3-mavzu Psixologiya tarmoqlari va psixolog kasbiy faoliyati


Huquqiy sohasida psixologik faoliyat



Download 86,06 Kb.
bet16/22
Sana07.03.2022
Hajmi86,06 Kb.
#485934
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
3-mavzu

3.10. Huquqiy sohasida psixologik faoliyat.
Bugungi kunda barcha tizimlarda bo‘lgani kabi ichki ishlar tizimida ham psixologik xizmat amaliyoti joriy qilingan. Bunda ichki ishlar idoralarida faoliyat yurituvchi xodimlarning ruhiy holati, individual xususiyatlari, stress holatiga moyillik darajalariga vaqti-vaqti bilan tashxis qo‘yib boriladi. O‘zbekistonda ham mazkur yo‘nalish bo‘yicha talaygina tajribalar to‘plangan va mazkur ishlar maxsus belgilangan “Nizom” asosida tashkil etilganligini alohida qayd etish lozim.
Ichki ishlar organlarining psixolog lavozimlariga, «psixologiya» yo‘nalishi buyicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar qabul qilinadi. Ma’lumoti va mutaxassisligi to‘g‘ri kelmagan nomzod yoki xodimlar istisno tariqasida lavozimga tayinlanmaydi. Bunday holatga yo‘l qo‘ygan mas’ul rahbar va xodimlar intizomiy jazolanadilar.
Psixologiya xizmat faoliyatining asosiy maksadi- shaxsiy tarkibning psixologik tayyorgarlik darajasini oshirish hamda kasbiy-psixologik muhim xususiyatlarini yanada takomillash-tirishdir. Bundan tashkari, ichki ishlar organlarining turli xil lavozimlarida xizmat qilayotgan xodimlariga suhbat olib borishning psixologik metodlarini, nizoli, ekstremal vaziyatlarni hal eta olishlari, ichki ishlar organlariga, IIV ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan nomzodlarning kasbiy layoqatini rahbarlik lavozimlariga tayinlanayotgan rahbar xodimlarning rahbarlik qobiliyatini, ma’naviy ruhiy muhit darajasini aniqlashdan iborat.
Ichki ishlar organlari psixologlari o‘z ishini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Bosh boshqarma, boshqarma, mustaqil bo‘limlari va ta’lim muassasalari boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar hamda Transportdagi Ichki ishlar boshqarmalarining normativ-huquqiy hujjatlarida ko‘rsa-tilgan talablariga muvofiq istiqboldagi va kundalik rejalar asosida amalga oshiradilar.
IIV tizimlarida faoliyat yuritayotgan psixologlar tomonidan qo‘llaniladigan psixologik va psixofiziologik uslublar, metodikalar ro‘yxati vazirlik psixologiya guruxi tomonidan tanlanadi. Psixologlar tomonidan ilmiy asoslanmagan psixologik va psixofiziologik uslublarni hamda tegishli ma’lumot va zarur mutaxassislik darajasiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan psixologik diagnostika usullarini qo‘llash, ijtimoiy-psixologak tadqiqotlarni o‘tkazish, psixologik axborotni qo‘llash taqiqlanadi.
Psixolog o‘zining kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun «Ruhiy yengillashtirish xonasi», o‘quv xonasi, kompyuter, dasturiy ma’lumotlar, audio va videotexnika, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, psixologik testlar va uslubiy qo‘llanmalar, diagnostik va psixokorreksion uskuna va materiallar bilan ta’minlanishi, psixolog lavozimi nazarda tutilgan organlarda, har bir psixolog xodimi uchun alohida-alohida xizmat xonasi bilan ta’minlanishi shart. Psixolog lavozimi mavjud bo‘lmagan organ rahbarining tashabbusi bilan psixolog xodimlarning bevosita ishtirokida «Ruhiy yengillashtirish xonalari» tashkil etilishi mumkin.
Psixolog-mutaxassisga tegishli kasbiy masalalarni amalga oshirishni istisno qiluvchi yoki qiyinlashtiruvchi boshqa turdagi faoliyatni yuklash taqiqlanadi. Ekstremal vaziyatlarda psixologik yordam bilan bog‘liq topshiriqlarni bajarish bundan xoli.
Xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni buzish, o‘z joniga qasd qilish (suisid) holatlari, xizmat faoliyati davomida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar va yo‘l qo‘yiladigan intizom buzilishi sabablarini o‘rganish va ularning oldini olish borasida rahbariyatga takliflar kiritadi;
- psixologlar hududiyligi bo‘yicha joylardagi ShTBIX Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari raisligida, har chorak yakunida psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadilar va hisobot beradilar;
- ichki ishlar organlariga hamda IIV o‘quv ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan xodim va nomzodlarni o‘rganadi va tegishli xulosalar beradi.
Ichki ishlar organlari tizimlarining o‘ziga xos tomonlarini hisobga olib, Vazirlik psixologiya guruxi faoliyat shakli, metod va metodikalarni ishlab chiqadi, muvofiqlashtiradi, standartlashtiradi, mezonlarni belgilaydi va amaliyotda qo‘llashga tavsiya qiladi.
Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmalari psixolog mutaxassislari nomzodlarga ichki ishlar organlari faoliyatiga kasbiy layoqati darajasi to‘g‘risida xulosa shaklidagi tavsiyalar beradi.
Nomzodlardan kasbiy faoliyatda samarali foydalanish va ularni joy- joyiga qo‘yish bo‘yicha bevosita rahbariga xizmatda foydalanish uchun psixologik tavsifnoma beradi.
Ichki ishlar vazirligi tizimidagi mansabdor shaxsdardan ichki ishlar organlari kasbiy faoliyatini psixologik nuktai nazardan o‘rganish bo‘yicha zarur ma’lumotlarni talab qilib oladi va ulardan foydalanadi.
Xodimlarga psixologik xizmat ko‘rsatishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi. Ichki ishlar organlari sohasida psixologik xizmatni tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi.
Kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish masalasida jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi, xodimlarning faoliyatini psixologik ta’minlash natijalarini tahlil qiladi. Ichki ishlar organlari rahbariga psixologik xizmat ko‘rsatish bo‘linmasini ilmiy-uslubiy, moddiy-texnik va kadrlar bilan ta’minlash buyicha takliflar kiritadi.


Download 86,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish