ishchi joylarniki bilan teng bo’lmasligi mumkin. Bunday ishchi joylarda, "zadel"
deb ataluvchi tanavorlar zahirasi tashkil etiladi.
Ommaviy potokli ishlab chiqarishda ko’pincha
pozision avtomatik
konveyerlar qo’llaniladi va avtomatik liniyalar tashkil qilinadi. Bunday hollarda bu
liniyalarning ishlab chiqarish takti aniqlanadi.
Ishlab chiqarish takti deb, - ma’lum vaqt oralig’ida tanavorlar yoki qismlar
ishlab chiqarilishiga aytiladi va uning vaqti minut bilan belgilanadi. Ishlab
chiqarish takti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
t
ich
= 60*F
x
*m / N, min.
Bu erda: F
x
- rejalashtirilgan davr ichidagi dastgohlar
ishlashining haqiqiy
vaqt fondi (smena, sutka, oy, yil), soatda; N -shu davr uchun ishlab chiqarish
dasturi (detallar yoki mahsulotlar coni), dona; m – smenalar soni (1, 2, 3).
Asbob-uskunalar yoki dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi F
x
, nominal
F
n
dan yoki asbob-uskunani ta’mirlash uchun kalendar o’lchov vaqt yo’qotishdan
kichikdir, va h.k.
F
x
= F
n
* n , soat,
bunda n-dastgohlar vaqt yo’qotishi koeffisienti.
Uskuna-dastgohlarning ishlash vaqtining bir yillik nominal fondi: kuniga bir
smenalab ishlaganda 2070 soat, ikki smenalab ishlaganda - 4140 soat va uch
smenalab ishlaganda 6210 soat bo’ladi. Metall kesuvchi dastgohlar uchun vaqt
yo’qotish koeffisienti n = 0,98-0,96 ni tashkil qiladi.
Potokli ishlab chiqarish ko’proq takomillashgan bo’lib yuqori unumdorlikka
ega. Texnologik jarayonlarni loyihalashning boshida ishlab
chiqarish turi birinchi
bo’lib taxminan bo’lsa ham aniqlanishi zarur. Bu albatta amallar bog’lanishi va
seriyalash koeffisientlarini hisoblash orqali bajariladi.
7. Tehnologik vaqtni meyorlash usullari
Texnologik amallarning bajarilishi unumdorligi, texnologik jarayonning
tejamkorlik kriteriyasi bo’lib, texnik jixatdan asoslangan vaqt meyori bilan
aniqlanadi (GOST 3.1109-82).
Vaqt meyori - ma’lum ishlab chiqarish sharoitida
bitta yoki bir nechta
tegishli malakaga ega bo’lgan bajaruvchilar tomonidan ba’zi-bir hajmdagi ishga
sarflangan (reglamentlashtirilgan) vaqtga aytiladi.
Ishlab chiqarish meyori deb, ma’lum tashkiliy texnik sharoitda bitta yoki bir
nechta tegishli malakali bajaruvchilar tomonidan vaqt birligida bajariluvchi
reglamentlashtirilgan hajmdagi ishga aytiladi.
Vaqt meyorini aniqlashning uchta usuli mavjud:1)sarflangan ishchi vaqtni
kuzatish asosida; 2)
meyoriy xujjatlar asosida; 3)tiplashtirilgan yirik meyoriy
xujjatlar bo’yicha solishtirish va hisoblash asosida.
Birinchi usulda, vaqt meyorini bevosita ishlab chiqarish sharoitida har bir
ishchi joyda sarflangan vaqtni kuzatuv asosida o’rganish yo’li bilan aniqlanadi. Bu
usul ilg’or tajribalarni va meyorilar ishlab chiqishlarni umumiylashtirish uchun
qo’llaniladi.
Ikkinchi usulda, ish (amal) alohida elementlarini
bajarilish vaqti uzunligi
meyorini qo’llab, amallarning davom etish vaqti hisoblanadi.
Uchinchi usulda, amallarni meyorlash tiplashtirilgan meyoriy xujjatlar
bo’yicha taxminiy hisoblashlar asosida olib boriladi.
Birinchi, ikkinchi meyorlash usullarini seriyali ommaviy ishlab
chiqarishlarda qo’llaniladi, uchinchi usul esa yakka va mayda seriyalab ishlab
chiqarishlarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: