o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi
uchun kurash kuchayib bordi. Aytish mumkinki, biz
kim o‘zbeklarning milliy istiqlol uchun kurashi bu davrda ona tilimizning jamiyatdagi o‘rnini
tiklash va qadrlash uchun kurashishdan boshlandi. Bu kurashchilar safida chindan ham o‘z
xalqiga sidqi dildan xizmat qilishga otlanganlar ham, o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab
maydonga tushganlar ham borligini keyingi voqealar, kimning aslida kimligini tarixning o‘zi
ayon qildi-qo‘ydi.
3. O‘zbekistonning mustaqillikka zrishganidan so‘ng kun tartibida jahon andozalariga mos
keladigan davlat qurish, siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish,
ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turadi. CHunki
sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda
respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik,
mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning
ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solishga ana shunday jiddiy yangilanishlarni
taqozo etardi.
SHuni aytish kerakki, jahonda ijtimoiy-iqt isodi y rivojlanishni ng ham
maml akatbop tamoyillari hamma uchun tavsiya etish lozim bo‘lgan tayyor andozalari
xech qachon bo‘lmaydi. SHu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy tarixiy
jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bo‘lgan O‘zbekistonday qadimiy
makonda ham o‘ziga xos yo‘l tanlash uchun ancha-muncha izlanishlar qilish zarur bo‘ldi.
Biroq vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish to‘tish lozim edi. SHuning uchun ham
Mustaqil O‘zbekiston tug‘ilgan kuniyoq oyoqqa turishga o‘zi yurishga majbur edi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki paytda mamlakat
ichkarisida bo‘lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan
qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq markazdagi ayrim karomatgo‘ylar O‘zbekistonga
nisbatan «o‘zlaringni mustaqil boshqarishga, mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar»,
«Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xolos» deb
shovinistlarcha g‘arazgo‘ylik qilar edi. Mamlakat i chkari si dagi a yri m t oi fal ar
o‘rt asi da esa «End i O‘z bekist on qanday yo ‘l dan boradi? » «Qanday jamiyat
quradi?» «Markazsiz yashay oladimi?», «Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik
ta’minlanadimi?»-qabilidagi savollar vujudga kelgan edi. Unga har kim o‘zicha javob
qidirar edi.
Tabiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O‘zbekiston uchun o‘ziga xos
istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o‘z andozasini
ishlab chiqish g‘oyat dolzarb va ahamiyatli edi. O‘zbekistonda o‘z navbatida bunday
vazifani uddalash O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar
o‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e’tiqodi,
ruhiyati va hulq-atvor normalari shuni taqozo etar edi Ayni paytda, O‘zbekistonning o‘z
iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning
ko‘p asrlik tajribasini o‘rganish, ularning foydali qismini o‘zlashtirish bilan birga
O‘zbekiston xalqining turmush tarzi va an’analariga ham tayanish lozim edi. SHuning
uchun ham mustaqillikning dastlabki kunlardanoq jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan
olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy
taraqqiyot yo‘lini tanlab olishga kirishdi.
Albatta mamlakat uchun hayot-mamot bosqichi bo‘lgan bir paytda uning yangi jamiyatga
o‘tishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridagi yangi sharoitga mos muhim boshqaruv
tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining
barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g‘oyalar tizimini yaratishni talab etadi
O‘zbekistonning o‘ziga hos taraqqiyot yo‘li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat istiqlolining
tashabbuskori va rahnamosi sifatida I.Karimov mustaqillikning dastlabki davrida o‘zining
qat’iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini o‘rtaga tashladi. Hali sobiq
ittifoq mavjud bo‘lgan bir paytda u respublika rahbarligiga kelgan vaqtdan boshlab
respublikaning ijtimoiy-siyosiy xayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub o‘zgarishlarni boshlab
yuborgan edi
I.Karimov umumxalq ovoz berish yo‘li bilan mamlakat prezidenti etib saylanganidanoq
o‘zining butun amaliy faoliyatida xalq va vatan manfaati asosida ish tutdi. U Oliy Kengashning
1992 yil 4-yanvarda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari IX sessiyasida shunday degan edi; «Menga
qanday yuksak ma’suliyat yuklanganini his qilgan holda xalqning munosib turmush
kechirishi
uchun
qanday
yo‘llar
tanlaganimiz
haqida
ba’zi
fikrlar
bilan
o‘rtoqlashmoqchiman. Xalq iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qat’iy harakatlar qilishni
kutayapdi. O‘tmish qoldiqlari xalq elkasiga og‘ir yuk bo‘lib qolgan. Eng muhim vazifalardan
biri xalqning baxtli hayotini ta’minlashdir. Prezident shiddat bilan kirib kelayotgan bozor
iqtisodiyoti zarbalariga bardosh beruvchi qatlamni o‘z homiyligiga olish kerak. Bular ko‘p
bolali kam ta’minlangan oilalar, nogironlar.
Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat’iy bo‘lib, qo laveradi» Prezident
Oliy Kengashning mazkur sessiyasida Dastur ahamiyatiga molik bo‘lgan nutqida davlat
siyosatining strategiyasini aniq-ravshan ko‘rsatib berdi . Iqtis odi y barqarorli kni,
millatl araro tinchlikni ta’minlash, totuvlik va osoyishtalikni saql as h, fuqarol arga
erki nli k beris h, j ami yat da ma’naviy yangilanish uchun barcha sharoitlar yaratish
lozimligini, yosh avlod tarbiyasiga katta e’tibor berish kerakligini, huquqiy davlatda qonun
ustuvor bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Jumladan, o‘z fikrini davom ettirar ekan, I.Karimov «Huquqiy davlatda qurol ham
qalqon ham qonundir... Qonun bu xalq irodasi va muqaddasdir»,-deb uqtirdi. Tabiiyki,
Prezident nutqidagi ushbu qoidalar O‘zbekiston istiqloli va taraqqiyotining asosiy
yo‘llarini belgilab berish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Masalaga ana shunday yondashish
mustaqillikning ilk kunlaridanoq aniq tartib intizomga rioya qilish, qonun ustivorligiga
intilishi mamlakatda eng murakkab paytlarda barqarorlikni ta’minlashda muhim omil
bo‘ldi.
I.Karimov O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqar ekan,
o‘tmishdan, sobiq sovet tuzumidan meros bo‘lib qolgan tajribadan saboq chiqardi. Ayni
chog‘da 1990-yillar boshlarida, ya’ni mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga
oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqur tahlil qildi. Shu asosda «soxta inqilobiy
sakrashlarsiz, fojeali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyusion yo‘l bilan normal,
madaniyatli taraqqiyotga o‘tish tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmun va mohiyatidir»,-
degan x u l o s a g a k e l d i . U O ‘ z b e k i s t o n n i n g c h i n a k a m mustaqilligini ta’minlash
yo‘llarini ishlab chiqishda avvalo Respublikani rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va
shart-sharoitlarini hisobga oldi.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi azaldan jamoa bo‘lib, uyushib yashashga odatlangan. To‘yda
ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda bir-biriga ko‘maklashgan. Kattalarni hurmat
qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, millatidan qat’iy nazar
odamlarga xayrihohlik, o‘zgalarga yordam tuyg‘usi o‘zbek xalqiga tarixan xosdir.
Shuning uchun ham I.Karimov 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Oliy Kengashining X
sessiyasida «Istiqlol yo‘llari va muammolari» mavzusida nutq so‘zlar ekan, «Biz ijtimoiy
taraqqiyot va yangilanish borasida o‘z yo‘limiz bor, deb e’lon qildik. Bozor iqtisodiyotiga
o‘tar ekanmiz, milliy tarixiy turmush tarzini, xalqimiz urf-odatlarini, an’analarimizni,
kishilarning fikrlash tarzini hisobga olamiz»,-dedi va tub islohotlarni amalga oshirish
borasida dastlabki tamoyilni belgilab berdi.
Bu
Do'stlaringiz bilan baham: |