3-mavzu: Moliya tizimi Reja: Moliya tizimining sohalari va bug’inlari



Download 37,36 Kb.
bet1/3
Sana18.07.2022
Hajmi37,36 Kb.
#819618
  1   2   3
Bog'liq
moliya referat3


3-mavzu: Moliya tizimi
Reja:

  1. Moliya tizimining sohalari va bug’inlari

  2. YEtakchi xorijiy mamlakatlarning davlat Moliya tizimi




  1. Moliya tizimining sohalari va bug’inlari.

Jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va foydalaniladigan Moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmuiga Moliya tizimi deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va myetodlar tizimiga Moliya tizimi deyiladi. “Moliya tizimi” tuShunchasi keng ma’nodagi “Moliya” tuShunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan butunlay yangi bо‘lgan iqtisodiy va Moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi Moliya tizimining sohalari va bug’inlariga nisbatan ob’yektiv ravishda yangicha yondoShuvni taqazo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, Moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bо‘linadi:

  • davlat Moliyasi va mahalliy Moliya;

  • xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar Moliyasi.

О‘z navbatida, Moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkryet shakllari va myetodlariga bog’liq ravishda bir nyecha bug’inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat Moliyasi va mahalliy Moliya quyidagi bug’inlardan tashkil topishi mumkin:

  • Davlat byudjeti;

  • maqsadli nobyudjet fondlari;

  • davlat krediti.

Shuningdyek, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar Moliyasi quyidagi bug’inlardan iborat:

  • tijorat korxonalari va tashkilotlari Moliyasi;

  • Moliyaviy vositachilar Moliyasi;

  • notijorat tashkilotlari Moliyasi.

YUqorida kyeltirilganlarni sxemali kо‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:

1-sxema. Moliya tizimining sohalari va bug’inlari

Moliya tizimining alohida sohalar va bug’inlarga bо‘linishi YAIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’yektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va bug’iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning о‘ziga xos bо‘lgan shakllari va myetodlari tyegishlidir. Masalan, korxonalar Moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YAIMni yaratishga, uni korxonalar о‘rtasida taqsimlashga va YAIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining sosial guruhlari о‘rtasida qayta taqsimlanadi.


Moliya tizimi “Davlat Moliyasi va mahalliy Moliya” sohasining alohida bug’ini sifatida Davlat byudjeti о‘z ichiga quyidagilarni oladi:

  • respublika byudjeti;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar.

О‘z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetini hamda Qoraqalpog’iston Respublikasiga bо‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bо‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini о‘z ichiga oladi. Shuningdyek, tumanlarga bо‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bо‘ysunadigan shaharlari bо‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bо‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi.
Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti о‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak:

  • daromadlar bazasini (asosini) mustahkamlash asosida byudjet dyefitining darajasini kamaytirish;

  • mamlakat taraqqiyotining ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha byudjet xarajatlarini ryestrukturizasiya qilish;

  • byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish;

  • byudjet assignovaniyalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish.

Davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bо‘lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi Davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag’lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu sosial ta’minot, tekin sog’liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi Shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tyegishlidir. Bu fondlar mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan о‘ziga xos bо‘lgan shakllar va myetodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni Moliya tizimining “Davlat Moliyasi va mahalliy Moliya” sohasining alohida bug’ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir.
Mablag’lardan foydalanishning maqsadli yо‘naltirilganligi belgisi bо‘yicha davlat maqsadli fondlarini quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin:

  • sosial mо‘ljallangan (yо‘nalishga ega bо‘lgan) davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar);

  • tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bо‘lgan davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar).

Ayrim holatlarda (hollarda) hududiy yо‘naltirilgan (mо‘ljallangan) davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) tashkil qilinishi (shakllantirilishi) mumkin.
Davlat maqsadli fondlari Moliya tizimi “Davlat Moliyasi va mahalliy Moliya” sohasining alohida bug’ini sifatida quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:

  • Respublika yо‘l fondi;

  • О‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash davlat qо‘mitasining maxsus hisob varag’i;

  • Ish bilan ta’minlashga kо‘maklaShuvchi davlat fondi;

  • О‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pyensiya fondi.

Davlat maqsadli fondlarida katta miqdordagi mablag’larning tо‘planganligi sharoitida davlat Moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag’lardan samarasiz foydalanishga va turli-tuman su’istyemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat Moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni Davlat byudjetiga jamlash (konsolidasiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda jamlangan (konsolidasiya qilingan) fondlarning maqsadli yо‘nalishi о‘zgartirilmasdan saqlanib qolishi ta’minlanishi lozim.
Davlat krediti Moliya tizimi “Davlat Moliyasi va mahalliy Moliya” sohasining о‘ziga xos bug’ini hisoblanadi. Uning о‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag’larni jalb qilish bо‘yicha Moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, Yuridik va jismoniy shaxslar о‘rtasidagi pul munosabatlarining о‘ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat , asosan, mablag’larni qarzga oluvchi va Shuningdyek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi.
Davlat kreditida miqdoriy jihatdan mablag’larni qarz oluvchi sifatida davlatning faoliyati ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi opyerasiyalari, ya’ni davlat Yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bо‘lganda, ancha torroqdir (tor doiradadir). Shunday bо‘lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan Moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va tо‘lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin.
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat о‘z daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan Yuqori sur’atlarda о‘sishi bilan bog’liq bо‘lib, bu narsa byudjet defisiti sharoitida Rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va Moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan о‘zaro bog’liq holda amalga oshirilishi Moliya tizimining “Davlat Moliyasi va mahalliy Moliya” bug’ini tо‘g’risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng mo’noda hamda uni zamonaviy tuShunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham о‘z tarkibiga qо‘shmog’i lozim.
Xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar Moliyasi Moliya tizimining mustaqil sohasidir. Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar Moliyasi dyeb ham atash mumkin. Moliya tizimining ana Shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir oqibatda davlat tomonidan о‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning о‘zida byudjet (Moliyaviy) mablag’lar(i)ning katta qismi tо‘g’ridan-tо‘g’ri byudjetdan Moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investision faoliyatlarini Moliyalashtirishga yо‘naltirilishi mumkin.
YUqorida qayd etilganidyek, Moliya tizimining bu sohasi tijorat korxonalari va tashkilotlari Moliyasi, Moliyaviy vositachilar Moliyasi va notijorat tashkilotlar Moliyasi kabi bug’inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning Moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shaklantirish, mulkka egalik qilish, о‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog’liq ravishda о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning о‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari Moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan Shu yerda Moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakatning umumiy Moliyaviy ahvoli ana Shu korxonalar Moliyasining ahvoli bilan belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar о‘zlarining faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari о‘z daromadlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va sosial rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi.
Bu soha korxonalari real ravishda Moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni sotishdan olingan tuShumni ularning о‘zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, о‘zlarining ixtiyoriga kо‘ra foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va sosial fondlarni shakllantiradilar, Moliyaviy bozorning resurslaridan – bank kreditlari, obligasiyalar emissiyasi, dyepozit syertifikatlari va Moliyaviy bozorning boshqa instrumyentlari – foydalangan holda investisiyalashtirish uchun zarur bо‘lgan mablag’larni qidirib topadilar.
Korxonalar davlatning mayda-chuyda aralaShuvidan ozod bо‘lib, Shu bilan birgalikda, ishning iqtisodiy va Moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshirilgan.
Bir vaqtning о‘zida mamlakatning xо‘jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat bо‘lib, aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat kо‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznyes-sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa syektorlari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yо‘naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat syektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bо‘lgan va nisbatan Yuqori sur’atlarda о‘sib borayotgan notijorat syektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat syektori tashkilotlarining Yuqori sur’atlarda tyez о‘sib borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni dyemokratlashtirish siyosiy jarayonlarining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtisodiyotining sosial yо‘naltirilganligi (bu narsa bizning mamlakatimiz uchun xarakterlidir) bilan bog’liq.
Notijorat tashkilotlari Yuridik shaxs bо‘lib, foyda olish ularning asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar о‘rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga sosial, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog’liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni yechish, Yuridik xizmatlar kо‘rsatish va Shunga о‘xshash boshqa maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat tashkilotlarining oldiga qо‘yilgan maqsadlar xilma-xil bо‘lganligi uchun bu syektor о‘zining ham juda keng va rang-barang bо‘lishi, tabiiydir. Notijorat syektorning bir guruh korxonalari, asosan, о‘z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat syektor faoliyatining masshtablari bir-biridan farq qiladi. Biroq, bir nyecha miqdoriy tavsifnomalarning (kо‘rsatkichlarning) tahlili, yaxlit olinganda, bu syektorning taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Ana Shunga о‘xshash tavsifnomalarga (kо‘rsatkichlarga) quyidagilarni kiritish mumkin:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish