Tijorat tashkilotlari bo’lgan yuridik shaxslar xo’jalik o’rtoqliklari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, davlat unitar korxonalari shaklida tashkil qilinishlari mumkin.
Notijorat tashkilotlari bo’lgan yuridik shaxslar iste’molchilar kooperativlar, muassasalar mulk egalari tomonidan moliyalashtirilgan ijtimoiy yoki diniy tashkilotlar (birlashmalar, hayriya jamg’armalari shaklida, hamda qonun tomonidan ko’zda tutilgan boshqa shakllarda tashkil qilinishlari mumkin. Notijorat tashkilotlari tadbirkorlik faoliyatini faqat o’zlari tashkil qilinishlari maqsadlariga erishishga xizmat qiluvchi va ushbu maqsadlarga mos kiluvchi miqdorda amalga oshirishlari mumkin.
Tashkilotlar aniq tashkiliy–huquqiy sherikliklarining ba’zi bir xususiyatlari, ularni tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi quydagilardan iboratdir.
To’liqo’rtoqlik - o’rtoqlik ishtirokchilari (to’liq o’rtoqlar) ular o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq o’rtoqlik nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadilar va uning majburiyatlari bo’yicha o’zlariga tegishli bo’lgan mulk bilan javob beradilar.
Shaxs faqat bitta to’liq o’rtoqlikning ishtirokchisi bo’lishi mumkin.
To’liq o’rtoqlik firmasining nomi yoki uning barcha ishtirokchilarining ismlari (nomlari) va “to’liq o’rtoqlik” so’ziga, yoki bitta yoki bir necha ishtirokchilarning ismi(nomi)ga va “kompaniya” va “to’liq o’rtoqlik” so’zlarini qo’shilishiga ega bo’lishi kerak.
Ishonchdagi o’rtoqlik (kommanditli o’rtoqlik) - bu o’rtoqlik nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va o’rtoqlik majburiyatlari bo’yicha o’z mulklari bilan javob beruvchi ishtirokchilar (to’liq o’rtoqlar) dan tashqari , o’zlari tomonidan kiritilgan kiritmalari summasi doirasida o’rtoqlik faoliyati bilan bog’liq zarar ko’rish xatariga ega va o’rtoqlik tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha kiritma kirituvchi ishtirokchilar (kommandititlar) mavjud bo’ladi.
Ma’suliyati cheklangan jamiyat – bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta’sis etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlari tomonidan ma’lum ulushlarda taqsimlangan. Ma’suliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar va o’zlari tomonidan kiritilgan kiritmalari qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog’liq zarar ko’rish xatariga ega bo’ladilar.
Jamiyatning to’liq bo’lmagan kiritmalarini kiritgan ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha ishtirokchilardan har biri ulushining to’lanmagan qismi qiymati doirasida birgalikdagi javobgarlikka egalar.
Qo’shimcha ma’suliyatga ega jamiyat - bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta’sis etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlari tomonidan ma’lum miqdorlardigi ulushlarga taqsimlangan. Bunday jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha o’z mulklari bilan hamma uchun bir xil miqdordagi jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilangan ularning kiritmalarining karrali qiymatidagi birgalikdagi subsidiyali javobgarlikka egalar. Bitta ishtirokchini bankrot bo’lishida uning jamiyat majburiyatlari bo’yicha javobgarligi, agar jamiyat hujjatlari tomonidan javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi ko’zda tutilmagan bo’lsa, qolgan ishtirochilar o’rtasida ularning kiritmalariga mutonosib ravishda tasdiqlanadi.
Aktsiyadorlik(hissadorlik)jamiyati - nizom sarmoyasi aktsiyalarning ma’lum soniga taqsimlangan jamiyat. Aktsiyadorlik jamiyati ishtirokchilari (aktsiyadorlar) uning majburiyati bo’yicha javob bermaydilar va o’zlariga tegishli bo’lgan aktsiyalar qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog’lik zarar ko’rish xatariga egalar.
Aktsiyalarga to’liq haq to’lamagan aktsiyadorlar aktsiyadorlik jamiyatining majburiyatlari bo’yicha o’zlariga tegishli bo’lgan aktsiyalarning haq to’lanmagan qismi doirasidagi birgalikdagi javobgarlikka egalar.
Jamiyatning firma nomi uning nizomi va jamiyat aktsiyadorlik ekanligining ko’rsatilishiga ega bo’lishi kerak.
Ishtirokchilari o’zlariga tegishli bo’lgan aktsiyalarni boshqa aktsiyadorlarning roziligisiz tortib olishlari mumkin bo’lgan aktsiyadorlik jamiyati ochiq aktsiyadorlik jamiyati deb ataladi. Bunday jamiyat o’zi tomonidan chiqarilgan aktsiyalarga ochiq obunani o’tkazishi va ularni qonun va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan belgilangan shartlarda erkin sotishi mumkin.
Aktsiyalar faqat uni ta’sischilari yoki boshqa shaxslarning oldindan beogilangan doirasi orasida taqsimlanadigan aktsiyadorlik jamiyati yopiq deb tan olinadi. U o’zi tomonidan chiqarilgan aktsiyalarga ochiq obunani o’tkazish yoki ularni shaxslarning cheklanmagan doirasiga xarid qilish uchun boshqa tartibda taklif qilish huquqiga ega emas. Yopiq aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlari ushbu jamiyatning boshqa aktsiyadorlari tomonidan sotilayotgan aktsiyalarni xarid qilishning afzallik huquqiga egalar. Yopiq aktsiyadorlik jamiyati ishtirochilarining soni aktsiyadorlak jamiyatlari haqidagi qonun tomonidan ma’lum sondan oshib ketmasligi kerak, aks xolda u bir yil davomida ochiq aktsionerlik jamiyatiga o’zgartirilishi, bu muddat o’tgach, sud tartibida tugatilishi kerak.
Sho’ba va bog’liq jamiyatlar. Xo’jalik jamiyati, agar boshqa (asosiy) xo’jalik jamiyati yoki o’rtoqlik uning nizom sarmoyasidagi ustivor ishtiroki sababli yoki ular orasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yoki boshqa tartibda bunday jamiyat tomonidan qabul qilinadigan qarorni belgilab berish imkoniyatiga ega bo’lsa, sho’’ba jamiyat deb tan olinadi.
SHo’’ba jamiyat asosiy jamiyat (o’rtoqlik)ning qarzlari bo’yicha javob bermaydi.
Ishlabchiqarishkooperativi(arteli) - fuqarolarning o’zlarning shaxsiy mahnatlari va boshqa ishtiroklariga asoslangan birgalikdagi ishlab chiqarish va boshqa xo’jalik faoliyati (sanoat, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish, ishlarini bajarish, savdo, maishiy xizmatlar va boshqa xizmatlarni ko’rsatish) uchun a’zolik va uning a’zolari(ishtirokchilari)ning mulkiy payli badallarini birlash- tirish asosidagi ixtiyoriy birlashmasidir. Qonun va ishlab chiqarish kooperativining ta’sis hujjatlari tomonidan uning faoliyatida yuridik shaxslarni ham ishtiroq etishi ko’zda tutilishi mumkin. Ishlab chiqarish kooperativi tijorat tashkiloti bo’ladi.
Davlat unitar korxonalari. Unitar korxona deb davlat mulki bo’lgan va korxonaga xo’jalik faoliyatini olib borish yoki operativ boshqarish huquqlarida tegishli bo’lgan, o’ziga biriktirilgan mulkka mulkchilik huquqiga ega bo’lmagan tijorat tashkiloti tan olinadi.
Notijorattashkilotlar - bu o’z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni ko’zlamaydigan yuridik shaxslardir. Bu tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini faqat shuning uchun amalga oshirishlari mumkinki, chunki u ularni tashkil qilish maqsadlariga erishishga xizmat qiladi va ushbu maqsadlarga mos keladi.
Notijorat tashkilotlarga quyidagilar kiradi:
matlubot kooperativi;
ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar);
jamg’armalar (fondlar);
muassasalar;
yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar va ittifoqlar).
Matlubot kooperativi - fuqarolar va yuridik shaxslarning a’zolik asosda ishtirokchilarning mulkiy va boshqa ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida, o’z a’zolarining mulkiy payli badallarini birlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladigan ixtiyoriy birlashuvidir.
Ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar) - fuqarolarning ma’naviy va boshqa nomoddiy extiyojlarini qanoatlantirish uchun ularning manfaatlarning umumiyligi asosidagi ixtiyoriy birlashishidir.
Ijtimoiy va diniy tashkilotlar notijorat tashkilotlar bo’ladilar. Ular faqat o’zlarini tashkil qilinganliklari maqsadlariga erishishi va ushbu maqsadlarga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga egalar.
Jamg’arma(fond) - a’zolikka ega bo’lmagan notijorat tashkiloti, u fuqoralar va(yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar asosida ta’sis etiladi va ijtimoiy, hayriya, madaniy, ta’lim yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko’zlaydi.
Muassasa – mulk egasi tomonidan boshqaruv, ijtimoiy–madaniy yoki boshqa notijorat xarakteridagi vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan va u tomonidan to’liq yoki qisman moliyalashtiriladigan tashkilotdir.
Yuridikshaxslarbirlashmalari (assotsiyatsiyalar, uyushmalar). Tijorat tashkilotlari o’zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, hamda umumiy mulkiy manfaatlarini taqdim etish va himoyalash maqsadida o’zaro shartnoma bo’yicha notijorat tashkilotlari bo’lgan assotsiyatsiyalar yoki uyushmalar ko’rinishidagi birlashmalarni tashkil qilishlari mumkin. Bunda qandaydir vazifalarni birgalikda bajarishdagi tashkilotlarni muvofiqlashuvi va muvofiq o’zaro harakati va tashkilotlar faoliyatini taqsimlanishi ta’minlanishi kerak.
Kartel - bu, qoidaga ko’ra, bitta soha firmalarini birlashishi , ular ko’proq birgalikdagi tijorat faoliyati- sotishni tartibga solishga tegishli bo’lgan bitimga kiradilar. Amalda kartel odatda tovarlarning navlari, ularni ishlab chiqarish hajmlarini belgilagan holda, bu faoliyat doirasidan tashqariga chiqadi. Kartel uchun ishtirokchilarning o’z tashkilotlaridagi mulkchilik huquqlarini saqlanib qolishi va shuning bilan ta’minlanadigan xo’jalik va yuridik mustaqillik, mahsulotlarni sotish bo’yicha birgalikdagi faoliyat xosdir, keyingisi ularning ishlab chiqarishlariga ham cheklangan darajada tarqalishi mumkin.