3-mavzu: Xiva xonligining tashki


Toshkent hokimligi hududlarining kuchayishi



Download 25,55 Kb.
bet6/11
Sana09.02.2022
Hajmi25,55 Kb.
#438817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-tarix seminar

Toshkent hokimligi hududlarining kuchayishi
1796-yili Chimkent, Sayram va boshqa o’nlab shahar va qishloqlar Toshkentga qo’shib olindi. 1799-yilga kelib Turkiston va uning atroflaridan Chu daryosigacha bo’lgan yerlar, jumladan, Qorako’l mavzeyi Toshkentga qo’shib olindi. Yunusxoja o’ziga tobe bo’lgan Katta qozoq juzi yerlaridagi qabilalami boshqarish ishini o’sha urug’ boshliqlariga topshirdi. Bu bilan u qozoq biylaridan o’ziga tayanch yaratdi. Yunusxoja qozoq qabilalari orasida katta obro’ga ega bolgan. Ayniqsa, Qorakesak bo’lisi sultoni Bukey Sulton bilan yaqin aloqada bo’lgan. Bukey Sulton va uning o’g’illari Toshkentni va rus karvonlarini qaroqchilardan himoya qilib, ularni belgilangan joyga yetgunicha kuzatib borganlar.
Katta juz qabilalari Yunusxoja qo’shinida asosiy kuchni tashkil etib, uning Qo’qon xoniga qarshi urushlarida jonbozlik ko’rsatganlar. Toshkent hokimligi Qo’qon va Buxoro xonliklarini, Orenburg va Sibir bilan bog’laydigan karvon yo’llari o’tadigan Turkiston, Chimkent va Sayramni o’z qo’lida tutib, Markaziy Osiyo bilan Rossiyaning savdo munosabatlarida yetakchilikni qo’lga olishga intiladi. Bu hol Qo’qon bilan Buxoroning Toshkentga munosabatini keskinlashuviga olib keldi. Toshkentning Katta qozoq juzi ustidan o’z ta’sirini kuchaytirishi Qo’qon xonligining iqtisodiy va siyosiy mavqeyini chegaralab qo’ygan edi. Farg’ona vodiysini Rossiya bilan bog’lovchi asosiy savdo yo’li Toshkent orqali o’tardi. Shuning uchun ham Toshkentni bo’ysundirish maqsadida 1799-yili Qo’qon xoni Olimxon qo’shinlari Toshkentga yurish boshlaydilar. Yunusxoja ularga qarshi o’z qo’shini bilan chiqib, Chirchiq bo’yidagi Qorasuv mavzeyida ularga zarba beradi. Bu g’alaba natijasida Sirdaryoning o’ng sohilidagi Qurama mavzeyi Toshkentga qo’shib olinadi.
Bu davrda Toshkent yirik shaharga aylantirilgan, uni o’rab turgan devoning uzunligi 18 chaqirimga yaqin bo’lgan. Unda 10 ming xonadon istiqomat qilgan. Shahar aholisi Rossiya, Qashqar va Xitoy bilan ham savdo qilgan. Yunusxoja davrida ikki xil pul: rupiya va tanga zarb qilingan. Besh tanga bir rupiyaga teng bo’lgan. Shahar nazorati va soliq yig’ish Boshchixojaning qo’lida edi. Hokimning to’rt maslahatchisi bo’lgan. Shahar savdosi ustidan qozi va devonbegi nazorat qilishgan. Rais shariat qonun-qoidalari va bozordagi narx-navo, o’lchovlar ustidan nazorat qilgan.

Download 25,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish