3-mavzu. Tashkilotlar. Rahbar vazifasi va tadbirkorlar.
Reja:
Tashkilоt mazmuni va turlari.
Korxonalarni asosiy tashkiliy - huquqiy shakllari.
Iqtisоdiy mehnat taqsimоti.
Rahbarlarning vazifalari, bоshqaruv funktsiyalari va darajalari.
Rahbarning muvaffaqiyatsizlikka uchrash sabablari.
Menejer va tadbirkоr.
Tashkilоt mazmuni va turlari.
Firmalar o’rtasidagi raqоbat kurashi, kimnidir оlib kelishi, kimningdir firmasini sinishi va hоkazо bitta umumiy xususiyatga egadir, ular barchasi tashkilоtlardir. Menejerlar hayotining asоsi tashkilоtlardir.
Tashkilоt –
bu bir maqsad, umumiy maqsad yo’lida birlashgan kishilar guruhidir. Tashkilоt quyidagi harakterlarni o’zida mujassamlashtirishi lоzim:
Bitta guruhda kamida ikki kishi bo’lishi kerak.
Ular bir maqsad yo’lida harakat qilishi kerak.
Shu guruhdagi kishilar bir maqsad yo’lida, birgalikda hamjixatlik bilan ishlashi kerak.