3-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi. Reja



Download 151,58 Kb.
bet23/37
Sana21.06.2022
Hajmi151,58 Kb.
#687101
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
3-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va mahnaviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi. 5c5694e6c6c2705a534e68e3355ec181

Insonning kelib chiqishi haqidagi birinchi yondashuv insonning paydo bo’lishiga olib kelgan tabiatning qonuniy rivojlanishi g’oyasidan kelib chiqadi. Bunda inson jonsiz, keyinchalik esa – jonli moddaning tabiiy evolyusiyasi mahsuli sifatida qaraladi. Mazkur konsepsiya 1859 yilda inson kelib chiqishining tabiiy-ilmiy talqiniga asos bo’lgan CH.Darvinning «Hayvon va o’simlik turlarining kelib chiqishi haqida» deb nomlangan mashhur asarini e’lon qilgan evolyusion nazariyasiga tayanadi va hozirgi vaqtda molekulyar biologiya va gen injeneriyasi sohasida erishilgan eng so’nggi yutuqlar ta’sirida o’z shakl-shamoyilini sezilarli darajada o’zgartirib, aksariyat olimlar uchun ularning ilmiy faoliyatida o’ziga xos dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda.
YAna shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, insonda nafaqat o’ta rivojlangan tirik jonzotlar, balki o’ta sodda mavjudotlar bilan ham kuchli genetik o’xshashlik mavjud. Xususan, shimpanze bilan bunday o’xshashlik 98% ni, kalamush bilan – 80% ni va hatto banan bilan – 50% ni tashkil etadi.
Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, «tabiiy» yondashuv tarafdorlari inson kelib chiqishining dunyoviy konsepsiyasiga ham (masalan, darvinchilar bilan bog’liq holda bo’lganidek), kosmik konsepsiyasiga ham tayanishlari mumkin.
Ikkinchi yondashuv insonga, Xudo yoki kosmik Aql mehnatining mahsuli sifatida qarab, uni g’ayritabiiy asosdan keltirib chiqaradi. Garchi bu konsepsiya isbotlanganlik jihatidan birinchi ta’limotga hozirgi zamon tabiatshunosligi nuqtai nazaridan yon bersa-da, lekin falsafiy nuqtai nazardan u insonning tabiiy-ilmiy kelib chiqishi konsepsiyasi kabi mavjudlik huquqiga egadir, zero birinchi yondashuv ham, ikkinchi yondashuv ham oqilona asoslangan va uzil-kesil dalil-isbotlar keltirmaydi.
Insonga fan nuqtai nazaridan yondashuv. Tabiat haqida bilimlar to’planishi va ularning rivojlanishiga qarab, odamzotning o’z-o’ziga bo’lgan qiziqishi ham kuchayib bordi, inson borlig’ining bu sohadagi tadqiqotlar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratuvchi yangi va yangi o’ziga xos xususiyatlari aniqlandi. Odatda, jamiyat hayotida tarixan qisqa vaqt ichida jiddiy va teran o’zgarishlar yuz bergan, insoniy munosabatlar negizini tashkil etuvchi eskicha tasavvurlar va qarashlar ta’sirida butunlay o’zgargan davrlarda insonga bo’lgan falsafiy qiziqish ayniqsa kuchaygan. Bunday davrlarda falsafada insonning mohiyati, uning burchi, vazifasi va yuz berayotgan voqealar uchun javobgarligi haqidagi azaliy masalalarga bo’lgan qiziqish yana kuchaygan. SHunday qilib, falsafaning ontologiya, gnoseologiya, etika, estetika kabi bo’limlari bilan bir qatorda, inson haqidagi bilimlar sohasi asta-sekin shakllanib bordi. Bu erda inson nafaqat turli tomonlardan tahlil qilindi, balki uning ijtimoiy, tabiiy va kosmik jarayonlar bilan o’zaro aloqalari ham o’rganildi.
Xo’sh, bilimning bu sohasida asrlar mobaynida qanday ijobiy bilimlar to’plangan? Insonni tushunish borasida taraqqiyotga erishildimi? Falsafa va fan sohasida erishilgan insonning mohiyatini tavsiflovchi, uning muhim xususiyatlarini yoritib beruvchi qanday shak-shubhasiz yutuqlarni qayd etish mumkin?
Insonni bilish borasidagi ko’p asrlik sa’y-harakatlarni bir erga jamlab, ularning orasidan uzil-kesil echilgan deb hisoblash mumkin bo’lganlarini ajratib olsak, shak-shubhasiz yutuqlar soni uncha ko’p bo’lmaydi. Ular orasida avvalo shu dalilni qayd etish lozimki, insonning paydo bo’lishi Erda hayotning rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’lib, u o’z ibtidosi va muayyan tarixiga egadir. Xususan, 1982 yil Vatikandagi Rim Papasi fanlar akademiyasi tashkil etgan kongress ishtirokchilari – dunyoga mashhur antropologlar, bioximiklar va genetiklar hozirgi zamon tabiatshunosligiga tayanib, inson va hayvonot dunyosi o’rtasida yaqin aloqa mavjud, degan umumiy xulosaga keldilar.
Inson va uni qurshagan dunyo tadrijiy rivojlanishini isbotlangan deb hisoblash mumkin. Bu nafaqat arxeologiya va Er geologik tarixi bilan tasdiqlanadi, balki Erdagi hayotga doir hozirgi tasavvurlardan va umumiy e’tirof etilgan «kengayib boruvchi Olam» nazariyasi tushuntiradigan dunyodagi evolyusion jarayonlardan ham kelib chiqadi.
Biroq fan, ayniqsa genetika ba’zan bizning avvalgi tasavvurlarimizni butunlay o’zgartiradigan yangi kashfiyotlar qilishda davom etmoqda. Xususan, jonli mavjudotlarning biologik nusxalarini yaratish imkoniyatini beruvchi klonlash ketidan genetiklar, shov-shuvga sabab bo’lgan eng so’nggi xabarlarga ko’ra, qadimgi faylasuflarning ilgari faqat odatdagi tajribaga tayangan o’lmaydigan odam yo’qligi haqidagi taxminiy (induktiv) xulosani jiddiy shubha ostida qoldirishga qodir natijaga yaqinlashdilar. Jumladan, italyan olimlari sut emizuvchilarning qarish jarayonini P66SHC sifatida ma’lum bo’lgan alohida gen boshqarishini aniqladilar. Ular mazkur genni «nazorat osti»ga olish va shu tariqa sinalayotgan hayvonlar umrini populyasiya bo’yicha umrning o’rtacha uzunlik ko’rsatkichiga nisbatan 35% ga uzaytirishga muvaffaq bo’ldilar.
SHunga qaramay, bugungi kunda jismoniy umrboqiylik ilmiy nuqtai nazardan biologiyaning fundamental qonunlariga zid hisoblanadi. Bu qonunlarga muvofiq hujayralarning bo’linish yo’li bilan ko’payish qobiliyatining susayib borishi inson hayotini cheklaydi. Xususan, insonning etuk organizmi taxminan 50 000 milliard hujayradan iborat ekanligi aniqlangan. «Odamda uning umri mobaynida bir hujayra avlodida ketma-ket bo’linishlar soni elliktagacha bo’ladi. Bo’linish jarayonlari maromini hisobga olganda, shuni taxmin qilish mumkinki, inson umrining uzunligi (ba’zi bir istisno hollardan tashqari) 110 yoshdan oshishi mumkin emas»1.
Biroq fan bir joyda to’xtab turgani yo’q va shu bois matbuotda vaqti-vaqti bilan paydo bo’layotgan genetik olimlarning hujayra qarishini to’xtatadigan moddani topish, shuningdek organizmda mazkur moddaning ajralishini boshqaradigan genni aniqlash borasidagi urinishlari haqidagi xabarlar o’ziga jiddiy e’tibor berishni talab qiladi.
Inson nima va uning mohiyati qanday degan savollarga javob topish uchun yo’l ochadigan ba’zi bir muhim muammolarning ta’riflanishini ham ilmiy tadqiqotlarning shak-shubhasiz natijasi deb hisoblash lozim. Ularning eng muhimi – insonning kelib chiqishi, shuningdek ong, til, ijod, axloq, ma’naviyat va shu kabilarning tabiatini aniqlashdir.

Download 151,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish