3-Mavzu oliy maktabda o‘quv jarayoni reja: 1, Talabaning o‘qish motivlari 2, Talabaning o‘quv biluv faoliyati



Download 24,74 Kb.
bet2/6
Sana21.07.2022
Hajmi24,74 Kb.
#834362
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mavzu

Jadallik prinsipi — o‘quv-biluv vazifasini tezroq va yuqoriroq darajada ro‘yobga chiqarishni, oz vaqt va kam kuch sarflab, ko‘proq samaraga erishishni nazarda tutadi. Talabaning bilim o ‘zlashtirish tezligi jadallik prinsipining ko‘rsatkichi hisoblanadi.
II. Talabaning o‘qish motivlari
1. Motiv — kishini biror ish-harakatni bajarishga undovchi ichki ruhiy kuch, da’vat, turtki hisoblanadi. Motiv atamasi ehtiyoj, intilish, mayl, qiziqish kabi ma’nolarni ham anglatadi. Pedagogik, psixologik adabiyotlarda ta’kidlanganidek,
agar o‘quv ishi (o‘quv-biluv vazifasi) talaba uchun biror shaxsiy va ijtimoiy qimmatga ega bo‘lsagina, kishida unga qiziqish, motiv uyg‘onishi va ta ’limning maqsadi talabaning o‘z ehtiyojiga aylanishi mumkin. Professoro'qituvchilar
talabada o‘qishga motiv hosil qilishga intilishlari, ta ’lim jarayonini mavjud motivlarni hisobga olib va rivojlantirib tashkil etishlari, boshqarishlari zurur.
2. Biror ish-harakatga, faoliyatga motiv hosil qilish — murakkab ruhiy jarayon. Motivlarni shakllantirish malakasi individual-shaxsiy xususiyatga ega bo‘lib, ta ’limning maqsadi, shart-sharoiti, vaziyati bilan o ‘qishni tashkil etish shakllari,
usullari mutanosibligini taqozo qiladi.
3. Talabada bilim egallashga intilish (motiv) uyg‘otish — ilg‘or, ijodkor o‘qituvchilarga xos xususiyatdir. Kishida o ‘qishga motiv hosil bo‘lgani (mavjudligi)ni ko‘rsatuvchi muhim belgilardan biri — o ‘quv topshirig‘ini bajarishga tezda va astoydil kirishib ketishi, o‘qishga bo‘lgan qiziqishining
barqarorligidir. Talabaning bilim olish motivlari kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi mumkin. Motivlar o ‘z-o‘zidan paydo bo‘lavermaydi. Motiv hosil qilishning turli yo'llari, usullari mavjud.
4. Motiv hosil qilishning oddiy usullaridan biri — o‘quv mashg‘uloti yoki darslikdagi matnning qiziqarligidir. ≪Qiziqarli fizika≫, ≪qiziqarli kimyo≫, ≪mo‘jizasiz mo‘jiza≫ kabilar bunga misol bo‘la oladi. Demak, talabada shu fanni
o ‘rganishga motiv hosil bo‘lishi uchun professor-o‘qituvchi, avvalo, o‘quv mashg‘ulotini qiziqarli, faol shakl-usullarda tashkil eta bilmog‘i lozim.
5. 0 ‘quv mashg‘ulotlari jarayonida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish yoki shu fanni, mavzuni o ‘rganishda talaba uchun shaxsiy qimmatli, ahamiyatli 0‘quvbiluv vazifalarini qo‘ya bilish — motiv hosil qilish yo‘llaridan
biridir. Talaba o ‘zi tanlagan kasbini chuqurroq, puxtaroq egallashi, kelajakda raqobatbardosh mutaxassis, jamiyatda obro‘li kishi boMishi uchun bu predmetni yaxshi, mukammal egallashi zarurligini anglashi ham motiv hosil qilishning
muhim usullaridan hisoblanadi.
6. Ta’limning maqsadi real, aniq va diagnostik bo‘lishi — motiv hosil qilishning muhim omillaridan hisoblanadi. 0 ‘qitish va bilim 0‘zlashtirishning maqsadi mavhum, noaniq bo‘lsa, talaba o ‘qishga, bilim egallashga qiziqmay qo‘yadi. Domlalar, ota-onalar uning o ‘qigisi kelmaydi deb nolib yuradilar. Aslida bu, talabada motiv hosil bo‘lish darajasi bo'shligidan dalolatdir. Bunday vaziyatda talaba professor o‘qituvchining talablarini to‘g‘ri tushunmay, o‘quv topshiriqlarini hafsalasiz, nomigagina bajarib yuradi.

Download 24,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish