geliotexnika deb ataladi.
Quyoshning nurlanish energiyani o‘zgartirishi ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:
- fotoelektr o‘zgartirish – quyoshning nurlanish energiyani bevosita foto- va
termoo‘zgartirgichlar asosida elektrenergiyaga o‘zgartirishdir;
- termodinamik o‘zgartirish - quyoshning nurlanish energiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri issiqlik
energiyaga o‘zgartirishdir.
O‘zbekistonning geografik o‘rni quyosh energiyaning katta potensiali borligini ifodalaydi.
Respublikaning turli xil regionlarda quyosh yog‘dusining bir yillikning davomiyligi 2413
soatdan to 3045 soatgacha, radiasion balansi esa 1718 dan to 2722 MDj/m
2
gacha tashkil etadi.
3.9-rasm: Quyoshning nurlanish energiyani o‘zgartirish va ular asosidagi qurilmalar
Quyosh energiyaning umumiy potensiali 50973 mln. t n.e. hajmda baholanadi, bu esa
respublika xududidagi aniqlangan barcha qayta tiqlanadigan energiya manbalarning umumiy
Quyoshning nurlanish energiyasi
Energiyani issiqlik о‘zgartirish, nurlanish, konveksiya,
issiqlik о‘tkazuvchanlik
Energiyani fotoelektr о‘zgartirish
Past temperaturali
quyosh qurilmalari
Yuqori temperaturali
quyosh qurilmalari
Quyosh fotoelement, batareya,
akkumulyatorlar
Quyosh issiq xona, quritg‘ich,
chuchuklashtirgich, quyosh hovuzlar
Quyosh isitish,
issiq suv va sovuq ta’minoti tizimlari
Quyosh suv va havo
qizdirgichlar
Quyosh konsentrator,
uchoq va qozonlar
Quyosh bug‘ generator,
elektrostansilar
potensialidan 99,9% ni tashqil etadi. Bu potensiali respublika mintaqalari bo‘yicha notekis
taqsimlangan: Qoraqalpog‘iston respublikasi eng katta potensialiga ega (19548 mln. tn.e.), eng
kam – Andijon viloyat (129 mln. t n.e.).
Quyosh energiyaning texnikaviy potensiali 176,8 mln. t n.e. hajmda baholanadi yoki
O‘zbekistondagi KTEMning umumiy texnikaviy potensialidan 98,6% ni tashkil etadi.
Respublikada quyosh energiyasidan foydalanishning asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan
iborat:
- fotoelektr o‘zgartirgichlar yordamida quyosh nurlanishni bevosita elektr energiyaga
o‘zgartirish;
- quyosh energiyani past potensialli issiqlikka (isitish va issik suv ta’minoti, havoni
mutadilash, quritish jarayonlar uchun) yoki yuqori potensialli issiqlikka (texnologik jarayonlar
va elektroenergiyani ishlab chiqarish uchun) o‘zgartirish.
Nazorat savollari:
1. Quyosh radiyatsiyasi deb nimaga aytiladi?
2.Insolyatsiya deb nimaga aytiladi?
3.Sutkalik insolyatsiya deb nimaga aytiladi?
4. Aktinometriya deb nimaga aytiladi?