3-mavzu. Zamonaviy rahbar imidji va imijologiya masalalari. Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari. Boshqаruv faoliyatida muomala qilish madaniyati. Boshqаruv faoliyatida nizolar va ularni bartaraf etish yo‘llari



Download 372,5 Kb.
bet16/21
Sana15.06.2022
Hajmi372,5 Kb.
#674314
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
2 5226770462435973392

Shaxslararo nizo. Shaxslararo ziddiyatlar asosida, ko’p hollarda, ob’ektiv sabablar yotar ekan. Bulardan biri - tashkilotdagi resurslarning cheklanganligidir. Masalan, ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, ularga egalik kilish, ish vaqtiga va intizomga rioya etish, ishchi kuchiga bo’lgan talabdan kelib chiquvchi muammolar shular jumlasidan.
Shaxs bilan guruh o’rtasidagi nizo. Qabul qilingan normadan chetlanish salbiy hodisa deb baholanadi va shaxs bilan guruh o’rtasidagi nizoni keltirib chiqaradi. Nizoning bu turi hatto rahbar va unga itoat etuvchi xodimlar o’rtasida ham sodir bo’ladi.
Guruhlararo nizo. Mazkur nizo manbalaridan biri - jamoadagi rasmiy va norasmiy guruhlar o’rtasidagi mavjud muamolardan kelib chiqadi. Masalan, tashkilot rahbariyati bilan xodimlar o’rtasida, bo’lim ichidagi norasmiy guruhlar orasida, ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o’rtasida yuzaga keladigan nizolar bunga misoldir.
Ijtimoiy nizo. Sinflar, millatlar, davlatlar, ijtimoiy institut va jamoalarning to’qnash kelishida o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy nizo – o’zida bir qancha jabhalarni mujassam etgan murakkab hodisadir.








Nizo jarayonining dinamikasi. Nizolarni hal etish ularning ichki qonuniyatlarini aniqlash va tahlil etish zaruratini qo’yadi. O’zaro ziddiyatlarning yuzaga kelish va rivojlanish xususiyatini bilgan holdagina unga aralashish va demak boshqarish imkoniyatini topish mumkin. Bu masala nizo rivojlanishidagi quyidagi bosqichlarni farqlash zaruratini qo’yadi: O’rtadagi mavjud ziddiyatni anglash, nizoli vaziyatni anglash; nizoli xatti-harakatni amalga oshirish. Bu bosqichda o’zaro zid yo’nalgan va hissiy ko’rinishga ega bo’lgan harakatlar sodir etiladi; nizoning tugashi va nizo ishtirokchilari tomonidan bo’lib o’tgan voqeani baholash
Chizma tarzida nizoning rivojlanishini quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin:

1 2 3 4
Tasvirda keltirilgan birinchi bosqichda odam o’zgaga nisbatan ichki tug’yonini anglaydi. Ba’zi kimsalar mana shu holatdayoq ziddiyatni rivojlanitirmaslikka harakat qilib, muloqotni davom ettirishdan o’zlarini olib qochishadi. Ziddiyatli munosabatni davom ettirish natijasida nizoli vaziyat yuzaga keladi va muloqot ishtirokchilari o’rtada nizo paydo bo’layotganini anglab etishadi. Bu vaziyatni rivojlantirish natijasida bevosita nizo amalga oshadi va ushbu uchinchi bosqich o’zaro munosabatning ochiq-oydin keskinlashuvi bilan xarakterlanadi.


Ta’kidlanayotgan bosqichda tomonlar bevosita nizo jarayoniga qadam qo’yadilar va e’tiborni o’z manfaatlarini himoya qilish bilan birga o’zgani ayblash va sha’niga tegish harakatini amalga oshiradilar. Shu bosqichda nizoli munosabatlarning yuqori cho’qqiga ko’tarilishi va bu holat ixtilof iborasi bilan ifodalanishi mumkin. Bunda nizo ishtirokchilari nafaqat vaziyatni, balki o’zlarini ham idora etolmay qoladilar, butunlay hislar tug’yoniga beriladilar. Ixtilof tugagandan so’ng, nizoning so’nish bosqichi ko’zatiladi va odamda bo’lib o’tgan voqeaga tanqidiy ko’z bilan qarash imkoniyati tug’iladi. Kimdir bo’lib o’tgan hodisadan afsuslansa, ikkinchi bir kimsa erishgan «yutug’idan» hatto rohat ham oladi.


Ammo, nizoni boshqarish yo’lini tanlagan rahbar iloji boricha vaziyatni keskinlatmaslik va nizoni konsturktiv tomonga burish ixtiyorida bo’ladi. Shunday niyatdagi rahbar yo’l qo’yilgan ixtilofni yana bir talofat sifatida qabul qilishi, nizo tugagandan so’ng bo’lib o’tgan voqea xususida afsuslanishi turgan gap. Shunday ekan, rahbarning nizoga konstruktiv yondoshuvini ta’minlovchi asosiy uslub - bu nizoning birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichlaridayoq uni keskinlatmaslik yo’lini topish, iloji boricha shu davrda uni konstruktiv tomonga yo’naltirishdan iboratdir. Ammo, nizolar boshqaruvi bo’yicha ko’p yillik tajribalarimiz shuni ko’rsatadiki, odam nizo sharoitiga kirganda ko’pincha o’zini boshqarolmay qoladi va girdobga tushib qolganday nizo yo’nalishi bo’ylab oqib ketadi. Xo’sh, odam nizo oqimiga tushib qolmasligi uchun nima qilishi kerak, nizoning boshlang’ich bosqichlarida o’zini tiyish va demak nizoli vaziyatni boshqarish imkoniyati qanday?


  1. Download 372,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish