Tasvirlarni uzatish usullariga qo’yiladigan talablar. Ekrandagi tasvirlar harakatining me‘yorida bo’lishiga e‘tibor berish zarur. O’quvchilarning vaziyatni baholash va tasvirlarni idrok qilish hamda reaksiya bildirishda kattalardan farq qilishini inobatga olish lozim.
Taassurotni susaytirmaslik uchun ekrandagi ob‘ektlarning harakati yetarli darajada tez bo’lishi, shuningdek, berilgan vaqt doirasida kerakli ma‘lumotni o’quvchi anglab oladigan sur‘atda bo’lishi kerak. O’quvchiga ob‘ekt harakatini istagan holatida to’xtatib kuzatish, uni qayta-qayta takrorlash imkonini berish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |