3-Mavzu. Mehnat taqsimoti va kooperasiyasi
Reja
Mehnat taqsimoti va kooperasiyasining iqtisodiy mohiyati
Mehnat taqsimoti tushunchasi, asosiy turlari va formalari
Mehnat kooperasiyasi, mohiyati va turlari
Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi ishlab chiqarishda kishilarning mehnat faoliyatini tashkil qilish turlarini aniqlashning asosi bo’lib, unda xodimlar va bo’linma jamoalarining ixtisoslashuvini ta’minlash, ularning vakolatlari sohalarini aniq belgilash, shuningdek, umumiy ish qatnashchilarining o’zaro mos harakatlarini yo’lga qo’yish asosida mehnat samaradorligini oshirish masalalari hal etiladi. Shuning uchun ham u mehnatni ilmiy tashkil qilishning asosiy yo’nalishlaridan bo’lib hisoblanadi.
Demak, mehnat taqsimoti xodimlar mehnat vazifalarini aniq belgilab qo’yish va birgalikdagi faoliyat davomida ularni chegaralab ajratib qo’yishni anglatadi.
Mehnat kooperatsiyasi esa ishlab chiqarish jarayonida ko’p sonli xodimlarni birgalikda faoliyat yuritishini bildiradi.
Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi o’zaro bog’langan va bir-birini taqozo qiladi, chunki har bir xodimga aniq bir vazifani bajarishni biriktirish yo’li bilan uning mehnat qilish doirasi chegaralanadi, lekin bunda xodimlarning o’zaro munosabatlari oldindan belgilab beriladi.
Belgilangan vaqtda kam mehnat, energiya va moddiy boylik sarflab, yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish - mehnat taqsimotining maqsadi bo’lib hisoblanadi. Uning yordamida turli ishlarni bir vaqtda bajarish hisobiga ishlab chiqarish davri qisqaradi va mehnat ixtisoslashuvi hamda xodimlar tomonidan ishlab chiqarish ko’nikmalarini tezroq egallanishi natijasida mehnat unumdorligi ortadi. Insoniyatning taraqqiy etish tarixi mehnat taqsimotlari bilan bog’liq bo’lib, jamiyat ishlab chiqarishda uning uch turi mavjud:
1. Umumiy mehnat taqsimoti - butun jamiyat ishlab chiqarish miqyosida (ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish bilan iste’mol buyumlari ishlab chiqarish to’g’risida, shahar bilan qishloq o’rtasida, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish o’rtasida) tarkib topgan.
2. Xususiy mehnat taqsimoti - turli tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o’rtasida amalga oshiriladi. Masalan, sanoatni o’zi og’ir va engil sanoatga ajratiladi, engil sanoat esa to’qimachilik, tikuvchilik, poyabzal, charm-mo’yna, trikotaj va boshqa sohalarga ajratiladi. Ishlab chiqarishning taraqqiy etishi bilan xususiy mehnat taqsimoti tobora hilma-xil bo’lib va maydalanib boradi.
3. Birlamchi mehnat taqsimoti - ayrim korxona yoki birlashma doirasida (sexlar, uchastkalar, brigadalar o’rtasida) mavjud bo’ladi. Taqsimotning ushbu turlari bir-birlari bilan o’zaro bog’liqdir, birlamchi mehnat taqsimoti umumiy va xususiy mehnat taqsimotining asosida paydo bo’lgan bo’lib, u jamiyatda mehnatning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Birlamchi mehnat taqsimoti deganda mehnat faoliyatining ayrim turlarini ishlab chiqarishning, korxonaning va kasbning mustaqil sohalariga aylantirish tushuniladi.
Korxonalarda birlamchi mehnat taqsimotining quyidagi uch shakli mavjud:
1. Vazifaviy mehnat taqsimoti.
2. Texnologik mehnat taqsimoti.
3. Malakali mehnat taqsimoti.
Vazifaviy mehnat taqsimoti xodimlarning ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashishlariga va bajariladigan ishning xarakteriga ko’ra amalga oshiriladi.
Bunda korxona xodimlari 6 guruhga ajratiladi:
1. Ishchilar.
2. Muxandis-texnik xodimlar.
3. Xizmatchilar.
4. Shogirdlar.
5. Kichik xizmatchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |