Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan ichki foydalanuvchilarga korxona, boshqaruv apparati xodimlari kiradi.
Korxona boshqaruv apparati xodimlari korxona faoliyati boshqaruviga va korxona oldiga qo’yilgan vazifalar bajarilishiga, belgilangan maqsadlarga erishilishiga to’liq javobgardirlar.
Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona boshqaruv apparati ikki asosiy omilga e’tibor bermog’i zarur:
3.3. Buxgalteriya hisobi bo’yicha xalqaro tashkilotlar
Bizning respublikamizda buxgalteriya hisobining tartibga solish huquqiga ega manbalar quyidagilardir:
- qonunchilik organlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy va qonuniy dalolatnomalar;
Moliya vazirligini Davlat statistika qo’mitasi bilan birga, hamda vazirliklar va tarmoqlar malakali mutaxassislari, professional jamoat tashkilotlari ishtirokida qabul qilgan me’yoriy dalolatnomalari va ko’rsatmalari.
1991 yilga kelib qo’mitada 79 ta davlatdan 106 ta professional buxgalteriya tashkilotlari a’zo bo’lib, asta-sekinlik bilan shu davlatlarga tatbiq etilayotgan 30 ta andoza ishlab chiqildi
Xalqaro amaliyotda buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solishni to’rt darajali tizimi ko’zda tutilgan.
Birinchi daraja – qonuniy dalolatnomalar, masalan, «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonun.
Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar yig’indisi, ya’ni buxgalteriya standartlari.
Uchinchi daraja – mamlakat va turli tarmoqlar bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritish yuzasidan takliflar, metodik qo’llanmalar.
To’rtinchi daraja – hisob siyosatini aniqlash va hujjat aylanishini tashkil etish yuzasidagi korxonada ishlab chiqilgan hujjatlarni keltirish mumkin.