3-mavzu: Xiva xonligining tashki


-asrda Xiva-Buxoro munosabatlari



Download 25,55 Kb.
bet2/11
Sana09.02.2022
Hajmi25,55 Kb.
#438817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-tarix seminar

16-asrda Xiva-Buxoro munosabatlari.
Markaziy Osiyoda dastlab tashkil topgan ikki davlat Buxoro va Xiva xonlig o’rtasida doimo o’zaro dushmanlik munosabatlari hukm surgan. Buning asosiy sababi-xonliklarning doimo bosqinchilik urushlari hisobiga o’z hududlarini kengaytirishga urinishlari bo’lsa, ikkinchisi, Buxoro va Xiva xonligida hukmron sulolalarning bir-biriga g’anim bo’lib qolgan xonadonlarga mansubligi edi.
Xivani Buxoroga bo’ysundirish harakati Ubaydullaxon davrida boshlandi. Ubaydullaxon 1537-1538-yillarda Xorazmga hujum qilib, Xiva xonligini Buxoroga bo’ysundiradi. Xiva xoni Avaneshxon (1525-1538) qo’shinlari tor-mor keltirildi, xonning o’zi esa o’ldirildi. Ubaydullaxon o’g’li Abdulazizni Xorazmga noib etib tayinladi. Biroq bu ahvol uzoq davom etmadi. Mahalliy xalq Avaneshxon avlodlari boshchiligida mamlakatni ozod etdi. Ubaydullaxon yuborgan qo’shin ham tor-mor keltirildi. Abdulazizxon Urganchdan Buxoroga qochib ketadi. Keyingi hukmdorlar davrida ham bu ikki xonlik o’rtasidagi adovat va dushmanlik to’xtamadi.
Jumladan, Buxoro xoni Abdullaxon II 1593-yili Xiva xonligini bosib oladi. Xiva xoni Hojimxon (1558-1602) oilasi bilan Eron shohi Abbos huzuriga qochishga majbur bo’ladi. 1595-yilda Xiva sultonlari xonlikning yirik shaharlarini egallaydilar. Lekin 1595-yili Abdullaxon II Xiva xonligi ustiga yana qo’shin tortib keladi. Hoji Muhammad (Hojimxon) yana Eronga qochadi. Faqatgina 1598-yili Abdullaxonning vafotidan keyin Buxoro xonligida boshlangan o’zaro toj-u taxt uchun kurashlar oqibatida Hojimxon Xiva xonligi taxtini qayta egallashga va o’z hokimiyatini mustahkamlab olishga erishadi. Bu davrda Xiva xonligi Mang’ishloq, Bolxon tog’lari, Dehiston, O’zboy, Shimoliy Xuroson hududlarini ham o’z tasarrufiga olgan edi.
3.
17-asr Xiva xonligining siyosiy hayotida o’ziga xos ikki xususiyat-bu, bir tomondan, markaziy hukmron sulola nufuzining pasayishi bo’lsa, ikkinchi tomondan, qabila boshliqlari ta’sirining kuchayishi bo’ldi. Qabila boshliqlari: beklar, biylarning kuch-qudrati shu darajaga borib yetgan ediki, ular oliy hukmdorga o’z xohish-istaklarini o’tkaza olganlar. Xon davlat hayotiga oid har bir masalani ularsiz mustaqil hal eta olmas edi. Aksincha, aynan shu qabila boshliqlari xon taqdirini hal etardilar. Binobarin, Xiva xonligida davlat parokandaligi yuz berdi. Parokandalik Arab Muhammadxon davri (1602-1621) da yuqori nuqtasiga yetgan edi. Subhonqulixon Xivada o’z tarafdorlaridan shunday fitnachi guruh uyushtira olgan ediki, ular ta’sirida 16-asr oxiri 17-asr boshlarida Xivada „xonlar o’yini“-o’nlab xonlar almashinuvi sodir bo’ldi. Buning oqibatida Xiva xonligining siyosiy hayoti yanada murakkablashdi, xonlik ziddiyatlar, qaramaqarshiliklar girdobida qoldi. Xiva xoni Sherg’ozixon (1714-1728) davrida Buxoro xoni Abulfayzxon orolliklarni Xiva xoniga qarshi gijgijlay boshladi. Natijada Orolbo’yi aholisi Xiva xonligidan ajralib chiqdilar. Xiva xonligida boshlangan o’zaro kurash goh u, goh bu tomonning ustunligi bilan to Sherg’ozixon vafotiga qadar davom etdi.
Xiva xonligining siyosiy ahvoli Elbarsxon davrida (1728-1740) yanada keskinlashdi. Elbarsxon ichki nizolarni bostirib, qo’shni hududlarga ham hujumlar uyushtirdi. Ayni paytda u Nodirshohga qarshi kurashda Buxoroga yordam berishga ham intilgan edi.
Nodirshoh Buxoroni tobe etgach, 1740-yili Xiva xonligiga yurish boshladi. Hazorasp yonidagi jangda Xiva qo’shinlari yengildi. Xonqada bo’lgan jangda Xiva qo’shinlari butunlay tormor etildi. Elbarsxon o’ldirildi.
Nodirshoh 1740-yili Xivaga o’z odamini hokim etib tayinlab, Eronga qaytadi. Xivada Eron boshqaruv tizimi o’rnatiladi. Aholiga „moli omon“ solig’i solinadi. Ana shundan keyin Xiva xonligida parokandalik kuchaydi. O’zaro urushlar natijasida bir qancha vaqt turkman qabilalari-yovmutlar ustun kelib turdi.



Download 25,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish