Uchinchidan,
O‘zbekiston taraqqiyot yo‘linii shlab chiqishda respublikaning qulay
imkoniyati hisobga olindi. Demakki, mintaqalararo aloqalar, dunyoviy integratsiyani yo‘lga
qo‘yishga kirishildi.
To‘rtinchidan,
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishida ijtimoy ong, ijtimoy
psixologiya masalasini hisobga olish lozimligi ham ko‘rsatib berildi. CHunki sho‘rolar
davrida kishilar ongida ijtimoiy tenglik tushunchasi, ya’ni yaxshi ishlasam ham, yomon
ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan fikr shakllanib, boqimandalik kayfiyatiga
tushib qolgan, mulkka egalik tuyg‘usidan uzoqlashgan edi. Islohotlar davrida
xususiylashtirish jarayonining chuqurlashishi, mamlakatda mulkdorlar sinfini shakllantirish
sari dadil qadamlar qo‘yilishi mana shu omildan kelib chiqqan xulosadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |