3-Mavzu. Tayanch-harakat apparatining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigiyenasi. Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiyatlariva gigiyenasi


Me’daning devori quyidagi qavatlardan iborat



Download 387,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana03.04.2022
Hajmi387,92 Kb.
#526170
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-maruza

 
Me’daning devori quyidagi qavatlardan iborat: 
Shilliq qavat (tunica mucosa) kulrang pushti rangli bo’lib, bir qavatli 
tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan. Shilliq qavatning qalinligi 0,5-2,5 mm. Unda 
shilliq parda mushak qatlami (lamina muscularis mucosae) borligi va shilliq osti asos 
yaxshi rivojlangani uchun turli yo’nalishdagi burmalar (plicae gastricae) hosil 
bo’ladi.
Burmalar kichik egrilik bo’ylab bo’ylamasiga yonalib me’da yo’lini (canalis 
gastricus) hosil qiladi. Bu yo’l me’daning kirish va chiqish qismlarini o’zaro 
bog’laydi. Me’daning qolgan qismlarida burmalar yulduzsimon shaklda bo’ladi. 
Me’daning ostium pyloricum sohasida burmalar halqa shaklida bo’lib klapanni 
(valvula pylorica) hosil qiladi. Burmalarning ichida uncha katta bo’lmagan (1-6mm) 
me’da maydonchalari (areae gastricae) ko’tarilib turadi. Bu maydonchalarning 
yuzasida ko’p sonli (35 mln.ga yaqin) me’da bezlarining teshiklari ochiladigan 
me’da chuqurchalari (foveolae gastricae) joylashgan. Me’da bezlari joylashishiga
qarab uch guruhga bo’linadi: 1.Me’daning kardial qismidagi bezlar (glandulae 


cardiacae). 2.Me’daning tanasi va gumbaz qismidagi xususiy bezlari (glandulae 
gastricae propriae) ikki xil hujayralardan iborat. Asosiy hujayralar pepsinogen 
fermerti ishlab chiqarsa, qo’shimch hujayralar xlorid kislota ishlab chiqaradi. 
3.Me’daning chiqish qismidagi bezlar (glandulae pyloricae). Bu bezlar ovqatni 
me’dada kimyoviy parchalovchi suyuqlik me’da shirasi ishlab chiqaradi. Me’da 
shirasi ta’sirida me’dada oqsil, qisman yog’ parchalanadi. Bundan tashqari me’da 
shilliq pardasi qon ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi antianemik modda ham ishlab 
chiqaradi.
Shilliq osti qavat (tela submucosa) nisbatan qalin va harakatchan bo’lgani 
uchun shilliq qavat burmalar hosil qiladi. 
Mushak qavat (tunica muscularis) uch qavat silliq mushakdan iborat: Tashqi 
bo’ylama qavat (stratum longitudinale) qizilo’ngachning bo’ylama mushak qavatini 
davomi bo’lib ko’proq kichik va katta egriliklar bo’ylab joylashgan. O’rta 
halqasimon qavat (stratum circulare) tashqi qavatga nisbatan kuchli rivojlangan. U 
qizilo’ngach halqasimon mushak qavatini bevosita davomi bo’lib, me’daning 
chiqish qismida qalinlashib qisqichni (m. spincter pylori) hosil qiladi. Ichki qiyshiq 
tutamlar (fibrae obliquae) bo’lib, me’daning kardial qismidan boshlanib, oldingi va 
orqa devorlarga yo’naladi. 
Tashqi seroz qavat (tunica serosa) qorinpardaning vitseral varag’idan hosil 
bo’lib, me’dani hamma tomondan o’raydi. Bu parda me’da bilan qo’shni a’zolar 
o’rtasida boylamlar hosil qiladi. Bunday boylamlarga jigar bilan me’da kichik 
egriligi o’rtasidagi jigar - me’da boylami (lig. hepatogastricum), me’da bilan taloq 
o’rtasidagi me’da - taloq boylami (lig. gastrolienale), me’da bilan ko’ndalang 
chambar ichak o’tasidagi me’da - chambar ichak boylamlari (lig. gastrocolicum) 
kiradi. 
Sog'liq bo'yicha mutaxassislar anchadan buyon modelda tasvirlanganidek 
individual shaxsning sog'liqqa oid odatlariga nima eng ko'p ta'sir etishi haqida 
izlanish olib borishyapti. Bu model sog'liqqa oid bilimlar va munosabatlarga tashqi 
omillar qanday ta'sir etishini ko'rsatadi va ishonchli samaraga ta'sir etadi. Bu tashqi 
to'siqlar kimningdir talab qilingan odatlarini amalga oshirishdagi qobiliyatiga birma-


bir ta'sir o'tkazuvchi rejalariga ta'sir o'tkazadi. Birlashgan Qirollikning shimol 
g'arbidagi hududlarida ijtimoiy yo'qotishlarning darajasi yuqori. Ayrim hududlarda 
aholining 50% sog'liqdan mahrum etilgan hisoblanadi. "Hard to reach" (erishish 
qiyin) individuallari sog'liqni saqlash tizimidan muntazam foydalanmagan shaxslar 
uchun belgilangan bilimlarning maqsadi bo'lgan. Ular, shuningdek, tavakkalli 
omillar orqali so'liqni vujudga keltirishdan ham iqtisodiy jihatdan mahrum 
bo'lishgan. So'rovnoma o'tkazilganlardan 187 tasi kashanda, 67 tasi esa klinik 
semizlar bo'lgan. So'rovnoma o'tkazilganlarning asosiy qismi o'z sog'liqlariga e'tibor 
qaratishni o'z mas'uliyati deb bilgan va xatto ular ozish, alkogoldan foydalanish, 
chekish kabi vaziyatlarni maxsus doktorlar bilan muhokama qilishdan ham 
uyalishmagan. Shunga qaramay, o'tgan yili ularning faqatgina 16% amaliyotchi 
doktorlarga qatnagan. Va ular, asosan, foydali kasallik serifikati yoki kasallangan 
bola uchungina qatnab turishgan. Deyarli barcha hududlar tadqiq etilganidan so'ng, 
javobgar shaxslar o'zlari aslida ko'ringanidan ko'ra sog'lomroq bo'lganliklarini 
tushunishdi. So'rovnoma qatnashchilarining 26% klinik semiz bo'lgan, biroq ulardan 
faqatgina 7% ushbu holatni tan olgan. So'rovnoma ishtirokchilarining 1/10 qismi 
o'zlari hohlaganchalik uzoq hayot kechirishlari uchun sog'lom ovqatlanish 
kerakligini anglab yetishgan. Ana shu ishtirokchilarning 84% ayni paytda o'z 
sog'liqlari haqida havotir olmayotganlarini va ularning yarmidan ko'prog'i 
keyinchalik bu haqida o'ylashlari mumkinligini qayd etishgan. So'rovnoma 
o'tkazgan odamlar atroflaridagi insonlarning yashash tarzi va insonlar sog’lig’iga 
oid kuzatuvlarni ishlab chiqishdi. Masalan, kashandalarning 56% o’sha hududda 
yashayotganlar bilan bir xil sog’liqqa egaman, deb bilishgan. Hisobotlar xalq 
sog’lig’ini oshirish vositalari va uni o’zlashtirishning zaifligiga murojaat qiladigan 
ba’zi aniqlangan samarali yondashuvlarga ta’sir o’tkazadi. Bu, asosan, ana shu soha 
bo’yicha maxsus shug’ullanadigan guruxlar tushuna oladigan sog’liqni oshirishga 
yordam beruvchi rivojlanayotgan vositalarni taklif etdi. Bu sog’liqni saqlash 
xizmati, sog’lom hayot tarziga oid mulohazalarning yetkazilishi va mukammal 
fikrlarning paydo bo’lishiga olib kelgan. Bu, shuningdek, ana shu ma’lumotlarning 
tarqalishiga ko’maklashadigan gazeta, televideniye kabilardan ham foydalanishni 


taklif etadi. Bundan tashqari, bu vaqt, yashash joyi va tarzini hisobga oluvchi 
maqsadli guruxlarning ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishni ko’zda tutuvchi 
xizmatlarni qayta shakllantirishni ham bildiradi
5

Download 387,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish