3-mavzu. Sotsiolingvistika. Psixolingvistika Reja



Download 36,6 Kb.
bet2/8
Sana21.04.2022
Hajmi36,6 Kb.
#570283
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-ma\'ruza

Tayanch tushunchalar: til va jamiyat, sotsiolingvistika tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo‘lgan ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan sohasi sifatida. Psixolingvistikaning obyekti va predmeti. Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari: inson omili, vaziyat omili, eksperiment tamoyili. Tushunchaviy-terminologik apparati. Psixolingvistika psixologik fan sifatida. Psixolingvistika va tilshunoslik. Nutqiy faoliyat bir tomondan tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lsa, ikkinchi tomonidan psixologiyaning ham tekshirish predmeti sanaladi. Demak, tilshunoslik bilan psixologiyaning ham kesishish nuqtasi mavjuddir. Ikki fan oraligidagi kesishish nuqtasi psixolingvistikaning o‘rganish obyekti sanaladi. Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi. Til va madaniyat qiyosiga yondashuvning turlari, Til va etnik tegishlilik, E. Sepir va B. Uorfning lisoniy nisbat to‘g‘risidagi farazi, K.Fossler – estetik idealizmning yorqin vakili, F.Sossyur – tilshunoslikda sotsiologik maktab va struktur tilshunoslikning asoschisi,


1. Sotsiolingvistika fani
Bugungi kunda fan sohalari orasidagi chegara ancha nisbiy xarakter kasb etmoqda. Bunday fanlarga sotsiologiya va tilshunoslik fanlarining tutash nuqtasida rivojlanayotgan sotsiolingvistika misol bo‘la oladi. Sotsiolingvistika tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo‘lgan ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan sohasidir. Ijtimoiy sharoitlar deganda, amaldagi til rivojlanayotgan tashqi shart-sharoitlar majmui: mazkur tildan foydalanayotgan kishilar jamiyati, bu jamiyatning ijtimoiy strukturasi, til egalarining yoshi, ijtimoiy mavqyeyi, madaniyat va bilim darajasi, yashash joyi orasidagi farqlari, shuningdek, ularning muloqot vaziyatiga bog‘liq bo‘lgan nutqiy muomalasidagi farqlar tushuniladi. Demak, sotsiolingvistika tilning jamiyat hayotidagi roli, uning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy funksiya (vazifa)lari, ijtimoiy omillarning tilga bo‘lgan ta'sir mexanizmi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadigan tilshunoslik sohasidir.
“Sof” lingvistika lisoniy belgilarni, chunonchi, tovush va uning yozma ifodasini, uning boshqa belgilar bilan o‘zaro munosabatini, vaqt va zamonda o‘zgarishini va h. tahlil qilish bilan shug‘ullansa, sotsiolingvistika insonlar mazkur lisoniy belgilarni ularning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, bilimi va madaniyatlilik darajasiga ko‘ra qanday qo‘llashlarini, ya'ni ijtimoiy muhitning ularning nutqiy muomalasiga qanday ta'sir qilishini o‘rganadi. Masalan, “sof” lingvistikada tomi ketmoq ifodasi ot va fe'ldan tarkib topgan frazeologik birlik sifatida talqin qilinsa, sotsiolingvistikani mazkur ibora qaysi tabaqa vakilining so‘zlashuv nutqida qo‘llanilgani qiziqtiradi.
Xullas, sotsiolingvistikaning tilga nisbatan o‘ziga xos yondashuvini va uning “sof” lingvistikadan farqini tushunish uchun sotsiolingvistikaning manbalarini ko‘rib chiqish, uning tilshunoslikning boshqa yo‘nalishlari orasidagi mavqyeyini belgilash, uning obyekti va asosiy tushunchalarini, u shug‘ullanadigan masalalarni aniqlab olish lozim bo‘ladi.



Download 36,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish