6. Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasiga ko‘ra, bilim o‘zlashtirish jarayoni talabaning o‘quv-biluv faoliyati sifatida qaraladi, aqliy harakatlar (amallar) shaklida ijro etiladi, u har bir mashqda (o‘quv vazifasini bajarishda) bitta yoki bir nechta aqliy amallardan iborat bo‘lib, ma’lum izchillikda bajariladi:
a). Bilim o‘zlashtirish paytida talabaning dastlabki mo‘ljal harakati (M.H.) bajariladigan o‘quv ishining qoida, usullarini va shu qoidaga binoan o‘quv vazifasini bajarishni mo‘ljallab olishdan iborat.
Ta’lim nazariyasida o'quv vazifasini bajarish uchun aqliy amallar (harakatlarni) qanday tartibda, qaysi izchillikda bajarish tavsiya etiladi (maxsus kartochka yoki qo‘llanmada). Bu kartochkalar (qo‘llanmalar) yordamida talaba aqliy amallarni bajarib, o‘quv materialini o‘zlashtira boradi. Aqliy harakatlarni bu tariqa moddiylashtirish darslikda matn, karta, sxema tarzida berilishi ham mumkin.
b). Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasida talabaning ijrochilik faoliyati (I.F.) o ‘quv-biluv harakati turli shakllarining izchil, bosqichma-bosqich almashinuvi shaklida bo'ladi, ya’ni tashqi moddiy harakatlar (M.H.)dan boshlanib, ichki va tashqi nutq (N.) orqali, aqliy harakatlar (A.H) shaklida tashkil etiladi. Algoritmik harakatlarning bu ko‘rinishini matematika ko‘rinishda
quyidagicha ifodalash mumkin: IF=MH+N+AH.
7. Bixeviorizm ta ’limotiga ko‘ra bilim o‘zlashtirishning umumiy formulasi tubandagicha: S —> R —> P. Bunda, S—stimul, harakat qilishga undovchi sabab yoki harakat qilish lozim bo‘ladigan vaziyat, ya’ni o ‘quv vazifasini bajarishning shartlari, savol, signal kabilar stimul bo‘lishi mumkin.
R — reaksiya, ya’ni stimulga javob harakati, savolga javob berish, sharti bo'yicha masalani yechish, jismoniy harakat kabilar reaksiya hisoblanadi.
R—javob harakatining to ‘g‘riligini ma’qullash, rag‘batlantirish, ish-harakat to ‘g‘ri bajarilganini tasdiqlash, moddiy yoki ma’naviy rag‘batlantirish yo‘li bilan bildiriladi. Bixevioristlarning fikricha, bolaga ta ’lim berayotganda og‘zaki ma’qullash, baho (ball) qo‘yish; bosh, qo‘l, ko‘z harakati bilan tasdiqlash kabilar shunga kiradi.
R—ma’qullash, rag‘batlantirish bixevioristlar hayvonlar ustida tajriba o‘tkazib ishlab chiqqan o‘zlashtirish formulasida juda muhim hisoblanadi. Hayvonlarga turli harakatlarni bajarishni o‘rgatishda u juda qo‘l keladi. Lekin insonga nisbatan bu xulosani absalyutlashtirishga ayrim olimlar shubha bilan qaraydilar. Shunga qaramay bixevioristlarning ta’lim jarayonida har bir amal bajarilishini nazorat qilib va ta ’lim etaplarida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatib borish zarurligi haqidagi xulosalari ta ’lim nazariyasi hamda amaliyoti uchun muhimdir. Bu xulosani ular ta ’lim prinsipi darajasigacha ko‘taradilar. Shu qoida asosida ular dasturlashtirilgan ta ’lim metodikasini ishlab chiqdilar. Unga ko‘ra har bir o‘quv matnini quyidagi qoidaga binoan tuzishni taklif etadilar:
— S — R birikmasi (birligi)da esda qoldirish uchun o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga ajratish;
— o‘quv elementlarini faoliyatda (harakatda)gi har xil ko‘rinishlarda qarab chiqish, ya’ni shu o ‘quv matnidagi barcha birikmalarni aniqlash;
— nazorat
— tuzatish amali yordamida javob harakati to ‘g‘riligini aniqlab darhol ma’qullash, rag‘batlantirish;
— har xil mashqlarni ko‘p bajartirish, takrorlash yo‘li bilan -S — R birikmasini talaba o‘zlashtirishning yuqori koeffitsiyenti (kamida K=0,95) daijasida egallashiga erishish.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1. O'quv jarayoni tushunchasining mohiyati, vazifasi nimalardan iborat?
2. 0 ‘quv jarayoni qanday qismlardan tuziladi?
3. Motiv, talabaning o‘qish motivlari atamalari nimalarni anglatadi? Motiv hosil qilish yo‘llarini ayting.
4. Faoliyat, pedagogik faoliyat, talabaning o‘quv-biluv faoliyati tushunchalarining ta’rifmi ayting.
5. Bilim o ‘zlashtirish talabaning o‘quv-biluv faoliyati bilan uzviy bog‘liqligi qonuniyatini izohlang. Faoliyatlj yondashuv nima?
6. Reproduktiv va mahsuldor faoliyat tushunchalari nimani bildiradi?
7. Bilim o'zlashtirish darajalari deganda, nimalar tushuniladi?
8. Talabaning o‘quv-biluv faoliyati qanday bosqich (etap)lardan iborat?
9. Bilim o‘zlashtirish jarayonini boshqarish nima uchun zarur? Ta’lim menejeri tushunchasi nimani anglatadi?
10. Bilim o ‘zlashtirish jarayonini boshqarish usullarini ayting.
11. Qanday ta ’iim nazariyalari mavjud?
12. 0 ‘quv-biluv harakatlari algoritmi tushunchasi nimani bildiradi?
13. Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasining mohiyatini va algoritmik formulasini ayting.
14. Bixeviorizm ta’limotiga ko‘ra o‘zlashtirishning umumiy formulasi nimadan iborat? Unga binoan talabaning o ‘quv-biluv faoliyati qanday tashkil etiladi?
Adabiyotlar.
1. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi, 2000, 23-32-betlar.
2. Беспалко В.П. Слагаемые педагогические технологии. М. 1989, 96-110-стр.
3. Фарберман Б.Л. Прогрессивные педагогические технологии. Ташкент, 1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |