3-Mavzu oliy maktabda o‘quv jarayoni reja: 1, Talabaning o‘qish motivlari 2, Talabaning o‘quv biluv faoliyati



Download 24,74 Kb.
bet1/6
Sana21.07.2022
Hajmi24,74 Kb.
#834362
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu


3-Mavzu OLIY MAKTABDA O‘QUV JARAYONI


Reja:
1, Talabaning o‘qish motivlari
2, Talabaning o‘quv - biluv faoliyati
3, Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish
I. Asosiy tushunchalar: didaktik (o‘quv) jarayoni, o ‘qish motivlari, o‘quv-biluv (bilim o ‘zlashtirish) faoliyati, 0‘quvbiluv faoliyatini boshqarish, boshqarish nazariyalari.


II. Mavzuning muhim masalalari:
1. 0 ‘quv jarayonining mohiyati, komponentlari.
2. Talabaning o‘qish motivlari.
3. Talabaning o‘quv-biluv faoliyati.
4. 0 ‘quv- biluv faoliyatini boshqarish nazariyalari.
I. 0 ‘quv jarayonining mohiyati, komponentlari
1. Oliy maktabda o ‘quv jarayonining mohiyati davlat ta ’lim standard fan bloklarida ko'rsatilgan bilimlarni yuqori darajada o‘zlashtirib olish, zarur malaka, ko‘nikmalarni egallashdan iborat. Talaba bilimlarni o‘qib, tushunib, anglab esda saqlashi, gapirib (yozib) bera olishi, ulami tahlil qila olishi, boshqa o‘quv topshiriqlarini bajarishda va amaliyotda qo‘llay olish malakalarini ham egallashi zarur. 0 ‘quv jarayonining muhim vazifalaridan biri yoshlardagi aqliy qobilyatni o ‘stirish, tug‘ma iqtidor (iste’dod) kurtaklarini rivojlantirish, ulami barkamol shaxs, raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishdan iborat . Inson hayotida o‘qish-o‘rganish jarayoni umr bo‘yi davom etadigan ijtimoiy - pedagogik hodisa. Demak, oliy o ‘quv yurtida ta ’lim olish davrida talaba o ‘z bilimlarini muntazam oshira borishga tayyorlanishi, mustaqil o ‘qib o‘rganish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilishi lozim. Oliy maktabda o ‘quv jarayoni — talaba bilan professoro‘
qituvchining hamkorlik faoliyatidir. Talaba — o ‘quv jarayonining subyekti, professor-o‘qituvchi ta ’lim jarayonining boshqaruvchisi (menejeri) hisoblanadi.
2. Pedagogika, psixologiya fanlari erishgan zamonaviy yutuqlarga binoan istalgan o ‘quv (didaktik) jarayoni, jumladan, oliy ta ’lim muassasasidagi o ‘quv jarayoni ham, to'rtta bir-biri bilan uzviy bog‘liq qism (komponent)dan tuzilgan yaxlit pedagogik jarayondir: 1-motiv-maqsad (M.M.); 2-talabaning o‘quv-biluv faoliyati ( 0 ‘.F); 3-o‘zlashtirish faoliyatini boshqarish (B); 4 -ta ’limning natijasi (N).
Demak, oliy maktabda o ‘quv jarayoni ( 0 ‘.J)ni matematika tilida quyidagicha ifodalash mumkin: 0 ‘J=M .M + 0 ‘.F+B+N .
3. 0 ‘quv jarayoni qismlaridan har birida qanday maqsad (o‘quv vazifasi)ni bajarish nazarda tutilganiga qarab, ta ’limtarbiya jarayonining turli texnologiyalari hosil bo‘ladi. Bunday texnologiyalar soni juda ko‘p boMishi mumkin.
Ta’lim-tarbiya vazifasini bajarish qulay bo‘lishi uchun mavjud texnologiyalardan qaysi birini tanlash ma’lum mezonlar asosida amalga oshiriladi. Shuni esda tutish
lozimki, ta ’limning maqsadi (o‘quv-biluv vazifasi) va o ‘quv jarayoni o'zaro bir-biriga aynan mos bo‘lishi kerak, ya’ni har bir didaktik maqsadga ma’lum bir ta ’lim-tarbiya jarayonida (darsda) erishish mumkin bo‘lgan o ‘quv vazifasi qo‘yilishi zarur.
4. Pedagogik texnologiyani amaliyotda qo'llash paytida moslik va jadallik prinsiplariga rioya qilinadi.
Moslik prinsipi — ta’lim-tarbiya jarayoni talabaning bilim o‘zlashtirish qobilyati, xotirasi va aqliy kuchlari o ‘sishiga mos kelishini nazarda tutadi. Bilim oluvchining o ‘qishga bo‘lgan xohish va qiziqishi moslik prinsipining ko‘rsatkichi
hisoblanadi.

Download 24,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish