12
Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashining tarkibi va sonini aniqlash, uning
a’zolari va raisini saylash;
E’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
Sug‘urta tashkilotining ustav kapitalini ko‘paytirish;
Sug‘urta tashkilotining auditorini tasdiqlash;
Shunisi diqqatga sazovorki, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bir yilda
kamida bir marta chaqiriladi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi unda
qatnashayotgan aksiyadorlar yoki ularning vakillarining kamida 60 foiz ovozga ega
bo‘lsa, vakolatli deb hisoblanadi.
Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashi aksiyadorlar orasidan saylanib, ular
umumiy yig‘ilish orlag‘ida aksiyadorlarning manfaatlarini himoya etadi.
Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashi quyidagi huquqlarga ega:
Sug‘urta tashkilotining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibini belgilaydi;
Obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtiradi;
Sug‘urta tashkiloti filiallari va vakolatxonalarini tashkil etadi va tugatadi.
Yirik kompaniyalar firma boshqarishida ishtirok etishni xohlamagan ko‘p
kishilarning kaptalini jalb qiladi. Bu ishni kompaniyalarga o‘z mablag‘larini
kiritishni hoxlagan shaxslar bajaradi. Bunday holatda ular aksiyalarni sotib oladi
va aksiyadoralar sifatida komipanya egalari bo‘lib qoladi
2
.
Ular direktorlar kengashini sayladi. Direktorlar kengashi kompaniyani
boshqaradi va aksiyalar egalari oldida hisobot beradi. Kompaniya – bu yuridik
shaxs hisoblanib, qonuniy maqomga ega.
Aksiyadorlarni kompaniya qarzlari uchun javobgarlikka tortish mumkin
jemas. Agar ish baroridan kelmasa kompaniya inqiroozga uchrashishi mumkin
va aksiyalar qiymati tushib ketadi. Bu esa aksiyadorlarning maksimal
yo‘qotishi hisoblanadi. Ular cheklangan mas’uliyatga ega. Buyuk Britaniya
iqtisodiyotinging xususiy sektoridaga aksariyat yirik kompaniyalar jamiyati
cheklangan jeamiyat hisoblanadi. Shu bilan birga hayot sug‘urtasi bilan o‘zaro
jamiyatlar ham shug‘ullanadi.
Keptiv sug‘urta - bu risklarni o‘tkazish usuli bo‘lib, keyingi yillarda yirik milliy
va xalqaro sanoat kompaniyalarda qo‘llanilib kelinmoqda. Ta’sischi kompaniya
o‘zining sug‘urta va ba’zida sug‘urtaga aloqasi bo‘lmagan risklarni o‘tkazish uchun
shu’ba korxonani tashkil qiladi. Amalda esa juda ko‘p sanoat korxonalar uchun
bunday firmalarni tashkil qilish uchun bir qator sabablar mavjud edi. Chunki
sug‘urta bozori o‘ziga xos bo‘lmagan risklarni sug‘urtalashga yoki ularni to‘liq
qoplashga (masalan, tovar ishlab chiqaruvchilarni maxsulot sifati uchun
javobgarligini sug‘urtalash) tayyor emas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: