3-mavzu: O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar reja



Download 79,5 Kb.
bet3/3
Sana30.03.2022
Hajmi79,5 Kb.
#519291
1   2   3
Bog'liq
3,1-seminar.

3-masala
Mazkur davrda Oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo’yicha ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2015 yil 12 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentimizning “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon yurtimizdagi oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni bugungi kun talablariga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga qaratildi.
Farmonda, xususan, oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilarining pedagogik va kasb darajasini muntazam oshirish asosida ularning qonunchilik normalari, nazariya, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o’qitilayotgan fanlar bo’yicha innovasiyalar, shuningdek, o’quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari sohasidagi so’nggi yutuqlarni chuqur o’rganishi alohida qayd etildi. Oliy ta’lim sohasida oliy o’quv yurtlarining professoro’qituvchilarini muntazam qayta tayyorlash bo’yicha mutlaqo yangi, takomillashtirilgan tizim joriy qilindi. 15 ta tayanch oliy o’quv yurtida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur kurslarda oliy o’quv yurtlarining 2 ming 700 ga yaqin o’qituvchisi malaka oshirdi.
Bu paytga kelib, mamlakatimizda 11 milliondan ziyod kishi internetdan muntazam foydalandi. Ularning asosiy qismi o’quvchi-yoshlar edi. 2015 yilgi ma’lumotlarga qaraganda umumta’lim maktablarida qariyb 4,5 million bola tahsil oldi. Barcha maktablar yagona ZiyoNET tarmog’iga ulandi. Mazkur tarmoq Uz domenidagi eng yirik axborot-ta’lim resursiga aylandi. Unda yoshlar uchun foydali va ahamiyatli axborot manbalari, darslik va o’quv qo’llanmalar, turli sohalarga doir adabiyotlar, media mahsulotlar, multimedia vositalari, ta’limmaqsadida foydalaniladigan bir qator interfaol xizmatlar jamlandi.
Shu sababli Hukumat tomonidan, o’qituvchilarning global internet tarmog’i, multimedia tizimlari va masofadan o’qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o’quv jarayoniga faol tatbiq etishi, oliy o’quv yurtlari pedagog kadrlarining chet tilini amaliy o’zlashtirish darajasini oshirishi kabi zamonaviy talablar qo’yildi.
Bu paytga kelib Oliy ta’lim yo’nalishida ham xalqaro hamkorlik aloqalari olib borildi. Ushbu hamkorlik samarasi natijasida O’zbekistonda xorijdagi nufuzli oliy o’quv yurtlarining oltita, jumladan, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Turin politexnika universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat, G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetlari, Singapur menejmentni rivojlantirish institutining filiallari ochildi.
Bundan tashqari, O’zbekistonda Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari orasida birinchi bo’lib oliy ta’limning zamonaviy ikki bosqichli - bakalavriat va magistratura yo’nalishiga o’tildi.
Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazishda sportning ham ahamiyati katta hisoblanadi. O’tgan davr mobaynida O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 1500 dan ortiq zamonaviy sport inshootlari qurildi. Har yili bo’lib o’tadigan, uch bosqichdan iborat (maktab o’quvchilari uchun “Umid nihollari”, litsey va kollej o’quvchilari uchun “Barkamol avlod”, oliy o’quv yurti talabalari uchun “Universiada”) sport musobaqalari tizimi shakllantirildi. Bu esa yuz minglab bolalar, o’smirlar, yigit va qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish imkonini berdi.
Mazkur tadbirlar o’z samarasini berdi. Jumladan, birgina 2015 yili 1 ming 668 nafar sportchimiz, jumladan, 567 nafar qizimiz 165 ta xalqaro musobaqada ishtirok etib, 983 ta medalni qo’lga kiritdi, yosh iqtidorli musiqachi va ijrochilarimiz nufuzli xalqaro tanlovlarda 137 ta sovrinli o’ringa sazovor bo’ldi va ularning 76 tasi Gran-pri va birinchi o’rinni tashkil qildi.
Bu boradagi ishlar keying yillarda ham dvom ettirildi. Jumladan, 2017-yil 7-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonda ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilandi.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, komputer texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutildi.
Shuningdek, 2017-2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib borilishi belgilandi.
2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi. Umumta’lim maktablariga mazkur yilda 10-sinfga o‘quvchilar qabul qilish qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi.
Bundan tashqari, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egalashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash bo’yicha ham tizimli ishlar olib borildi. Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlarimiz merosini o‘rganishi, ularga munosib avlod bo‘lib voyaga yetishi muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’zda tutildi. Xususan, ulug‘ ajdodimiz Muhammad Xorazmiy nomidagi chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid maktab tashkil etildi. Mazkur maktab faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ushbu sohalarda kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, ularning yetuk va zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi. Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etilishi belgilandi.
Bundan tashqari, Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi, shu bilan birga 2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi soha faoliyati shaffofligini oshirish, aniq ma’lumotlarni to‘plash, aholi bilan muloqot qilish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish uchun axborot texnologiyalarini faoli joriy etdi. Jumladan, vazirlik ustozovozi.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, eduportal.uz kabi resurslarni ishga tushirdi. Xalq ta’limi tizimiga homiylik mablag‘larini jalb etish maqsadida MFond jamg‘armasi ochildi. Xalq ta’limi sohasidagi ma’lumotlar ochiq-oshkora, shaffof tarzda qo‘yib borish uchun ijtimoiy tarmoqlari kanallarida «Ustoz ovozi» kanali ishga tushirildi.
Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish uchun kitob.uz sayti yaratildi. Saytga jami 803 nomdagi, shundan, 655 nomada o‘zbek va 148 nomda jahon bolalar adabiyoti namoyondalari asarlarining elektron varianti joylashtirildi. www.kitob.uz saytiga badiiy adabiyotlarning MRZ shaklidagi audio resurslari joylashtirilishi yo’lga qoyildi. Vazirlik markaziy apparati tarkibida o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoyalash, ular huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ta’lim muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Nazorat-huquqiy xizmati tashkil etildi. Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Moliya vazirligidan Xalq ta’limi vazirligiga o‘tkazildi. Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish ob’ektlari sifatini nazorat qilish injiniring kompaniyasi tashkil etildi. Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi, shu bilan birga 2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.


Nazorat savollari

  1. Nima sababdan ta’lim sohasida islohotlar olib borildi?

  2. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik haqida nimalarni bilasiz?

  3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o’ziga xos xususiatlari nimalardan iborat edi?

  4. Ta’lim sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi haqida gapirib bering.

  5. Ta’lim sohasidagi islohotlari yangi bosqichining mohiyati nimalardan iborat?

  6. Oxirgi yillarda O’zbekistonda qaysi davlat oliy o’quv yurtlarining filiallari tashkil etildi? Ularni sanab bering.




Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish