III. Texnik talablar.
PDV qandaydir rusumli kompyuterga mo’ljallab yaratilar ekan, ma‘lum darajada texnik talablarga javob berishi shart. Shunday talablar mazmunini ko’rib chiqamiz.
Dasturning universalligi. Albatta, PDVni yaratuvchi dasturchilar imkoniyati yuqori bo’lgan Pentium IV, Pentium V rusumli kompyuterlarda ishlaydi va dasturni shunday kompyuterda tuzadi. Biroq maktablarning barchasi ham bunday kompyuterlarga ega emas. Shuning uchun dastur tuzilayotganda uning kompyuter xususiyatiga to’la bog’liq bo’lmagan holda ishlay olishiga ahamiyat berish zarur. Zero, tezkor kompyuterda yaratilgan dastur quyi imkoniyatli kompyuterda kutilgan tezlikda bajarilmaydi. Pirovardda, samaradorlikni oshirishga emas, balki ta‘lim jarayoni natijasining pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |