Aflotun
(eramizdan avvalgi
428-394 yillar)
Boshqaruv – quldorlar tomonidan qullarni boshqarish san’ati.
Konfutsiy
Davlatni shafqat, saxovat ila boshqarish usulini yatargan. Davlatni to’g’ri boshqarmoq uchun hukmdor-hukmdorligicha, amaldor – amaldorligicha, ota – otaligicha, o’g’il – o’g’illigicha qolmog’I lozim.
Boshqaruvda jamiyat aholisini uch guruhga ajratgan:
ABU ALI IBN SINO (980-1037)
Abu Nasr Forobiy qarashlarida jamiyat boshqaruv san'atini quyidagi 2 ga:
1) nazariy (boshqaruvning asosiy usuli va qonun haqida);
2) amaliy (davlatni idora etish) haqida gapirib o'tadi.
Jamiyatda qaror toptirishga qaratilgan.
Taxt otadan bolaga meros bo'lib o'tishini qoralaydi.
Keyinchalik, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishi bilan, bunday ishlarga xos bo’lgan samarasizlik aniqlandi. Uning o’rnini yangi burjua davridagi yollanma mehnat tizimi egalladi. Bu mehnatni boshqarishda moddiy rag’batlantirish va iqtisodiy dastaklardan foydalanib, mutlaqo boshqacha, bilvosita majburlash mexanizmidan foydalanishga asoslangan edi. 250 yil oldin G’arbiy Evropaning bir qator mamlakatlarida paydo bo’lgan tijorat kapitalizmi mutlaqo boshqacha asosga ega edi - pul kapitali. Kapitalizm sharoitida majburiy mehnatning to’g’ridan-to’g’ri va qo’pol shakllari o’rniga hamma joyda o’lchov qiymatlari almashinuvi asosida harakat qiladigan, rasmiy shaxsiy mustaqillikni va almashinuv taraflarining teng huquqliligini anglatuvchi bozor mexanizmi shakllantirildi va qo’llanildi.
Bu davrning boshqaruv sohasidagi asosiy, mohiyatan inqilobiy o’zgarishi, kapital-mulkni kapital-funktsiyadan, boshqaruvni mulkdan ajratish, professional boshqaruvning paydo bo’lishi edi.
Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor – mulk egasi ishlab chiqarishni o`zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo`lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo`lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi va boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e`tibor berila boshlandi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillushuvi, ishlab chiqarishning keskin o`sishi boshqarishni murakkablashtirib yubordi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to`g’risidagi ilm, fan vujudga keldi.
Boshqaruv amaliyoti qadimgi davrlardan boshlab, XX asrgacha rivojlanib kelgan bo’lsa-da, ehtimol hech kim tizimli boshqarish haqida o’ylab ko’rmagandir. Odamlar asosan ko’proq pul ishlash, siyosiy hokimiyatga ega bo’lish bilan qiziqishdi, lekin tashkilotlarni qanday boshqarish bilan emas.
XIX asr boshida ingliz tadqiqotchisi R.Ouen ko’p vaqtini boshqa odamlarning yordami bilan tashkilot maqsadlariga erishish muammolariga bag’ishladi. U ishchilarni munosib uy-joy bilan ta’minladi, ularning mehnat sharoitlarini yaxshiladi, ish natijalarini baholash tizimini ishlab chiqdi va qo’shimcha to’lovlar orqali yaxshi ishlarni rag’batlantirdi. Ushbu islohotlar insonni voqelikni idrok etishining mohiyati va rahbarlik roli uchun o’ziga xos yangilik bo’ldi. Ammo, shunga qaramay, o’sha davrdagi ishbilarmonlar R.Ouenning islohotlarida sog’lom fikrni kamroq ko’rishdi, ularning boshqaruvga qiziqishi bo’lmaganligi sababli, ulardan hech biri uning namunasiga ergashmadi.
O’z maqsadlariga yanada samarali erishish uchun tashkilotni tizimli ravishda boshqarish mumkinligi haqidagi tushuncha bir vaqtning o’zida paydo bo’lmagan. Bu tushuncha uzoq vaqt davomida, XIX asrning o’rtalaridan boshlab XX asrning 20-yillariga qadar rivojlandi. Shu munosabat bilan, XIX-XX asrlar oralig’ida menejment inson bilimlari, ilm-fanning mustaqil sohasiga aylandi, deb sanaladi.
Ta’kidlash joizki, 1881 yilda amerikalik Jozef Varton birinchi marta kollejda o’qitish uchun boshqaruv kursini ishlab chiqib, talabalarga, bo’lajak muhandislarga «menejment fanlari kursini» o’qishni taklif qildi. 1886 yilda Genri R. Taun menejmentning ilmiy asoslarini kasbiy faoliyat sifatida rivojlantirish zarurligini e’lon qildi. Shunga qaramay, menejmentning fan sifatida paydo bo’lish davri XX asrning boshlari hisoblanadi, bunda AQShda Frederik Teylor, Frantsiyada Anri Fayol’ va Germaniyada Valter Ratenau mehnatni ilmiy tashkil etish bo’yicha o’zlarining birinchi asarlarini nashr etishdi. Shunday qilib, amerikalik muhandis F.Teylor 1911 yilda o’zining ‘Ilmiy menejment tamoyillari” kitobini nashr etdi. Ushbu kitob katta qiziqish uyg’otdi va unda boshqaruv birinchi bor ilm-fan va mustaqil tadqiqot sohasi sifatida tan olingan. Bular to’plangan tajribani ilmiy umumlashtirish va ilmiy boshqaruv asoslarini shakllantirishga urinish bo’lgan birinchi asarlar edi. Ular ommaviy ishlab chiqarish va ommaviy sotish kabi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, yirik korporatsiyalar va aktsionerlik jamiyatlari ko’rinishidagi yirik sarmoyaviy bozorlar va keng miqyosli tashkilotlarga ega bo’lgan sanoatni rivojlantirish ehtiyojlariga javob bo’ldi. Yirik tashkilotlar ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, barcha bo’lim va xizmatlarning, rahbarlar va ijrochilarning ilmiy asoslangan tamoyillar, me’yorlar va standartlarga muvofiq aniq va o’zaro bog’liq ishlashi uchun zaruriyatni his qildilar. Boshqaruvga qiziqishni kuchaytirgan asosiy kuch Angliyadagi sanoat inqilobi edi. Biroq, menejment tashkilotning rivojlanishi va muvaffaqiyatiga muhim hissa qo’shishi mumkinligi haqidagi g’oya birinchi bo’lib zamonaviy menejmentning vatani bo’lgan Amerikada paydo bo’lgan. XX asr boshlarida, jadal rivojlanish davrida, Qo’shma Shtatlar inson kelib chiqishi, millati bilan bog’liq qiyinchiliklarni yengib, tashabbuskorlik va shaxsiy kompetentsiyani namoyish eta oladigan yagona mamlakat edi. Millionlab evropaliklar Amerikaga ko’chib o’tdilar va shu orqali ulkan mehnat bozorini yaratdilar. Dastlab paydo bo’lgan vaqtdan boshlab, Qo’shma Shtatlar barcha xohlovchilar uchun ta’lim g’oyasini qat’iy qo’llab-quvvatladi, bu esa biznes va menejmentda turli rollarni bajara oladigan intellektual odamlar sonining o’sishiga yordam berdi. Transkontinental temir yo’llari Amerikani dunyodagi eng katta yagona bozorga aylantirdi. O’sha paytda biznesda davlat tomonidan tartibga solish deyarli yo’q edi, shuning uchun muvaffaqiyatli bo’lgan tadbirkorlar monopoliyaga aylandilar. Natijada boshqarish uchun rasmiylashtirilgan usullar talab qilinadigan yirik tarmoqlar va korxonalar tashkil etildi. Shunday qilib, menejmentning vujudga kelishi quyidagi asosiy shartlar bilan bog’liq:
• kapitalning organik tarkibi, mashinali ishlab chiqarishining rivojlanishi, boshqarishga talablarning ortib borishi, mulkdor va tadbirkorning boshqaruvning tobora ortib borayotgan qiyinchiliklariga dosh berolmasligi;
• bozor iqtisodiyoti sub’yektlarining ko’pligi, bozor hajmining o’sishi va aloqalarining mustahkamlanishi;
• boshqaruvga professional yondoshishni talab qiladigan raqobat rivojlanishi va bozor iqtisodiyotining beqarorligi;
• yirik korporatsiyalarning paydo bo’lishi, bu faqat ishchilarning maxsus apparati bajarishi mumkin bo’lgan boshqaruv ishlarining hajmi va murakkabligining oshishiga olib keladi. Korporatsiyada menejment mulk egasi-tadbirkorning o’zini o’zi boshqarishidan butunlay ajratilgan;
• aktsiyadorlar o’rtasida mulkning tarqalishi, buning natijasida aktsiyadorlik kapitalini boshqarish, foydani aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlash va boshqalar uchun yangi funktsiyalar paydo bo’ldi;
• tadbirkorlarning sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnologiyalardan foydalanishga bo’lgan urinishlari;
• qiziquvchan odamlar guruhi ishning eng samarali usullarini yaratish istagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |