3-mavzu. Obligatsiyalar bozori. Aksiyalar bozori. Reja: 1.Obligatsiyalar muomalasi nazariy jihatlari
2. Obligatsiyalar qiymati va daromadliligini baholash 3. Aksiyalarning qoʻllanishi va aksiyalar bozori oʻziga xos xususiyatlari.
4.Акциялар таснифи
1.Obligatsiyalar muomalasi nazariy jihatlari Qimmatli qog‘ozlar bozorining, umuman moliya bozorining muhim instrumentlaridan biri obligatsiyalar hisoblanadi. Obligatsiya - uni chiqargan shaxs va egasi o‘rtasidagi qarz munosabatni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra: obligatsiya - obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bodgan huquqini yohud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Obligatsiya uning egasiga obligatsiyaning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foiz bo‘yicha daromadni olish huquqini belgilaydi. Obligatsiya bo‘yicha daromad foiz yoki diskontda ifodalanadi.
Shunday qilib, obligatsiya - o‘z ichiga ikkita quyidagi asosiy elementni mujassamlashtirgan qarzni ifodalovchi qimmatli qog‘ozdir:
emitent majburiyati obligatsiya egasiga obligatsiya nominal qiymatidan kelib chiqqan holda qat’iy belgilangan foiz todovlarini amalga oshirishi.
Aksiya va obligatsiya o‘rtasidagi prinsipial farq aksiya ulush munosabatini anglatishi, obligatsiya esa qarz munosabatini anglatishida namoyon bodadi. Bunda aksiyani sotib olgan investor kompaniya-emitentning mulkdoriga, ya’ni ulushidan kelib chiqqan egasiga aylanadi. Obligatsiya sotib olgan investor kompaniya- emitentning kreditoriga aylanadi. Bundan tashqari, aksiyadan farqli odaroq, obligatsiyaning muomalad bodish muddati qat’iy belgilangan va muddati kelganda so‘ndiriladi. Obligatsiya aksiyaga nisbatan afzallikka ega bodib, bu afzallik kompaniya tugatilganda birinchi navbatda obligatsiya bo‘yicha foiz todovlari, so‘ngra aksiya bo‘yicha devidendlar todanadi; emitent-kompaniya likvidatsiya yoki tugatilishi jarayonida mulkni taqsimlashda aksiyadorlar kompaniyaning barcha majburiyatlari shu jumladan, obligatsiyalar bo‘yicha qarz majburiyatlarini so‘ndirgandan keyin qolgan mulkdan ulush olishlari mumkin. Obligatsiya qarz instrumenti bodganligi sabali kompaniya emitent boshqaruvida qatnashish huquqini bermaydi.
Obligatsiyalar davlat hukumati, turli davlat organlari va munitsipalitetlar mablagdarni jamg‘arish instrumenti sifatida namoyon bodadi. Korxonalar ham qo‘shimcha moliyaviy mablagdarga zarurati yuzaga kelganda korporativ obligatsiyalar muomalaga chiqarishlari va joylashtirishlari mumkin.
Obligatsiyalarni chiqarish kompaniya-emitent uchun bir qator jozibador ahamiyatga ega: obligatsiya emissiyasi orqali kompaniya zarur mablagdarni kreditorlarning kompaniya moliyaviy ho‘jalik faoliyatiga aralashuvisiz jalb qilishi mumkin. Ammo, obligatsiya zayomlari orqali jalb qilingan mablagdarni kompaniya xuddi bank kreditlariga qo‘shimcha mablagdar sifatida ko‘rib chiqishi
zarur. Hatto fond bozori yuqori rivojlangan mamlakatlarda ham emissiya qilingan obligatsiyalar korxonalarning mablag‘larga bo‘lgan yalpi ehtiyojlarini qoplamaydi.Obligatsiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra qarz munosabatini bildirganligi sababli bank krediti tamoyillari ularga ham xosdir. Shuning uchun obligatsiyalar emissiyasini amalga oshirish huquqi faqat kredit layoqatiga javob beruvchi korxonalarga beriladi.
Respublikamizda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan obligatsiyalarni emissiya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” Qonunlariga asosan belgilanadi. Ushbu qonunlarga asosan aksiyadorlik jamiyatlari obligatsiyalarni emissiya qilishda quyidagi shartlarga amal qilishi zarur:
jamiyat qonun hujjatlariga va o‘z ustaviga muvofiq korporativ obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarishga hamda joylashtirishga haqli;
qimmatli qog‘ozlarni, shuningdek, korporativ va infratuzilma obligatsiyalarni chiqarish hujjatsiz shaklda chiqariladi;
emitentning korporativ obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali miqdori doirasida;
keyingi uch yilda rentabellik, todovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan emitentlar tomonidan chiqarilishi mumkin.
aksiyadorlik jamiyatlari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbai;
aholi va korxonalar uchun qo‘shimcha daromad olish manbai.
Obligatsiyalarning qodlanish doirasi kengligi sababli, ularni turlari va sifati
bo‘yicha tasniflash maqsadga muvofiqdir. Obligatsiyalarning keng tasnifini keltirish uchun respublikamiz obligatsiya bozoridagi obligatsiyalardan tashqari jahon moliya bozori va transmilliy korporatsiyalar amaliyotida keng qodlaniluvchi obligatsiyalar turlaridan ham foydalanamiz (3.1-jadval).