3-mavzu Psixologiya tarmoqlari va psixolog kasbiy faoliyati


Psixokorrreksiya va psixoterapiya



Download 86,06 Kb.
bet20/22
Sana07.03.2022
Hajmi86,06 Kb.
#485934
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
3-mavzu

3.15. Psixokorrreksiya va psixoterapiya.
Psixolog bolalar, o‘quvchilar, talabalarning yosh xususiyatlarini hamda jadal rivojlanishini hisobga oluvchi, ularni psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga butun faoliyatini yo‘naltiradi, ijtimoiy o‘sish talabiga javob beruvchi, umuminsoniy, etnopsixologik xususiyatlar muhitida kamolatga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maqsad deb tanlaydi.
Amaliy psixolog bolalar, o‘quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotdagi, xulq-atvor muomalasidagi nuqsonlar va hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish dasturini ishlab chiqaradi va amaliyotga uni tadbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o‘stirish maqsadida treninglar olib boradi.
Korreksion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedagogik jihati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida o‘tkaziladi va butun mas’uliyat uning zimmasiga tushadi.
Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda hal qilinadi:
a) amaliy psixologning maxsus ishi,
b) mashg‘ulot ayrim bolalar, o‘quvchilar, talabalar guruhiga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘ladi,
v) ota-onalar pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg‘ulotlar olib borish nazarda tutiladi.
Rivojlantiruvchi psixokorreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korreksion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatga yo‘nalganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari hisobga olinishi lozim.
Psixodiagnostik tadqiqotlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:
1. Diagnostika uchun ma’lumotlarni olish. Bunda bola psixik holati va shaxsi xususiyatlari ba’zi belgilarining ko‘rinishlarini o‘rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi. Tadqiqotda olingan ma’lumotlar yordamchi xarakterga ega bo‘lib xulq-atvorining haqiqiy kuzatilgan xususiyatlari, uning psixik funksiyalari, taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda foydalaniladi. Masalan, darsda o‘quvchi diqqatining barqaror emasligi, diqqatini bir joyga to‘plashga qiynalishi, aqliy ish qobiliyatining pastligi, tez chalg‘ishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Lekin xulq-atvorning ko‘rsatilgan belgilari bola xulq-atvori ehtiyojlari va motivlari ierarxiyasining (bosqichma-bosqich) o‘zgarishi natijasi bo‘lishi mumkin. Bunda o‘qituvchi shaxs normal holati ko‘rinishlaridan biriga yoki miya yetishmovchiligining funksional belgilariga duch keladi. Ikkala holatda ham u yoki bu o‘quvchi o‘zlashtirishi va intizomning pasayishi tashqaridan sezilsa-da, psixodiagnostik tadqiqotlarda o‘rganilayotgan o‘zgarishlar manbaalari, rivojlanishi va kelgusida qanday bo‘lishi, psixologik holat belgilari ham o‘rganiladi.
Psixodiagnostik tadqiqotlar bola psixik funksiyalari rivojlanish darajasining, aqliy taraqqiyot darajasi, yosh va ma’lumot bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish uchun ham o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlar bolada ma’lum qiziqishlar, amaliy malakalar va kasb tanlash payti kelganda juda muhimdir.
2. Psixik taraqqiyot o‘zgarishini o‘rganish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash. Agar «ko‘ndalang kesim» metodlari orqali psixodiagnostik tadqiqot ma’lum bosqichda bola psixik taraqqiyoti darajasini, ya’ni psixik funksiyalar rivojlanishi dolzarb zonasi aniqlanadigan bo‘lsa, «uzunasiga kesim» (longityud) psixodiagnostik tadqiqotlarda bola psixik hayoti taraqqiyoti xususiyatlari rivojlanishida, ya’ni ta’lim va tarbiya jarayonida o‘rganiladi.
3. Aqliy zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tufayli psixik kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiagnostik tadqiqotlar maxsus yoki yordamchi maktabda o‘qishi xaqida masala hal bo‘layotganda tibbiy pedagogik hay’at (komissiya) tomonidan foydalanishi mumkin.
4. Bolada paydo bo‘lgan yetarlicha o‘rganilmagan yangi psixik holatlarni tahlil qilish uchun ilmiy maqsadda psixologik tadqiqot o‘tkazish. Vazifa bunday qo‘yilganda, tadqiqotchilarni qiziqtirgan masala bo‘yicha katta guruhlarda tadqiqotlar o‘tkaziladi. U yerda olingan natijalarning statistik ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini tahlil qilib, psixologik xizmat doirasida alohida diagnostik ish, alohida korreksion ish haqida gapirish mumkin emas, degan xulosaga kelish mumkin. Psixologik xizmatda diagnostik-rivojlantiruvchi yo‘nalishlar ishning yagona yo‘nalishlardir. D.B. Elkoninning ta’kidlashicha, bolalarni tanlash uchun, aniqlangan chetlashishlarni tuzatish maqsadida psixik taraqqiyotni nazorat qilishga yo‘naltirilgan maxsus diagnostika zarur. Taraqqiyotda bo‘lishi mumkin bo‘lgan chetlashishlarni ertaroq tuzatish uchun psixik taraqqiyotni nazorat qilish zarur. Amaliyotchi psixolog faqatgina diagnoz qo‘yish bilan cheklanmasdan, keyingi rivojlanish dasturini ishlab chiqadi, o‘zi bergan tavsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi, korreksion va rivojlantiruvchi ishlarni o‘zi ham olib beradi.
Amaliyotchi psixologning diagnostik-korreksion ishi murakkab faoliyat turlaridan biri bo‘lib, maxsus psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Amaliyotchi psixologning diagnostik-korreksion faoliyati murakkab, javobgarlikni talab qilishi bilan birga, kam ishlagandir. Bu jarayon birinchi bo‘lib, tarbiyasi qiyin va normal bolalarni o‘rganishga bag‘ishlangan pedalogik tadqiqotlarda L.S. Vigotskiy tomonidan qo‘llangan. Bu sxema bo‘yicha I.Shvansar shaxs taraqqiyotini diagnostika qilishning bosqichli eksperimental-psixologik nuqtai nazarini taklif etadi.

Download 86,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish