3. Mavzu: Xulq-atvorning psixofoziologik asosi Reja: Nerv tizimi va endokrin tizimining inson organizmi va xulq atvoridagi ahamiyati



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana31.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#237238
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
3 mavzu

Instinktlar – hayvoning tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug‘ma 

harakatlaridir. Qushlar juda ustalik  bilan in  yasar ekanlar,   material  tanlash va inni pishiq qilib 

qurish  yo‘lida  xilma-xil  harakatlarni  bajaradilar.  Masalan,    qaldirg‘ochlarning  in    qurishi, 

Kalyushka  deb  ataluvchi  baliqning  erkagi  suv  tagida  erdan  chuqurcha  kovlab,  uni  mayda  suv 

o‘simliklari  bilan  to‘sadi,  inning  yon  devorini  quradi  va  ustini  berkitadi    buni  u  yiriqroq 

o‘simliklardan  o‘z  tanasidan  elimsimon  modda  chiqarib  yasaydi.  SHundan  keyin  erkak  baliq 

urg‘ochi  baliqni  urug‘  qo‘yish  uchun  haydab  kirgizadi  va  to  urug‘dan  baliqchalar  ochib 

chiqqunga qadar in atrofini qo‘riqlab turadi. Rus zoopsixologi V.A.Vanger (1849-1934) urg‘ochi 

o‘rgimchakning nomaqul bo‘lib qolgan  instinktlari sharotida uning xatti-harakatlarini  kuzatgan 

va tasvirlab bergan edi. 

Chunonchi,    ko‘pincha      o‘rgimchak  pillasining  ichidagini 

zararkunandalar  eb  ketgan  bo‘ladi.  Lekin  urg‘ochi  o‘rgimchak    bo‘shab  qolgan  pillani 

qo‘riqlashda va u  yoqdan-bu  yoqqa ko‘chirishda davom  etadi. SHunday  hollar ham  bo‘ladi-ki, 

urg‘ochi o‘rgimchak pillani yasab va odatda tuxum qo‘yish chog‘ida bajariladigan harakatlarni 

bir  necha  marta  takrorlab,  amalda  tuxum  qo‘ymasligi  ham  mumkin.  SHunday  bo‘lsa-da,  u 

kelgusi  bosqichga,    ya’ni  bo‘sh  pillani  qo‘riqlashga  va  uni  u  yoqdan  –  bu  yoqga  ko‘chirishga 

o‘tadi. Asalarilar reaksiyasining maqsadga  muvofiqligi ham nisbiydir. Agar mumkatakning orqa 

tomoni  teshib  qo‘yilsa,    asalari  yaroqsiz  uyaga  ma’lum  miqdordagi  shirani  to‘kib  bo‘lgach,  

garchi  uning  ikkinchi  tomonidan  shira  oqib  ketadigan  bo‘lsa  ham  mum  bilan  berkitib  ketadi. 

Fransuz tadqiqotchisi  K.Fabri er arisining   bir qolipdagi  maqsadga muvofiq bo‘lmagan xatti-

harakatini  kuzatgan  edi.  Er  arisi  uyasining  oldiga  chalajon  chigirtkani  keltirib,  barcha  arilar 

singari  uyasini  tekshirish  uchun  kirib  ketganida  tadqiqotchi  uning    o‘ljasini  yiroqqa  surib 

ko‘yadi.  Ari  uyasidan  chiqib,  uni  izlab,  shoshib  yana  uyasining  oldiga  qo‘yadi  va  tekshirish 

uchun yana uyasiga kirib ketadi. Fabri arining uyasi oldidan  chigirtkani qirq marta chetga surib 

qo‘yadi va ari qirq martasida ham o‘ljasini topib,  uni olib kirish uchun uyasini tekshirgan. Bu 

misollar  instinktning  cheklanganligini  ko‘rsatadi.  Instinktiv  harakatlar  muayyan  shart-

sharoitlarga qat’iy bog‘liq bo‘ladi. Instinktning amal qilish mexanizmi shundan iborat-ki, tashqi 

shart-sharoitlar  reflektor  munosabatni      bildirishga  undaydi,    eng  oxirida  esa    navbatdagi 

                                      

10

  



Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan  

. 444p 



munosabat bildirish uchun qo‘zg‘aydi va hokazo.  Shu tarzda reflekslarning butun 

 bir 


zanjirini  harakatga  keltiradi  va  nasliy  yo‘l  bilan  mustahkamlangan  dasturni  amalga  oshiradi.  

Instinktiv harakatlar standart shart-sharoitlar o‘zgarishi bilanoq o‘zining maqsadga muvofiqligini 

yo‘qotadi. SHunday qilib, xatti-harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina 

maqsadga muvofiqdir. 

 

Hayvonlarning instinktlari turli xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ovqatlanish instinkti  – 



hayvonlarning o‘zi va bolasi uchun ovqat qidirib topish,  ovqat g‘amlash harakatlaridir.   

 


Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish