IV. 0 ‘quv- biluv faoliyatini boshqarish nazariyalari 1. Talabaning o ‘quv-biluv faoliyati, bilim o‘zlashtirishining sifati quyidagi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bosqichlardan iborat:
—o ‘quv vazifasini to‘la idrok etish;
— o ‘quv vazifasini anglash, o‘quv elementlarining muhim belgilari va aloqalarini umumlashtirish;
— o‘quv materialini esda saqlash, aytib berish;
— bilimlarini amaliyotda va boshqa o‘quv vazifalarini bajarishda qoMlash.
2. 0 ‘quv-biluv faoliyatini boshqarish zarurligi insonning bilimni (o‘quv-vazifasini) o ‘zlashtirish xususiyatidan kelib chiqadi. Ayrim talabalar o‘quv materialini idrok etishlari bilanoq, ya’ni o‘zlashtirishning quyi darajasida 0,5 koeffitsiyentida (K-I=0,5 boMganda) yoq ≪bilib oldim≫ deb hisoblaydilar, aldanish sodir bo‘ladi va bunda talabaning keyingi o‘quv-biluv faoliyati samarasiz bo‘ladi. Shuning uchun ham mo‘ljallangan barcha ish-harakatlami talaba to ‘liq bajaiganini, o‘zlashtirish sifatini nazorat qilib borish, bajarish amallarida yo‘l qo'yilgan xatolami o‘z vaqtida, tuzatib borish zarur.
3. Bilim o‘zlashtirish jarayonini boshqarishning eng oddiy usuli o‘zlashtirish sifatini test savollari (topshiriqlari) vositasida vaqti-vaqti bilan nazorat qilib, tekshirib borishdir: har bir mavzuni o'rganayotganda nazorat vaqti va usuli (test,
amaliy ish kabilar) oldindan belgilab qo‘yilishi, ya’ni o‘quv jarayonining natijasi standartlashtirilishi, shu bilan birga o‘qituvchining ijodiy ishlash imkoniyati ham saqlanishi lozim.
4. Bilim o‘zlashtirish jarayonida talaba bajaradigan ishharakatlar turli ta’lim nazariyalariga binoan o ‘qituvchining tushuntirishi yoki darslikdagi ko‘rsatmaga asoslanadi.
0 ‘qituvchi qaysi nazariyaga asoslanayotganini, ko'pincha, o ‘zi aniq ayta olmasligi mumkin. Pedagogika, psixologiya fanlarida quyidagi ta’lim nazariyalari mavjud:
— rivojlantiruvchi ta’lim;
— muammoli ta’lim;
— dasturlashtirilgan ta’lim;
— o‘quv faoliyatini faollashtirish nazariyasi;
— aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi;
— bixeviorizm ta’limoti;
— oddiy niuloqot nazariyasi va boshqalar.
Zamonaviy ta ’lim nazariyalari ni tahlil qilish va taqqoslash o‘quv-biluv faoliyatining umumiy formulasini aniqlashga imkon beradi.
5. 0 ‘quv-biluv faoliyatining umumiy formulasi 0‘zlashtirishning (ta’limning) turli nazariyalari va faraziyalariga 1 binoan bajariladigan izchil harakatlar tizimidan iborat, ya’ni bo‘lak-bo‘lak o'quv-biluv harakatlarining izchilligi — shu nazariya asosida bajarish algoritmini hosil qiladi. 0 ‘quv-biluv harakatlarini bajarish algoritmining har bir qismi o‘quv jarayonida o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha qat’iy
qoidalarga binoan bajariladigan izchil harakatlardir. Harakatlarning har biri va uning mazmuni bilim o‘zlashtirish jarayoni asoslanadigan nazariyaga bog'liq. Bilim o‘zlashtirish nazariyasini tanlash usuli va sifat mezoni — o‘qituvchining
o‘qitish faoliyati uchun mo‘ljal bo‘lib, uning pedagogik texnologiyasi (mahorati)ni tavsiflaydi. Quyida ta ’lim nazariyalaridan ikkitasini (aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasini va bixeviorizm ta ’limotini) algoritmlar shaklida ifodalab keltiramiz.