3-Mavzu: Mashinasozlikda ishlab chiqarishning turlari, shakllari, ularning tavsiflari va vaqt meyorlari



Download 187,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.06.2022
Hajmi187,13 Kb.
#668257
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-maruza mashguloti

6. Ishni tashkil qilish shakllari 
Biz yuqorida bayon etganimizdek, asosan ikkita ishni tashkil qilish usuli 
(patokli va patoksiz) to’g’risida fikr bildirgan edik. Shunga ko’ra bu usullar ishlab 
chiqarish turiga bevosita bog’liq bo’lib, potoksiz ishni tashkil qilish - yakka va 
mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda qo’llanilgan edi. Potokli ishni tashkil qilish 
usuli esa qolgan boshqa turdagi ishlab chiqarishlar uchun qo’llaniladi va yana u, 
quyidagi usullarga: potokli seriyali, yirik-seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar; 
to’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarish; ommaviy potokli ishlab 
chiqarishlarga bo’linadi. 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng oliy shakli, bu-ommaviy potokli 
ishlab chiqarish hisoblanadi, ya’ni bu erda asosan texnologik jarayonlar avtomatik 
liniyalarda va avtomatlashtirilgan uchastkalar va sexlarda bajariladi. 
To’g’ri oqimli ommaviy potokli ishlab chiqarishda dastgoh va asbob-
uskunalar texnologik jarayon marshruti bo’yicha amallarni bajarish ketma-
ketligida joylashtiriladi. Amallarni bajarishda, tanavorlarni bitta ishchi joydan 
boshqa ishchi joyga uzatish uchun turli g’altakli rolgang, sirpanchiq va 
yumalatuvchi tarnov (lotok), yuk ko’taruvchi kran va boshqa moslama va 
qurilmalardan foydalaniladi. Xar bir ishchi joyning ishlab chiqarish takti boshqa 


ishchi joylarniki bilan teng bo’lmasligi mumkin. Bunday ishchi joylarda, "zadel" 
deb ataluvchi tanavorlar zahirasi tashkil etiladi. 
Ommaviy potokli ishlab chiqarishda ko’pincha pozision avtomatik 
konveyerlar qo’llaniladi va avtomatik liniyalar tashkil qilinadi. Bunday hollarda bu 
liniyalarning ishlab chiqarish takti aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish takti deb, - ma’lum vaqt oralig’ida tanavorlar yoki qismlar 
ishlab chiqarilishiga aytiladi va uning vaqti minut bilan belgilanadi. Ishlab 
chiqarish takti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
t
ich
= 60*F
x
*m / N, min. 
Bu erda: F
x
- rejalashtirilgan davr ichidagi dastgohlar ishlashining haqiqiy 
vaqt fondi (smena, sutka, oy, yil), soatda; N -shu davr uchun ishlab chiqarish 
dasturi (detallar yoki mahsulotlar coni), dona; m – smenalar soni (1, 2, 3).
Asbob-uskunalar yoki dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi F
x
, nominal 
F
n
dan yoki asbob-uskunani ta’mirlash uchun kalendar o’lchov vaqt yo’qotishdan 
kichikdir, va h.k. 
F
x
= F
n
* n , soat, 
bunda n-dastgohlar vaqt yo’qotishi koeffisienti. 
Uskuna-dastgohlarning ishlash vaqtining bir yillik nominal fondi: kuniga bir 
smenalab ishlaganda 2070 soat, ikki smenalab ishlaganda - 4140 soat va uch 
smenalab ishlaganda 6210 soat bo’ladi. Metall kesuvchi dastgohlar uchun vaqt 
yo’qotish koeffisienti n = 0,98-0,96 ni tashkil qiladi. 
Potokli ishlab chiqarish ko’proq takomillashgan bo’lib yuqori unumdorlikka 
ega. Texnologik jarayonlarni loyihalashning boshida ishlab chiqarish turi birinchi 
bo’lib taxminan bo’lsa ham aniqlanishi zarur. Bu albatta amallar bog’lanishi va 
seriyalash koeffisientlarini hisoblash orqali bajariladi. 
7. Tehnologik vaqtni meyorlash usullari 
Texnologik amallarning bajarilishi unumdorligi, texnologik jarayonning 
tejamkorlik kriteriyasi bo’lib, texnik jixatdan asoslangan vaqt meyori bilan 
aniqlanadi (GOST 3.1109-82). 
Vaqt meyori - ma’lum ishlab chiqarish sharoitida bitta yoki bir nechta 
tegishli malakaga ega bo’lgan bajaruvchilar tomonidan ba’zi-bir hajmdagi ishga 
sarflangan (reglamentlashtirilgan) vaqtga aytiladi. 
Ishlab chiqarish meyori deb, ma’lum tashkiliy texnik sharoitda bitta yoki bir 
nechta tegishli malakali bajaruvchilar tomonidan vaqt birligida bajariluvchi 
reglamentlashtirilgan hajmdagi ishga aytiladi.
Vaqt meyorini aniqlashning uchta usuli mavjud:1)sarflangan ishchi vaqtni 
kuzatish asosida; 2) meyoriy xujjatlar asosida; 3)tiplashtirilgan yirik meyoriy 
xujjatlar bo’yicha solishtirish va hisoblash asosida. 
Birinchi usulda, vaqt meyorini bevosita ishlab chiqarish sharoitida har bir 
ishchi joyda sarflangan vaqtni kuzatuv asosida o’rganish yo’li bilan aniqlanadi. Bu 
usul ilg’or tajribalarni va meyorilar ishlab chiqishlarni umumiylashtirish uchun 
qo’llaniladi. 
Ikkinchi usulda, ish (amal) alohida elementlarini bajarilish vaqti uzunligi 
meyorini qo’llab, amallarning davom etish vaqti hisoblanadi. 


Uchinchi usulda, amallarni meyorlash tiplashtirilgan meyoriy xujjatlar 
bo’yicha taxminiy hisoblashlar asosida olib boriladi. 
Birinchi, ikkinchi meyorlash usullarini seriyali ommaviy ishlab 
chiqarishlarda qo’llaniladi, uchinchi usul esa yakka va mayda seriyalab ishlab 
chiqarishlarda ishlatiladi. 

Download 187,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish