Mamlakatimizning sub’ektlarida buxgalteriya hisobi 1996 yil 30 - avgustida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlangan "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga asoslanib tashkil etiladi. Konsepsiya - turli xil tarmoqqa tegishli xo’jaliklar, turli faoliyat ko’rinishlari, tashkiliy-huquqiy shakllarda buxgalteriya hisobini olib boruvchi va tashkil etuvchi asoslarni xarakterlaydi. Mustaqillik yillarida buxgalteriya hisobining rivojlanishiga nazar tashlar ekanmiz, unda uslubiy va tashkiliy jihatdan katta o’zgarishlar ro’y berganligini sezish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |