3-Mavzu. Menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi. Reja



Download 1,42 Mb.
bet12/17
Sana01.11.2022
Hajmi1,42 Mb.
#859135
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
3 mavzu

Boshqaruvning empirik ta`limi. Bu ta`lim nazariyasi firma, tashkilotlar bilan aniq boshqaruv tajribasi asosida menejment usulini takomillashtirish, o`rganish va uni keyinchalik tarqatish yotadi. Bundan ta`limning nomi kelib chiqadi – empirik (empirik-tajriba). Uning vakillari E.Peterson, G.Saymon, P.Druker, R.Devis, A.Chandler, E.Deyl va boshqa olimlardir. Empirik ta`limning dunyoga kelishida ilmiy menejmentni va inson munosabatlari ta`limining bir qator qoidalarini yetarli darajada ishlatilishi sababdir. Empirik ta`limning tarafdorlari nazariy tamoyillarning ahamiyatini inkor qilmagan holda eng muhimi boshqaruv tajribasini bevosita tahlili deb hisobladilar. Boshqaruvni o`rgatishning maxsus usullari boshqaruvning aniq vaziyatlari asosida ishlab chiqilgan edi. Bu kabi tahlil, ularning fikricha, ushbu vaziyatga to`g’ri keladi. Empirik ta`lim firma ichidagi menejment amaliyotiga o`zining salbiy ulushini qo`shdi. U boshqaruv tarkibiga vazifaviy xizmatlarni tashkil etishda, muntazam xizmatlarda, texnik va axborot ta`limi tizimlarida va boshqalarda kimmatbaho tavsifnomalar berdi. Menejerlarni samarali o`qitish usuli bo`yicha katta izlanishlar olib borildi, amaliyotga esa yangiliklar kiritildi. Misol sifatida «Jeneral Motors» firmasining prezidenti bo`lgan A.Sloun tomonidan tashkil qilingan maxsus menejerlash tayyorlash Markazini keltirish mumkin. O`z asoschisining nomi bilan ataluvchi «Sloun ta`limi» hozirgi davrda dunyoga mashhur boshqaruv xodimlarini tayyorlovchi markaz hisoblanadi.
Empirik ta`lim vakillari bir qator muammolarni oldinga surishdi, so`ng 70-80 yillarda ular dolzarb bo`lib qoldi. Shulardan quyidagilarni keltirish mumkin:

      1. Ta`lim maskani boshqaruvni markazlashtirish va nomarkazlashtirish masalasiga salmoqli diqqat-e`tibor qaratdi.

      2. Maqsadli boshqaruvni joriy etilishida hamkorlik qildi.

      3. Empirik ta`lim boshqaruv vazifasini turkumlash muammosi; rahbar xodimlar mehnatini tashkil qilish bilan shug’ullangan.

Empirik ta`lim izlanuvchilari menejmentni kasblantirishni, ya`ni boshqaruv mehnatini muhim va alohida kasbga aylantirishni tasdiqlab keldilar. Kasbiy boshqaruvning birinchi xususiyati – menejerni barcha mavjud resurslardan bir butun yaratishdan va foydalanishdan iboratdir. Ikkinchi xususiyati – bu qaror qabul qilishda mo`ljalni tashkilotning kelajagiga qaratishdir.
«Menejment» tushunchasi empirik ta`lim vakillarining izlanishlarida ikkita ma`noda ko`riladi: keng va tor ma`noda. Keng ma`noda ijtimoiy nuqtai-nazardan menejment bu texnika yoki insonga xos moyillikni taraqqiy toptirish va guruhni shakllantirish usulidir. Guruhning qanday bo`lishiga qaramay u o`zining xususiy menejmentiga ega bo`lishi kerak. Bu ta`limga asos soluvchilar E.Peterson va E.Ploumenning fikriga ko`ra menejment qo`l ostidagilarga rahbarlik qilishdagi va u orqali insonning asosiy intilishini qoniqtiradigan jarayon deb bilish mumkin. Menejment rahbarlikni hukumatni o`ziga qabul qilish bilan, vazifalarni taqsimlash va ushbu tashkilotdagi odamlarini barcha hatti-harakati haqidagi hisobotni o`rnatilishi bilan qabul qiladi.

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish