13
qayta sug‘urtalash kabi sug‘urta shartnomalar sonini ko‘paytirish, sug‘urta
mukofotlarining yanada past umumiy sathiga erishish.
demak ularni oddiy yoki
bevosita sug‘urtalovchi talab qilgandan ko‘ra ularni pastroq narxlarda
ramiylashtirish;
soliqqa tortish rejimini qulay bo‘lgan hududlarda keptiv firmalarni tashkil
qilish.
Barcha bevosita sug‘urtalovchilar o‘zlarida ko‘p risklarning ma’lum ulushini
qoldirib, pul mablag‘lari etishmasligi sababli qoplash iloji bo‘lmagan qismini qayta
sug‘urtalaydi. To‘g‘ri yoki tijorat
bozorida faoliyat olib borib, sug‘urtalovchi
vositachi xizmatlar va bozor kon’yukturasining tadqiq qilinishi bilan bog‘liq
xarajatlarni o‘z zimmasiga olishi lozim. Qayta sug‘urtalash bilan bog‘liq sof
xarajatlar bevosita sug‘urta xarajatlariga nisbatan ancha past. Arzonroq bozorga
kirib borish imkoniyatiga ega bo‘lib, qayta sug‘urtalash risklarning ma’lum qismini
ushlab turib, keptiv firma bir guruh kompaniya o‘z-o‘zini sug‘urtalashda
foyda
keltirish mumkin. Keptiv firmaga to‘lanadigan sug‘urta mukofotlari korporativ soliq
to‘langanda xarajatlar tarkibida odatda hisobga olinadi. Ammo AQSHda soliq
ma’muriyat agar firma ta’sis kompaniyaning tashqarisida sug‘urtalashni olib
bormasa sug‘urta mukofotini tan olmaydi.
Bu o‘zaro fondlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. unda shu’ba keptiv
jamiyatlar o‘rtasida «risklar almashinadi».
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16-bobi
xususiy mulkka
bag‘ishlangan bo‘lib, uning 207-moddasida «xususiy mulk huquqi shaxsning qonun
hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish,
undan
foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir», deb ko‘rsatilgan. Sug‘urta tashkilotlari
xususiy mulk shaklida ham tashkil etilishi mumkin. SHuningdek sug‘urta tashkiloti
mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida ham tashkil
etiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat deganda bir yoki bir necha shaxs tomonidan
ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga
bo‘lingan xo‘jalik jamiyati tushuniladi. Bu haqda O‘zbekiston
Respublikasining
«Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi
Qonunining 3-moddasida alohida qayd etilgan. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning
ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat
faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan
hissalar qiymati doirasida
javobgar bo‘ladilar.
Biz yuqorida sug‘urta tashkiloti qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida ham
barpo etilishi mumkin, deb ta’kidlagan edik. Bir yoki bir necha shaxs tomonidan
ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga
bo‘lingan xo‘jalik jamiyati qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat hisoblanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tuzilgan
sug‘urta tashkilotining ishtirokchilari bo‘ladi. Davlat
hokimiyati va boshqaruv
organlarining mansabdor shaxslari mas’uliyati cheklangan jamiyatning
ishtirokchilari bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: