Yuqorida ko‘rsatib berilgan jadvaldan ko‘rinadiki, mustaqillikni e’lon qilinishi uning
amalda tashkil topishi, mustahkamlanishi va rivojlanishi-murakkab ko‘p qirrali,
mas’uliyatli, bosqichma-bosqichli jarayon bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, i qt i s odi y, huq uqi y
va ma’navi y jihatdan ulkan masalalarni hal etish bilan bog‘liqdir. O‘zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va
taraqqiyot yo‘li» (1992 yil) nomli asarida yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlab shunday degan
edi: «O‘zbek xalqining ajralmas huquqi o‘z taqdiri ni o‘zi bel gil ash huquqi ru yobga
chiqarildi. 1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston Respulikasining mustaqilligini e’lon
qildi. Muqaddas orzu ushaldi, O‘zbekiston tinch parlament yo‘li bilan o‘zining haqiqiy
davlatchiligiga erishdi. Bu xalqning ko‘p asrlik tarixida buyuk voqeadir. «O‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi asos lari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunda
respublikadagi ko‘p millatli aholining xohish-irodasi mustahkamlanib qo‘yildi va
umumxalq, referendumi buni qat’iy tasdiqladi. Bu tarixiy voqea davlatimiz yilnomasiga
zarhal harflar bilan yozib qo‘yildi.
1991 yil 19-20 avgust kunlari Moskvada davlat to‘ntarishi qilishga urinib ko‘rildi.
Favqulodda
Holat
Davlat
Qo‘mitasi
(FHDQ)
tuzilib, SSSRning Prezidenti
M.S.G o r b a c h e v z o ‘ r a v o n l i k b i l a n o ‘ z v a z i f a s i d a n c h etlashtirildi. Fitnachilar
Prezident vakolatlari vitse-prezident G.YAnaevga o‘tkazilganligini e’lon qildilar. Ularning
maqsadlari ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo‘lga
kiritishlariga, o‘z taqdirlarini o‘zlari hal qilishlariga yo‘l qo‘ymaslik edi.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimov Hindiston safaridan qaytishi
bilanoq, 19 avgustь kuni kechqurun Toshkent shahrining faolllari bilan uchrashib, qat’iy
tarzda O‘zbekiston nuqtai-nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati markazdan
yuboriladigan va qonunga xilof bo‘lgan har qanday ko‘rsatmalarini bajarishni man etdi. 20
avgustda
O‘zbekiston
SSR
Prezidenti
huzuridagi
Vazirlar
Mahkamasining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma
majlisi bo‘ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga k elgan vaziyat muhokama qilinib,
O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.
Bayonotda respublikada vaziyat barqaror ekanligi va favqulodda holat jori y etishga
hojat yo‘qligi ta’kidlandi. Unda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, har qanday
ig‘vogorona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni
saqlash vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston Mustaqillik Deklaratsiyasi
qoidalarini amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.
SHu kuni O‘zbekiston SSR Prezidenti I. Karimov Respublika ahliga murojaat bilan
chiqdi. Murojaatda O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligi yana bir
bor alohida uqtirildi. Jumladan, unda «O‘zbekiston jumhuriyati, uning rahbariyat i qayta
qurish davrida ham hech qachon birovning gapiga kirib ish tutgan emas. Markazdan,
5.
Davlat ramzlari Gerb (davlat
tamg‘asi), bayroq, madxiya.
Mulkchilik
shakllari
va
munosabatlarini
qonunchilik
yo‘li bilan belgilash.
Eng muhim xalqaro bitim, shartnoma
va kelishuvlarga qo‘shilish.
6.
Davlat mukofotlari
Jahon bozorida ikki va ko‘p
tomonlama
iqtisodiy
munosabatlarda teng huquqli
hamkorlik qilish.
boshqa ba’zi bir jumhuriyatlardan qanday qarorlar chiqmasin, va’dalar berilmasin, har
qanday chaqiriqlar, da’vatlar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishda harakatlar bo‘lmasin biz o‘zimiz
tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Bu yo‘l bizning
xalqimiz tarixiga, urf-odatlariga, tabiatimiz shart-sharoitlariga, xullas, xalqimiz
manfaatlariga mos yo‘ldir» deb qat’iy ta’kidladi. SHuningdek, turli ijtimoiy siyosiy
guruhlar o‘rtasidagi ixtiloflarni hal etish uchun kuch ishlatish, eng avvalo harbiy kuch
ishlatish ochiq-oydin qoralandi. Prezident xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda
sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.
1991 yil
21
avgust kuni O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Favqulodda Holat
Davlat Qo‘mitasining (GKCHP) O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid
keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi. I.Karimov Favqulodda
holat davlat qo‘mitasi (GKCHP) faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan, qo‘rqoq va
prinsipsiz mavqeida turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi byurosi va Markaziy nazorat
komissiyasini Kommunistlarning sha’ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo‘yganini
qoraladi.
Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini
qo‘llab-quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.Karimov bundan
buyon
KPSS
Markaziy
Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur
bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi Mrkaziy Qo‘mitasi byurosi va Markaziy nazorat
komissiyasi rayosati ma’qulladi. O‘zbekiston Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi
Farmoniga binoan
Do'stlaringiz bilan baham: