3-mavzu: “postmetod” ta’lim tushunchasi va tamoyillari



Download 43,5 Kb.
bet1/3
Sana26.05.2022
Hajmi43,5 Kb.
#609706
  1   2   3
Bog'liq
3-mav.MFO'


3-MAVZU: “POSTMETOD” TA’LIM TUSHUNCHASI VA TAMOYILLARI
Reja:

  1. “Postmetod ta’limi” tushunchasi haqida.

  2. Postmetod ta’lim tamoyillari.

  3. Postmetod ta’lim asoslari.

  4. Ona tili o‘qitishda o‘ziga xos prinsiplar.

“Postmetod ta’lim” tushunchasi – “metoddan keyingi” degan ma’noni anglatadi. Bunda til o‘qitish metodlari ma’lum bir nuqtaga yetganda o‘zini oqlamayapti yoki zamon talablariga javob bermayapti degan xulosalarga kelingan paytda paydo bo‘lgan tushunchadir.


Postmetod ta’lim alternativ metod emas, balki metodning o‘ziga alternativ vaziyat hisoblanadi. Postmetod vaziyatida o‘qituvchi avtonomiyasi birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Bunda nazariyadan boshlab keyin metodika ishlab chiqiladi, so‘ng o‘qituvchiga yetib borishi emas, balki ta’lim jarayoninng asosiy subyekti sifatida o‘qituvchiga e’tibor qaratiladi. Postmetod ta’limining asosiy xususiyatlaridan biri qat’iy formatizm, ya’ni amaliyotga o‘ta bog‘langanlikdir.
Postmetod ta’limining quyidagi 3 asosiy tamoyili bor:

  1. O‘ziga xoslik

  2. Amaliylik

  3. Imkoniylik




  1. Amaliylik tamoyili nima degani? Amaliylik tamoyilida o‘qituvchi tomonidan yaratilgan amaliyot nazariyasi asosiy o‘rinda turadi. Bunda o‘qituvchi tajribasi davomida mazkur nazariyani yaratishi kerak bo‘ladi, ya’ni o‘z amaliyotiga asoslangan holda til o‘qitish jarayoni nazariyasini o‘zi yaratadi. Amaliyotdan kelib chiqib yaratilmagan nazariya foyda bermaydi. O‘qituvchi bu uchun muammolarni to‘g‘ri tushunishi va to‘g‘ri hal qila olishi kerak. Bunda o‘qituvchi dars berar ekan, o‘z faoliyatiga tanqidiy yondasha olishi kerak. Shuningdek, o‘qituvchi muammolarni tushunishi va aniqlashi, ma’lumotlarni tahlil qilishi va baholashi, alternativ yondashuvni nazarda tutish hamda uni baholay bilishi, eng yaxshi alternativni tanlashi kerak.




  1. O‘ziga xoslik tamoyilining xususiyatlari quyidagicha:

-o‘ziga xos ijtimoiy-madaniy muhit;
-o‘ziga xos institutsional kontekst;
-o‘ziga xos maqsadlar;
-o‘rganuvchilarning o‘ziga xos guruhi;
-mos va moslashuvchan bo‘lish.
3. Imkonlilik tamoyili – bunda o‘qituvchi va o‘rganuvchiga ta’lim jarayonining subyekti sifatida qaraladi. Har qanday dars materiali tayyorlanar va olib borilar ekan, subyektning har birining uning ijtimoiy sinfi, irqi, jinsi, millati va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri bilan hisoblashilishi shart.
Postmetod ta’lim asoslari nimalardan iborat? Postmetod ta’lim asoslari quyidagilardan iborat:
1. Makrostrategik asos (makrostrategiya va mikrostrategiyalardan tashkil topgan). Makrostrategiya umumiy reja bo‘lib, o‘qituvchi uning doirasida o‘z vaziyatga bog‘liq, ehtiyojlardan kelib chiqqan mikrostrategiyalarni yoki dars texnikasini ishlab chiqishi mumkin bo‘ladi.
2. O‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish – bunda o‘qituvchi o‘qish aktlarining boshqaruvchisi va o‘rganish aktlarini me’yorlashtiruvchi sifatida yuzaga chiqadi. Ta’lim jarayoni o‘rganish imkoniyatini yaratuvchi va rivojlantiruvchi jarayon sifatida qaraladi.
3. Qabul qilishdagi nomuvofiqliklarni kamaytirish – bu makrostrategiya o‘rganuvchi, o‘quvchi va o‘qituvchining o‘qituvchisi o‘rtasidagi niyat va talqin o‘rtasida perseptual nomuvofiqliklar ro‘y berish ehtimolini nazarda tutadi.
4. Kelishilgan o‘zaro munosabat – bu makrostrategiya o‘rganuvchi bilan o‘rganuvchi o‘rtasida, o‘rganuvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasidagi maqsadli o‘zaro munosabatni anglatadi, unga ko‘ra o‘rganuvchi faqat javob beribgina qolmay, mavzu va suhbatni o‘zi boshlashi mumkinligini ta’kidlaydi.
5. O‘rganuvchi avtonomiyasini qo‘llab-quvvatlash – bu makrostrategiya o‘rganuvchilarga o‘rganishlarida o‘z-o‘zini yo‘naltirish va nazorat qilish uchun zaruriy vositalar va qurollar bilan yordam berishdir.
6. Lisoniy malakani o‘stirish – tilning rasmiy va funksional jhatlariga e’tibor qaratish.
7. Intuitiv evristikani faollashtirish – katta hajmdagi matniy ma’lumot berilib, matn asosida yotgan grammatik qoidalar haqida xulosa chiqarish va anglab yetishi, shu onda o‘zi ham qo‘llashini nazarda tutadi.
8. Lingvistik ma’lumotlarni kontekstda berish – tilning qo‘llanilishi lingvistik, ekstralingvistik, vaziyat va vaziyat atrofidagi kontekst orqali shakllanishi.
9. Lisoniy malakalarni integratsiyalash (uyg‘unlashtirish) – eshitish, gapirish, o‘qish va yozish kabi malakalarni yaxlit uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi.
10. Ijtimoiy muvofiqlikka ishonch hosil qilish – ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ta’limiy muhitga nisbatan hushyor.


Download 43,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish