3-mavzu. Sotsiolingvistika. Psixolingvistika Reja


Sotsiolingvistikaning predmeti



Download 36,6 Kb.
bet5/8
Sana21.04.2022
Hajmi36,6 Kb.
#570283
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-ma\'ruza

5. Sotsiolingvistikaning predmeti
Sotsiolingvistikaning predmetini belgilashda nemis sotsiolingvistlari quyidagi fikrlarni bildirishgan. Jumladan, A.N.Dittmar sotsiolingvistikaning predmetini shunday izohlagan: “Sotsiolingvistika predmetini tilshunoslik va ijtimoiy fanlarning metodlaridan foydalanib: kim kim bilan qaysi tilda, qanday ijtimoiy muhitda va qanday maqsadda gaplashyapti, nutq aktining oqibati qanday bo‘ladi? Degan qator savollarga javob beruvchi tarzda tushuntirish mumkin”. D.Vanderlix sotsiolingvistikada alohida kommunikativ jarayonlarning ichida bevosita kuzatiladigan turli omillarning o‘zaro aloqasini tadqiq etilishi, ya'ni jamiyatning ijtimoiy differensiatsiyasining qandaydir asos sifatida o‘rganilishini, uni nutqiy muomalaning rol, vaziyat va mavzu turlariga ajraladigan sotsiologik o‘lchovlari bilan bog‘lanishini istiqbolli yondashuvlardan biri deb hisoblagan.
Amerika sotsiolingvistikasining tadqiqotchisi S.M.Ervin-Tripp kommunikatsiya jarayonidagi partner (muloqot ishtirokchilari)ning verbal muomalasiga sotsiolingvistikaning asosiy predmeti sifatida qaraydi: “Sotsiolingvistika ishtirokchilarning holatga, mavzuga, o‘zaro ta'sir funksiyalariga, shakl va baholarga ko‘ra verbal muomalasi bilan ish ko‘radi. Mazkur ta'rifning markazi verbal muomala (so‘zlashuv va uning muqobillari) hisoblanadi. Bu o‘rinda sistemani to‘liq tavsiflash uchun lingvistik belgilarning funksional muqobillari sanalgan ishoralar va tasvirlarni ham kiritish lozim bo‘ladi. Biroq verbal muomala yuqori darajadagi to‘liq sistema sifatida o‘zini har joyda namoyon qiladi. shunga ko‘ra, uni qulay boshlang‘iya nuqta deyish mumkin”.
Buyuk Britaniya sotsiolingvistikasining predmeti, asosan, turli qatlamlar va sinflarning til qo‘llashini o‘rganish bilan cheklanadi. Binobarin, “til to‘siqlari”, “yoyiq va yig‘iq kod”, “kompensatsiyali ta'lim” kabi masalalar keng tadqiq etiladi. Mazkur muammolar sotsiolingvistik xususiyatga ega bo‘lsa-da, hodisalarning asl mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liq.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, sotsiolingvistikaning predmetini qisqacha “inson va jamiyat”, deb belgilash mumkin.



Download 36,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish