning uchun ishlab chiqarilgan
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
32
mahsulotning bir qismidan foydalaniladi. Yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan
ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot
deyiladi. Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarishda band bo‘lgan menejerlar,
ishchilar, dehqonlar va muxandislar, texnik xodimlar va boshqalarning yangidan sarf
qilingan mehnati bilan yaratilgan zaruriy mahsulotdan va qo‘shimcha mahsulotdan
iboratdir.
Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan
zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda
saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulotga aytiladi. Bunga kelgusi
avlod ishchilarini yetishtirish, ya’ni ishchilarning oilasi va bolalari uchun zarur
bo‘lgan mahsulot ham kiradi.
Zaruriy mahsulot sof mahsulotning muhim qismi bo‘lib, bevosita ishchi va
xizmatchilarga tegishlidir. Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni
qo‘shimcha ish vaqtida qo‘shimcha mehnat bilan yaratilgan qismi qo‘shimcha
mahsulot deyiladi.
Bu qo‘shimcha mahsulot bevosita ishchiga emas, balki tadbirkorlarga va
mulkdorlarga hamda davlatga tegishlidir.
Zaruriy va qo‘shimcha mahsulot jamiyat taraqqiyotining deyarli hamma
bosqichlariga xosdir. Lekin ular o‘rtasidagi nisbat turli davrlarda turlicha bo‘ladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumining dastlabki davrida jamoadosh hamma kishilarning vaqti
faqat zaruriy mahsulotni, ya’ni yashash uchun eng zarur mahsulotni topib yeyish
bilan band bo‘lgan. Keyinchalik, ya’ni bu tuzumning oxirlariga kelib, qisman mehnat
unumdorligi oshib, zaruriy mahsulotdan ortiqcha, ya’ni qo‘shimcha mahsulot paydo
bo‘lgan va uning to‘planib ayrim kishilar tomonidan o‘zlashtirilishi natijasida xususiy
mulk paydo bo‘lgan.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining quldorlik, feodalizm va kapitalizm deb
atalmish bosqichlarida qo‘shimcha mahsulotning mavjudligi haqida hech kim
munozara qilmaydi. Lekin jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida qo‘shimcha
mahsulotning ijtimoiy shakli turlicha bo‘ladi. Masalan, quldorlik jamiyatida quldor
latifundistlar daromadi, feodal jamiyatida uch ko‘rinishda (barshchina, obrok, pul
solig‘i), kapitalizmda esa qo‘shimcha qiymat ko‘rinishlarida bo‘ladi.
Sobiq sotsialistik jamiyatda ko‘pgina iqtisodchilar zaruriy va qo‘shimcha
mahsulot faqat xususiy mulkchilik davriga xos deb tushunib, ijtimoiy mulk mavjud
bo‘lgan davrda u bo‘lmaydi deb keldilar. Ular bu tushunchalarning umumiqtisodiy
tushuncha bo‘lib, moddiy asosi saqlanib qolishini va ularning ijtimoiy shakli
o‘zgarishini hali tushunib yetmagan edilar. Lekin ular korxonalar olayotgan foyda
mahsulotning qaysi qismi ekanligini, davlat boshqaruvi, mudofaa, ta’lim, fan-
madaniyat uchun zarur mablag‘lar qayerdan olinishini, bu mablag‘larning tub manbai
nimadan iborat ekanligini tushuntirib bera olmas edilar. Ushbu nazariy zaruriyat
tufayli 1965 yillardan keyingina zaruriy va qo‘shimcha mahsulot iqtisodiy
adabiyotlarda paydo bo‘lib, iqtisodchilarga tushuntirila boshlandi. Hozir, bozor
iqtisodiyotiga o‘tish davrida ham bu tushunchalarni rad qiluvchi kishilar topiladi.
Lekin bunday iqtisodchilarga mulkdorlar va tadbirkorlar olayotgan foyda, foiz,
dividend daromadlari, davlat soliqlari, yer rentasi kabi pul ko‘rinishidagi
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
33
daromadlarning tub manbai nima, ular milliy mahsulot qaysi qismining taqsimotdagi
harakat ko‘rinishi, degan savolga javob bera olmaydilar. Foyda va boshqa turli
ko‘rinishdagi daromadlar manbaini bilmaslik nima uchun tovarlarni ishlab
chiqaruvchi korxonalar zarar ko‘radi-yu, uni sotuvchilar foyda ko‘radi degan
savollarga ham javob berishda ojizlikka olib keladi. Ular iqtisodiy hodisa va
jarayonlarning tub ildiziga tushunmasdan
,
uning yuzaki tomonlarini o‘rganish
bilangina cheklanib qolgan ko‘rinadi.
Ularning birdan-bir isbot dalili go‘yo qo‘shimcha mahsulot kapitalizmda
ekspluatatsiya darajasini ko‘rsatish, ishchilar bilan kapitalistlar o‘rtasida sinfiy
ziddiyatni ko‘rsatish uchun K.Marks tomonidan o‘ylab topilgan narsa emish. Lekin
bu kasbdoshlarimiz qo‘shimcha mahsulot to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar «Iqtisodiyot
nazariyasi» fani rivojining uzoq tarixiga borib taqalishini, K.Marksdan juda oldingi
davrlarda vujudga kelganligini bilishmaydi. Masalan, arab olimi Ibn Xoldun
Abdurahmon Abu Zayd o‘zining 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» (Ibratli misollar
kitobi)da, ya’ni K.Marksdan 500 yil oldin zaruriy va qo‘shimcha mahsulotning
farqiga borib, ularni ajratib ko‘rsata olgan edi.
10
Keyinchalik fiziokratlar maktabining asoschisi F.Kene o‘zining «Iqtisodiy
jadval» asarida merkantilistlardan farqli iqtisodiy fanda olg‘a qadam tashlab boylik
savdoda yoki tashqi savdoda ko‘paymasligini, u faqat ishlab chiqarishda o‘sib
ko‘payishini, boylikning bu ko‘payishi sof mahsulot, ayniqsa qo‘shimcha mahsulot
evaziga sodir bo‘lishini ko‘rsatib berdi. F.Kene ishlab chiqarilgan mahsulot bilan
qilingan harajatlar o‘rtasidagi farqni, ya’ni qo‘shimcha mahsulotni sof mahsulot deb
atagan edi.
Keyinchalik qo‘shimcha mahsulot nazariyasi A.Smit va D.Rikardolar tomonidan
ancha batafsil rivojlantirildi. Ular yangi qiymat yollanma ishchilar tomonidan
yaratilishini, yollanma ishchining ish vaqti ikkiga bo‘linib, zaruriy ish vaqtida o‘zini
va oilasini boqish uchun zarur bo‘lgan qiymat yaratishini, ish kunining qolgan qismi
bo‘lgan qo‘shimcha ish vaqtida esa mulk egalari o‘zlashtirib oladigan qo‘shimcha
qiymat yaratilishini ko‘rsatib bergan edilar.
11
Bu qisqacha chekinishdan ko‘rinib turibdiki, zaruriy va qo‘shimcha mahsulot
tushunchalari Marksgacha iqtisodiy adabiyotlarda qo‘llanilib, tushuntirib kelingan
ekan. K.Marks bu tushunchalarni kengroq boyitib ko‘rsatdi, lekin unda ham
qo‘shimcha mahsulotning faqatgina kapitalizmdagi ijtimoiy shakliga, ya’ni uning
qiymat tomoniga e’tibor berib, qo‘shimcha qiymat deb ataydi va ko‘proq
kapitalizmda ekspluatatsiya darajasini aniqlab ko‘rsatish uchun ishlatadi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida Rossiyada keyingi (2004-2005)
yillarda nashr etilgan qator yangi adabiyotlarda, jumladan: V.YA.Ioxin, ye.F.Borisov
tomonidan
yozilgan,
shuningdek
D.D.Moskvin,
A.G.Gryaznova
va
T.V.CHechelovalar rahbarligida mualliflar guruhi tomonidan yozilib, nashr qilingan
iqtisodiyot nazariyasi dasrliklarida sof mahsulotning tarkibiy qismlari bo‘lmish
10
Qarang: A.Razz
о
q
о
v, Sh.T
о
shmat
о
v, N.O‘rm
о
n
о
v. Iqtis
о
diy ta’lim
о
tlar tari
х
i. T
о
shk
е
nt, «M
о
liya» nashriyoti, 2002,
41-42-b
е
tlar.
11
Qarang: Smit A. «Issl
е
d
о
vani
е
о
prir
о
d
е
i prichina
х
b
о
gatstva nar
о
d
о
v».; Rikard
о
D. «Nachal
о
p
о
litich
е
sk
о
y
ek
о
n
о
mii i nal
о
g
о
v
о
g
о
о
bl
о
j
е
niya». Antal
о
giya ek
о
n
о
mich
е
sk
о
y klassiki. M., 1993, s.46,199.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
34
zaruriy va qo‘shimcha qiymatlarning mazmuni, hosil bulish jarayonlari, qo‘shimcha
qiymat turlari, massasi va normasi, ularni ko‘paytirish usullari haqidagi masalalar
batafsil berilgan.
Bu adabiyotlarda yozilganlardan ko‘rinib turibdiki, qo‘shimcha mahsulotni kim
qanday tushunishidan qat’iy nazar, doimo mavjud bo‘lgan obyektiv umumiqtisodiy
kategoriyadir. Lekin shuni ta’kidlash joizki, hozirgi davrdagi adabiyotlarda ham
asosan qo‘shimcha mahsulotning bir tomoniga, ya’ni qiymat tarafiga e’tibor berilgan
va uni qo‘shimcha qiymat deb ta’riflagan. Xolbuki, biz yuqorida aytganimizdek,
qo‘shimcha qiymat qo‘shimcha mahsulotning bir tarafi, ya’ni qiymat tarafi bo‘lib,
uning naflilik tarafi e’tibordan chetda qolmoqda.
Qo‘shimcha mahsulotni rad qilish o‘rniga uning mazmunini, harakat shakllarini
puxta o‘rganib, yanada ko‘paytirish va taqsimlanishini takomillashtirish yo‘llarini
qidirishga kuch sarflash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Chunki qo‘shimcha mehnat va binobarin, qo‘shimcha mahsulot butun-butun
tarixiy taraqqiyot davomida ishlab chiqarishni, fan-texnikani, ta’limni, sog‘liqni
saqlashni, madaniyatni rivojlantirishning iqtisodiy manbai bo‘lib kelgan va bundan
keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
Har bir korxonada, tarmoqda qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish asosan uch yo‘l
bilan – ishlovchilar sonini ko‘paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni chegarasi
o‘zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga qo‘shimcha ish vaqtini
ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ish kunini uzaytirish yo‘li bilan olingan qo‘shimcha mahsulot absolyut qo‘shimcha
mahsulot deb, ish kuni o‘zgarmaganda zaruriy ish vaqtini kamaytirib, qo‘shimcha ish
vaqtini ko‘paytirish evaziga olingan qo‘shimcha mahsulot esa nisbiy qo‘shimcha
mahsulot deb ataladi.
Yil davomida olingan qo‘shimcha mahsulotlar yig‘indisi qo‘shimcha mahsulot
massasi, uning zaruriy mahsulotga nisbati esa (foizda ifodalanishi) qo‘shimcha
mahsulot normasi deb yuritiladi.
Agar qo‘shimcha mahsulot normasini m
’
, massasini m, zaruriy mahsulotni v
bilan belgilasak qo‘shimcha mahsulot normasi
%
100
'
×
=
Do'stlaringiz bilan baham: |