3. To‘lovlar manbasi.
Dividendlar joriy yil uchun sof foydadan to‘lanadi. Dastlab imtiyozli aksiyalar bo‘yicha, so‘ngra – oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar buning uchun maxsus tashkil qilingan fondlar hisobidan to‘lanishi mumkin.
4. Davriylik. Qonunga muvofiq, jamiyat dividendlarni har chorak (birinchi chorak, olti oy, to‘qqiz oy yakunlari bo‘yicha) yoki bir yilda bir marta to‘lashi mumkin.
5. Muddatlar. Dividend to‘lovlari jarayoni standart bo‘lib, bir necha bosqichda bo‘lib o‘tadi.
A) Kim dividend olish huquqiga ega ekanligini aniqlash uchun eks-dividend sana belgilanadi: aksiyalarni shu sanagacha xarid qilgan shaxslar o‘tgan davr uchun dividend huquqiga ega bo‘ladi; aksiyalarni shu kuni va keyinroq xarid qilgan shaxslar bunday huquqqa ega emas.
B) ro‘yxatga olish (reestrni yopish) sanasi – e’lon qilingan dividendlarni olish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatdan o‘tkaziladigan kun. Bu sanaga maxsus hujjat – dividend olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati tuziladi. U aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini chaqirish haqida qaror qabul qilganda Direktorlar Kengashi belgilab beradigan sanaga tuziladi. Bu sana haqida axborot aksiyadorlarga u belgilangan sanadan besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ma’lum qilinadi (ushbu axborotni kompaniya saytidan olish eng qulay hisoblanadi). Xuddi shu sanaga jamiyatda yana bir hujjat – umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati tuziladi.
V) Dividendlar e’lon qilish sanasi – bu Direktorlar Kengashi dividend to‘lovlari, ularning hajmi, ro‘yxatga olish sanasi va to‘lov sanasi haqida qaror qabul qiladigan kun. Dividend to‘lovlari sanasi jamiyat nizomida yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi. Agar na nizomda, na aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan bunday sana belgilangan bo‘lmasa, to‘lov muddati to‘lov haqida qaror qabul qilingan kundan boshlab 60 kundan oshmasligi lozim.
Bu sana ikkilamchi bozorda aksiyaning kurs qiymatini aniqlash uchun ham muhim (dividend e’lon qilingan paytda aksiyaning ikkilamchi bozordagi narxi, qoidaga ko‘ra, dividend hajmiga pasayadi).
G) to‘lov sanasi – bu dividendlarni amalda to‘lash amalga oshiriladigan kun.
6. Cheklovlar.
Jamiyat quyidagi hollarda dividend to‘lovlar haqida qaror qabul qilmaslikka haqli, agar:
1) nizom kapitali to‘liq to‘lanmagan bo‘lsa;
2) bunday qaror qabul qilish paytiga u bankrot alomatlariga javob bersa yoki to‘lov natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lsa;
3) jamiyat o‘z aksiyalarini qayta xarid qilish haqida qaror qabul qilgan va bu ish hali yakunlanmagan bo‘lsa;
4) jamiyatning sof aktivlar qiymati uning nizom kapitali, zaxira fondi va joylashtirilgan imtiyozli aksiyalar tugatish qiymati bilan ularning nominali o‘rtasidagi farq yig‘indisidan kichik bo‘lsa yoki dividend to‘lovlari natijasida bu summadan kichik bo‘lib qoladigan bo‘lsa.
Dividendlar quyidagi holatlarda e’lon qilinishi va to‘lanishi mumkin emas:
1) ular bo‘yicha dividend hajmi belgilanmagan oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha, agar ular bo‘yicha dividend hajmi aksiyadorlik jamiyatining nizomida belgilangan imtiyozli aksiyalarning barcha turlari bo‘yicha dividendlarni to‘liq hajmda to‘lash haqida qaror qabul qilinmagan bo‘lsa; 2) dividend hajmi nizomda belgilangan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha, agar to‘lovlar navbatliligida ular bilan taqqoslaganda ustunlikka ega bo‘lgan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘liq hajmda to‘lash haqida qaror qabul qilinmagan bo‘lsa;
3) ularga egalik huquqi unga o‘tgan aksiyalar (g‘aznachilik aksiyalari) bo‘yicha dividendlar hisoblanmaydi.
Agar dividendlar e’lon qilingan bo‘lsa, jamiyat ularni to‘lashdan bosh tortishga haqli emas. Iqtisodiy vaziyat yaxshilanganidan so‘ng jamiyat e’lon qilingan dividendlarni to‘lashga majbur.