yo‘naltiruvchi funksiyada sabab xodimning xulq-atvorini vaziyatdan xulq-atvor variantlarini tanlashga yo‘naltiradi;
ma’no hosil qiluvchi funksiya, bunda sabab xodimning mazkur xulq-atvoridagi sub’ektiv ahamiyatini belgilab beradi, uning shaxsiy ma’nosini aniqlaydi;
vositali funksiya, bunda sabab ichki va tashqi qo‘zg‘atuvchilar tutashgan joyda vujudga keladi, ularning xulq-atvorga bo‘lgan ta’sirini vositalaydi;
safarbar qiluvchi funksiya, bunda sabab xodim organizmi kuchlarni o‘zi uchun ahamiyatli faoliyat turlarini amalga oshirishga safarbar etadi;
oqlovchi funksiya, bunday holatda shaxsning tashqaridan normalashtiradigan xulq-atvor namunasiga, etaloniga, ijtimoiy va axloqiy normaga munosabati ifodalangan bo‘ladi.
Haqiqiy real sabablar bilan e’lon qilinadigan, oshkora e’tirof etiladigan sabablarning farqiga yetish lozim. Haqiqiy sabablar bular undovchi sabablardir. Ikkinchi sabablar bular mulohazali sabablar bo‘lib, ularning vazifasi o‘zining xulq-atvorini o‘ziga va boshqalarga tushuntirishdir.
Mehnat xulq-atvorini tartibga solish sabab mexanizmini tasniflash
Keyingi o‘n yilliklarda mehnat va iqtisodiyot psixologiyasida ijtimoiy xulq-atvor mexanizmini bilishni birmuncha chuqurlashtirish imkonini beradigan g‘oyalarni ishlab chiqmoqda. Bu jihatdan V.V. Yadovning yondashuvi qiziqarli bo‘lib, u shaxs ijtimoiy xulq-atvorini depozision konsepsiyasini ifodalab bergan edi. Bu yerda insonning murakkab dispozisiyalar tizimini (shaxsiy moyillik) egallashi haqida so‘z boradi. Ular inson xulq-atvorini tartibga soladi. Ular murakkab tuzilishiga ega bo‘lgan qiziqishlar va vaziyatlar tutashgan joyda hosil bo‘ladi. Ehtiyojlar, vaziyatlar va ularga mos keladigan dispoziyalarni to‘rtta darajasi ajratib ko‘rsatiladi:6
eng oddiy vaziyatlarda, maishiy sharoitlarda, maishiy sharoitlarda biologik ehtiyojlarga bog‘liq yo‘l-yo‘riqlar;
odatdagi kundalik sharoitlarda muomalada bo‘lgan ehtiyojlar asosida shakllantiriladigan ijtimoiy yo‘l-yo‘riqlar;
shaxsning muayyan mehnat sohasi yoki dam olish sohasidagi qiziqishlari umumiy yo‘nalishini ta’riflab beradi (bular bazaviy ijtimoiy yo‘l-yo‘riqlar);
shaxsning qadriyatli mo‘ljallar tizimi.
Sabablar tuzilishi juda moslashuvchan va doimiy ravishda o‘zgaruvchandir (to‘g‘rilanib boradi). Mehnat faoliyati jarayonidagi bunday to‘g‘rilanib borish uchun asos sifatida ishlab chiqarish vaziyatining turli tomonlaridan qoniqish hosil qilishda namoyon bo‘ladi. Xodim vaziyatning barcha elementlarini qanchalik qulaylik bilan qabul qilsa, mehnat xulq-atvori sabablari shunchalik to‘g‘rilangan bo‘ladi. Sabablarni o‘rganishning sotsiologik va psixologik darajalarini farqlash o‘rinli hisoblanadi. Psixologik darajada harakatdan olingan maqsadini bilib olish va qaror jarayoni tekshiriladi, butun sabablarni asoslash jarayoni maqsad qo‘yish bilan tugaydi. Sabablar yo‘l- yo‘riqlarini o‘rganishda shuni nazarda tutish kerakki, ularning mazmuni ko‘proq qadriyatlar va normalar mazmunini, avvalo, shaxsiy ehtiyojlar hamda qiziqish yo‘nalishidan ko‘ra, ijtimoiy jihatdan ma’qullangan qadriyatlar va normalar mazmunini aks ettiradi. Bunda sabablar ierarxiyasi qadriyatlar ierarxiyasidan dalolat beradi. Ehtiyojlar va qiziqishlar tuzilishini esa faoliyatning har xil turlariga doir vaqt sarflari aks ettiradi. Turli ijtimoiy guruhlar xodimlari xulq-atvorining sabablari, yo‘l-yo‘riqlari, qadriyatli yo‘nalishlarini, shuningdek, ularning tuzilishini o‘rganish xodim nima sababdan mehnat qilayotganligini aniqlash imkonini beradi. Mehnat faolligiga undovchi ichki sabablarni bilish asosida yaratiladigan rag‘batlar tizimi mehnatga munosabatlarning optimal tipini shakllantirishning asosi hisoblanadi. Jamiyatda amal qilayotgan rag‘batlar tizimi faqat xodimlarning yetakchi ehtiyojlari va qiziqishlarini amalga oshirishga yordam bergandagina samarali bo‘ladi. Mehnat motivatsiyaning ichki undovchi kuchlarini shakllantirish mehnat faoliyati sababini asoslash jarayonining mohiyatidir. Sabab omillari sifatida sababning asosi yoki shart-sharoitlarni aytish mumkin. Ular sababining mazmunli tomonini, uning asosiy belgilari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |