Beshinchidan ,
I.Karimov mustaqil O‘zbekiston siyosatini belgilashda islom
diniga munosabatni tubdan o‘zgartirish lozimligini qayta-qayta uqtirdi va «din turmush tarzimizga
o‘chmas muhrini bosgan. Xudoga qarshi kurashganlarning ahvoli nima kechganini ko‘rdik. Endi
bu xil besamar va quruq imkon yo‘li yaramaydi. Dinga nisbatan ijobiy munosabat
tashqi siyosatimizda, ayniqsa, musulmon davlatlar bilan o‘zaro aloqalarimizni
kengaytirishda katta ahamiyatga ega»,- deb ko‘rsatdi.
Oltinchidan
, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini
himoya qilish va ta’minlash imkonini beradigan boy moddiy ma’naviy hamda ishlab
chiqarish potensialiga va kadrlar qudratiga ega mamlakat ekanligidir. Endi hamma gap
ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanishda edi. Ushbu xulosalar I.Karimov tomonidan
muntazam to‘ldirib, qadam-baqadam yangi qoida va yo‘l-yuriqlar bilan boyitib borildi.
Xususan, 1992 yil avgust oyi oxirida O‘zbekiston mustaqilligining bir yilligi tantanalari
arafasida Prezidentning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida
O‘zbekiston istiqlolining, dyomokratik jamiyat qurishning nazariy asoslari chuqur
tahlil etilgan asari nashrdan chiqdi. Ushbu risola keng jamoatchilik tomonidan
ma’naviy hayotdagi yangilik va qo‘llanma sifatida kutib olindi. Unda O‘zbekiston
istiqlolining ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy
taraqqiyotining, ma’naviy poklanishining asosiy yo‘l–yo‘riqlari yangicha mushohada va
yondoshuv bilan ko‘rsatib berildi.
4. O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining eng maqbul yo‘lini ishlab chiqar ekan, avvalo,
mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishiga e’tibor berdi.
I.Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida
yangilangan jamiyatda yashovchi kishining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini
kafolatlovchi yo‘llar ko‘rsatib berildi.
Jumladan, siyosiy sohada bu-xalq ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat
hokimiyatini amalga oshirishda to‘liq ishtirok etishi lozimligini;
- hokimiyat bo‘linishining jahon tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyatiga bo‘linishi tamoyilini jori y etish asosida demokrati yani chuqurlashtirish
hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni;- jamiyatning siyosiy tizimini, davlat
idoralarining tuzilmasini tubdan yangilashni;- barcha fuqarolarning qonun oddidagi
huquqiy tengligini va qonunning ustunligini ta’minlashni;
- O‘zbekistonda tug‘ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan har bir
kishi, milliy mansublikni va e’tiqodidan qat’iy nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi
bo‘lishiga erishishni bildiradi.
Iqtisodiy sohada esa bu:-milliy boylikning ko‘payishini ta’minlaydigan barqaror,
rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;- ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni;-iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmasdan
korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirishni, davlatning xo‘jalik faoliyatiga
bevosita aralashuvidan voz kechishni bildiradi. Ijtimoiy va ma’naviy sohada bu:-
insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va daxlsizligi, erkinligi, qadr-
qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib qolinishini;-ma’naviyatni qayta tiklashni;-
o‘zbek tilini rivojlantirishni;-hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror topdirishni;-
odamlarning iste’dodi qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish,
ma’naviy mulkni himoya qilishni bildiradi.
I.Karimovning O‘zbekistonni huquqiy demokratik davlat sifatida qaror
toptirishning qoridagidek dasturi y qoidalari demokratik, i ns o np a r v a r j am i ya t
q u ri s h o r a s i da gi j ah o n tajribasini yanada rivojlantirdi va yangi qoidalar bilan
boyitdi. Prezident yangilanayotgan jamiyat mazmun mohiyatini ko‘rsatish bilan birga
dolzarb vazifa qilib, eng avvalo bozor iqtisodiyotiga o‘tish masalasini qo‘ydi. Chunki faqat
iqtisodiy baquvvat davlatgina kuchli bo‘ladi va har qanday islohotlarga qodir bo‘lishini u
yaxshi bilar edi.
Shuning uchun ham I.Karimov «O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga
hos yo‘li» uchun tanlab olgan yo‘l ijtimoiy sohaga respublikaning manfaatlariga, shart-
sharoitlari, hususiyatlariga eng ko‘p darajada mos iqtisodiyotni shakllantirishga ayni mana
shunday yo‘l O‘zbekiston turmushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy
an’analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma’navi y-axloqi y
kam ol t opi s h i ni t a ’m i nl as h mumkin»,-deb qat’iy ko‘rsatib bergan edi.
I.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridagi rivojl ani sh j ara yonlarini chuqur
tahli l qilib, O‘zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining
o‘zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o‘rtaga tashladi:
Birinchidan
, iqtisodiy
islohotlar hech qachon siyosat o r t i d a n q o l m a s l i gi k e r a k , u b i r o r m a f k u r a ga
buysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi
kerak.
Ikkinchidan
, o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning
ustivor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni
izchillik bilan o‘tkazishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |