Nasl qoldirish instinkti – bu ota-onalik instinkti sifatida ko‘rinib, nasl – avlod uchun
g‘amxo‘rlik qilish, uni ma’lum vaqtgacha ovqat bilan ta’min etish, xavf-xatardan saqlash o‘z
bolalarini parvarish qilish tug‘ma mahoratiga ega bo‘lib, o‘z naslining kelajagi haqida
g‘amxo‘rlik qiladi. Jumladan, o‘rgimchakning ba’zi turlarida urg‘ochilari o‘z tuxumi uchun
tolalardan pillalar yasaydi. Bu pillani urg‘ochi o‘rgimchak qo‘riqlab va tez-tez ko‘chirib yuradi,
o‘rgimchak bolalari paydo bo‘lishi bilan urg‘ochi o‘rgimchak uyalarini yonidan siljimasdan
qo‘riqlab turadi. Nasli kattalashgani sari urg‘ochi o‘rgimchak ham ularga shuncha befarq bo‘la
boradi va so‘ngra esa o‘rgimchak bolalari mustaqil harakat qiladigan bo‘lib, qolgandan keyin
ularni tashlab ketadi. [2]
Do'stlaringiz bilan baham: |