3-mavzu Psixologiya tarmoqlari va psixolog kasbiy faoliyati



Download 86,06 Kb.
bet6/22
Sana07.03.2022
Hajmi86,06 Kb.
#485934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
3-mavzu

Birinchi yo‘nalishda har bir tibbiyot xodimining psixologik ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirish uchun muayyan ishlar olib boriladi. Shuningdek, xodimlarga psixologiyaning nazariy va amaliy yo‘nalishlari bo‘yicha tushunchalar berib boriladi. Ayniqsa, har bir tibbiyot xodimining psixologik kompitentligini oshirishga xizmat qiluvchi tizimli va muntazam ravishda tadbirlar o‘tkazib boriladi. Qolaversa, vaqti-vaqti bilan har bir xodimni yangi zamonaviy psixologik metodikalar va ularni amaliyotda qo‘llash tartiblari bilan tanishtirib boriladi.
Ikkinchi yo‘nalishda bemorlarning individual-psixologik imkoniyatlarini o‘rganish va uni korreksiyalash amaliyotini qo‘llash orqali ularga psixologik xizmat ko‘rsatiladi. Bunda har bir bemorga alohida ta’sir etishning optimal yo‘llari ko‘rsatib boriladi.
Uchinchi yo‘nalishda esa bugungi tibbiyot psixologiyasining eng yangi yutuqlaridan foydalangan holda psixologik xizmat amaliyoti uchun zarur bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi. Bu yo‘nalishga ko‘proq magistrlar, klinik ordinatorlar, ilmiy xodimlar hamda barcha mutaxassisliklardagi doktorantlar bevosita ishtirok etishlari va o‘zlarining amaliy – tatbiqiy ishlarini olib borishlari mumkin. Bugungi tibbiyot muassasalari uchun mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha talaygina ishlar qilinmoqda. Jumladan, sog‘liqni saqlash tizimida psixo-diagnostika maxoratini oshirishga qaratilgan qo‘llanmalar ham chop etilmoqda. Bu borada psixolog olim, vrach E.M. Muxtorovning “Vrach kasbiy mahorati va psixodiagnostika samaradorligi” nomli monografiyasida (Toshkent, 2016- yil) qayd etilgan ko‘rsatmalarga tayanish mumkin. Unga ko‘ra, psixodiagnostika mahorati o‘rganilayotgan ob’ekt-bemorning xastaligi etiologiyasi, kechishi, terapiyasi va profilaktikasi bilan bog‘lik psixik jarayon va xodisalar to‘g‘risida vrach yetarli bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi taqozo qilinadi.
Vrachlik amaliyotida psixodiagnostikannng ob’ektlari shaxsda kasallik keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan, kasallikning kelib chiqishiga ko‘maklashadigan kasallikning kechishini og‘irlashtiradigan, kasallikning surunkali shaklga o‘tishiga sabab bo‘ladigan psixologik xususiyatlar hamda xulq-atvordagi o‘ziga xosliklar hisobga olinadi.
Hozirgi zamon medisinasi inson xastaliklarining ko‘pchiligi psixosomatik xususiyatga ega ekani to‘g‘risida yetarli dalillarga ega bo‘ldi. Kasalliklarning psixosomatik xususiyatga ega ekani insonning salomatligi o‘z qo‘lida ekanini, xastaliklar uchun asosan o‘zi mas’ul ekanini anglatadi Insoning kasallanishi ham, sog‘ayishi ham ko‘p jihatdan uning o‘ziga bog‘lik ekani ayon bo‘la boshladi.
Inson xarakteridagi qaysi xususiyatlar va qaysi emotsional holatlar qanday kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin ekani to‘g‘risida ko‘p vrachlar, ayni damda psixologlar bosh qotirishdi, hozir ham bosh qotirishmokda. Mazkur yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar yurak qon-tomir kasalliklarining inson xarakteri bilan bog‘likligini aniqlash imkonini berdi. Bu kasalliklar badjahl, jizzaki, havotirlanuvchi va emotsional jihatdan yopik odamlarda ko‘prok yuzaga kelishi aniqlandi2.
Binobarin, tashkil etilgan psixologik xizmat jarayonida kommunikativ kompetentlik vrachning fakatgina muayyan psixologik bilimlarga egaligini emas, shuningdek, unda muayyan ko‘nikmalar: muloqotga oson kirishish, tinglash, bemorlarning noverbal belgilarini tushunish, savollarni aniq va to‘g‘ri qo‘ya olish kabi ko‘nikmalarga egaligini ham taqozo qiladi. Ayni paytda, vrachning o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay bilishi, o‘ziga ishonchi, o‘z xulk- atvorini va emotsiyalarini nazorat qila bilishi ham bemor bilan muloqot jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, bemor har qanday ruhiy holatda bo‘lsa ham, (jaxl, g‘am, xavotirlik. umidsizlik, daxshat kabilar) vrach u bilan muloqotga kirishish yo‘lini topa olishi va kasbiy vazifalarini bajarishga kirisha olishi zarur.
Vrachning bemorlar bilan muloqotga kirishishida yukori samaradorlikni ta’minlashi mumkin bo‘lgan sifatlardan biri empatiya hisoblanadi. Psixologiyaga oid adabiyotlarda bu sifat tuyg‘udoshlik, hamdardlik, bemorning tuyg‘ulariga sheriklik sifatida izohlanadi. Tibbiy psixologiyada empatiyaning bir qator turlari farklanadi: kognitiv empatiya (intellektual jarayonlar - qiyoslash va analogiyaga asoslanadi), emotsional empatiya (aynanlashtirish (identifikatsiya) mehanizmiga asoslanadi), predika­tiv empatiya (intuisiyaga asoslanib, bemor to‘g‘risida bashorat qila olishga asoslanadi). Emotsional tuyg‘udoshlik bemor bilan mustahkam psixologik aloka o‘rnatishga xizmat qiladi va u xaqda, holati, kayfiyati to‘g‘risida to‘larok ma’lumot olish imkoniyatini, shu tufayli vrachning kompetentligiga o‘tkazilayotgan terapiyaning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish uchun yordam beradi.



Download 86,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish