3-mavzu: O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik tamoyillari



Download 429,36 Kb.
bet1/5
Sana11.07.2022
Hajmi429,36 Kb.
#775257
  1   2   3   4   5
Bog'liq
fuqarolik jamiyati

3-mavzu: O'ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHNING MILLIY VA UMUMINSONIY DEMOKRATIK TAMOYILLARI


Reja:
  • Demokratik tamoyillar va qadriyatlar.
  • Qadriyatlar va ularning jamiyat hayotidagi o'rni. Milliy qadriyatlar tushunchasi.
  • O'zbekistonda milliy qadriyatlarning tiklanishi va ularning demokratik jarayonlar bilan uyg'unlashuvi.
  • Milliy, umumbashariy va demokratik qadriyatlar sintezi – demokratik jamiyat qurish sharti sifatida.

Demokratik tamoyillar va qadriyatlar

Hozirgi davrdagi zamonaviy nazariy qarashlarga muvofiq demokratiya – bu ma'lum davlat institutlari to'plami mavjud bo'lishining o'zi emas. Demokratiya butun dunyo bo'ylab turli madaniy birliklar o'rtasida turli shakllarda gavdalansa-da, u aniq va mavjud qadriyatlar, qarashlar va jarayonlar guruhiga tayangan holda yashay oladi. Lekin, shu bilan birga, demokratiya amaliy hal qilishning bir xilligiga emas, balki bir necha asosiy negiz bo'ladigan prinsiplarga tayanadi. Demokratiya o'ziga xos qadriyat-lar tizimi sifatida milliy qadriyatlar bilan uyg'unlasha oladi.

Demokratiyaning asosiy xususiyatlari:

Demokratiya – bu hokimiyat va fuqarolik mas'uliyati barcha fuqarolarning to'g'ridan to'g'ri yoki o'zlarining erkin saylagan vakillari vositasida amalga oshiradigan boshqarish tizimidir;

Demokratiya ko'pchilik hokimiyati va shaxsiy huquq prinsiplariga tayanadi. Demokratik davlat markaziy hokimiyat organlari kuch-qudratining oshib ketishiga yo'l qo'ymaydi, barcha darajadagi

hokimiyatlarni fuqarolar uchun ochiqligini ta'minlash, barcha kishilar chtiyojlariga aks sado bera olishi uchun mintaqaviy va mahalliy darajalardagi hokimiyatlarni nomarkazlashtiradi;


Demokratik davlat quyidagi mas'uliyat hissini doimo sezib turadi: fuqarolarning so'z erkinligi, vijdon erkinligi, qonun asosida tcng himoyalanish huquqi, tashkilotlar tuzish imkoniyatiga ega ekanligi, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida to'la qonli ishtirok etishi kabi huquqlarini himoya qilish;
Demokratik davlat fuqarolar uchun ochiq bo'lgan, saylov huquqi beriladigan yoshga yetgan fuqarolarning ovoz berishiga shart-sharoitlar yaratadi, shu maqsadda muntazam ravishda erkin va adolatli saylovlarni o'tkazib boradi;
Demokratiya sharoitida fuqarolar nafaqat huquqlaiga ega bo'ladi, balki siyosiy tizimda ishtirok etish burchini ham o'zida his etadi. Bu jarayonda ular o'z erkinliklari va huquqlarini himoya qiladi.
Demokratik jamiyat bag'rikenglik, hamkorlik va o'zaro murosasozlik qadriyatlariga berilgan bo'ladi. Maxatma Gandi iborasi bilan aytganda, «murosasizlik o'zini o'zi jabrlashdan tashqari chinakam demokratik ruhning shakllanishi uchun g'ovdir».
Shuningdek, barcha rivojlangan mamlakatlarda e'tirof etilgan demokratiyaning ustunlari mavjud bo'lib, ularning birortasi ishlamay qolsa, demokratiya mexanizmlarining barchasiga putur yetadi.

Download 429,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish